Shartnomalarning turlari
Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar o’rtasida huquq va majburiyatlarning o’zaro
taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalarga bo’linadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida faqat huquq bo’lib, hech
qanday majburiyat bo’lmaydi, ikkinchi tarafda esa faqat majburiyat bo’ladi. Masalan, qarz
shartnomasida qarzdor olgan pul summasini o’z vaqtida qarz beruvchiga qarzga bergan pul summasini
talab qilish huquqiga ega.
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq va majburiyatga ega bo’ladi.
Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma bo’yicha
sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega bo’lib, sotilgan ashyoni oluvchiga
topshirishga majbur, oluvchi esa – olayotgan ashyoning bahosini to’lashi zarur bo’lib, sotib olingan
ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasi tuziladigan shartnomalarning ko’pchili-gi ikki tomonlama bo’lib, yuqorida
ko’rsatilgan oldi-sotdi shartnomasidan tashqari mahsulot etkazib berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa
shartnomalardan iborat.
Ko’p tomonlama shartnomalar ham mavjud bo’lib, unda taraflar uch va undan ortiq bo’ladi.
Ularda bir paytning o’zida har bir tarafda muayyan huquq va majburiyatlar bo’lishi xarakterlidir.
Masalan, franshizing, lizing shartnomalari.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shart-nomalarga bo’linadi. Haq baravariga
tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq
oladi. Masalan, bir taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani
uchun ijara haqi to’-lashga majbur bo’ladi. Bunday haq baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-
sotdi, mahsulot etkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa ko’plab shartnomalarni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib chiqmasa, shartnomaning
mazmuni-mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb
hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf foydasiga haq olmay, biron-bir
mulkni topshirish, biron ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo’yicha mulk egasi o’z
mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz shartnomalari ham bepul
tuziladigan shartnomalarga kiradi.
Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va real shartnomalarga bo’linadi.
Konsensual shartnomalar huquq va majburiyatlar taraflar-ning kelishuvlari asosida qonun talab
qilgan shaklda rasmiylashtirganlari zahoti tuzilgan hisoblanadi. “Konsensual” so’zi lotincha
“konsensus” so’zidan olingan bo’lib, “kelishuv” manosini bildi-radi. Konsensual shartnomaga misol
qilib oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni ko’rsatsa
bo’ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat ko’pchilik shartnomalar konsensual shartnomalar guruhiga
kiradi.
Real shartnomalar bo’yicha huquq va majburiyatlar taraflar o’zaro kelishgan va shartnoma
narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan vujudga keladi.
“Real” so’zi latincha “res” so’zidan olingan bo’lib, “ashyo” ma-nosini bildiradi. Real
shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya, tekin foydalanish shartnomalarini ko’rsatish mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo’yicha shartnomadan kelib
chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo’ladi.
Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs
foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug’urta shartnomasini ko’rsatish mumkin. Uchinchi shaxs
shartnomada alohida taraf bo’lib hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida ko’rsatilganidek, agar
qonun hujjatlarida yoki shartnomada o’zgacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, uchinchi shaxs
shartnoma bo’yicha o’z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar
o’zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o’zgartirishlari mumkin
emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan
bajarilishini shart qilgan bo’lsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol ko’rsatilmagan bo’lsa,
majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga majburiyatning bajarilishi
ko’rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Agar uchinchi shaxs o’ziga shartnoma bo’yicha berilgan huquqdan voz kechsa, shartnoma
tuzgan shaxs, agar shartnomaning mazmuniga xilof kelmasa, bu huquqdan o’zi foydalanishi mumkin.
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qo’shilish shartnomasi va dastlabki shartnoma
kabi turlarga ham bo’linadi.
Tashkilot tarafidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga
murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirish shart bo’lgan tovarlar sotish, ish-lar
bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, jamoat transportida
yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, elektr quvvati bilan taminlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati
va boshqalarni) belgilab qo’yadigan shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal
ko’rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari).
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari
hamma istemolchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Tashkilotning istemolchiga tegishli tovarlarni
berishi, xizmatlar ko’rsatishi, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy
shartnoma tuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma tuzishdan asossiz
bosh tortganida haridor (mijoz) uni sud orqali shartnoma tuzishga majbur qilish imkoniyatiga (FKning
358-moddasi) ega. Maishiy pudrat, yo’lovchi tashish, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalari
ommaviy shartnomalardir.
Shartnomaning mazmunini uning bandlari (shartlari, rekvizitlari) tashkil etadi. Amaldagi
qonunchilikka ko’ra, agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday
hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma shartlari (bandlari) muhim, odatdagi va tasodifiy shartlarga bo’linadi. Shartnomaning
narsasi to’g’risidagi shartlar qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur
deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko’ra kelishib olinishi zarur bo’lgan
hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Bazi shartnomalar uchun xos muhim bandlar qonun bilan
belgilanadi. Chunonchi, “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to’g’risida”gi qonunning 10-moddasida, “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar bilan
tayyorlov, xizmat ko’rsatish tashkilotlari o’rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan o’tkazish,
bajarish, shuningdek ularning bajarilishini monitoringini olib borish tartibi to’g’risida”gi Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning II bandiga
muvofiq, shartnomalarda quyidagilar ko’rsatiladi:
- shartnomaning mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti, miqdori (hajmi), sifati, narxi (turlari
bo’yicha);
- shartnomaning umumiy summasi;
- tomonlarning huquqlari va o’zaro majburiyatlari;
- mahsulotlarni etkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish,
xizmatlar ko’rsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);
- idishga, markirovka qilishga, o’rash-joylashga qo’yiladigan talablar;
- hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning to’lov, pochta va yuklab jo’natish
rekvizitlari;
- shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun
tomonlarning mulkiy javobgarligi;
- nizolarni, fors-major holatlarni hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan
sana va joy.
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan
kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo’jaliklar ixtiyorida
qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori ham ko’rsatiladi.
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatga oid munosabatni tartibga soladigan dispozitiv normalar
bilan belgilanadigan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk
ijarasi shartnomasida mulkni mayda (joriy) tamirlash shart qilib ko’rsatilsa ham, ko’rsatilmasa ham
bo’ladi, chunki bu shart to’g’risida qonunchilikda (dipozitiv xarakterdagi) ko’rsatma berilgan.
Tasodifiy shartlar umumiy huquq meyorlari bilan tartibga solinmagan masalalar bo’yicha o’zaro
kelishuv bo’lib ko’riladi. Chunonchi, ijaraga olingan mulkni tamirlash muddati to’g’risidagi masala
tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi.
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan
namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga
havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi
odatlari sifatida qo’llaniladi.
Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko’rsatilganidek, agar taraflar o’rtasida
shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr – shartnoma
tuzishga taklif qilish davri, bu oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi.
Ikkinchi davr – shartnoma tuzish to’g’risidagi taklifni qabul qilish, bu aktsept, taklifni qabul
qiluvchi aktseptant deb aytiladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364-381-moddalarida berilgan. Bu
qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to’g’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab
qilingan bo’lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (aktseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi
to’g’risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (offerent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan
hisoblanadi. Oferta yo’llagan shaxs uning aktseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma tuzilishi uchun taraflar o’zaro kelishuvining o’zigina kifoya emas. Bu kelishuv
tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. Shartnomalarning shakli FKning 366-moddasida
belgilangan qoidalarga muvofiq bo’lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi
shartnomalar uchun malum bir shakl belgilab qo’yilmagan bo’lsa, shartnoma bitimlar tuzish uchun
nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan shartnoma notarial
tasdiqlangan yoki ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan etiboran, notarial tasdiqlanishi va ro’yxatdan
o’tkazilishi zarur bo’lganda esa – shartnoma ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan etiboran shartnoma
tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo’lsalar, garchi qonunda bu
turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo’lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga
keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Ёzma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf,
teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda
aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin.
Shartnoma tuzish haqidagi taklif (oferta) aktseptantga bil-dirilgunicha chaqirib olinishi mumkin.
Biroq, u aktseptant tomonidan qabul qilib olingan bo’lsa, aktseptlash uchun belgilangan muddat
davomida chaqirib olinishi mumkin emas.
Oferta muayyan shaxsga ham, nomuayyan shaxslrga ham qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan,
mahsulotni reklama qilish, o’z xizmatini taklif etib elon berish – nomuayyan shaxslar doirasida
yo’llangan oferta hisoblanadi. Bunday ofertani odatda, ommaviy oferta deb ham yuritiladi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi. Aktsept
to’liq va pisandasiz bo’lmog’i shart. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish
bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha mano kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi.
Agar shartnoma tug’risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlanmasdan, og’zaki ravishda
qilingan bo’lsa, ikkinchi taraf (aktseptant) bu taklifni qabul qilganligini darhol taklif qiluvchiga
(offerentga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo’lsa, taklifni qabul qilganlik (aktsept) to’g’risidagi
javob uni olish uchun lozim bo’lgan normal vaqt davomida olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
Agar shartnoma tuzishga rozi bo’lganlik to’g’risidagi kechiktirilib olingan javobdan uning o’z
vaqtida yuborilganligi malum bo’lsa, bu holda taklif qiluvchi shaxs (offerent javobning kechiktirilib
olinganligi to’g’risida ikkinchi taraf (aktseptant) ni darhol xabardor qilsagina javob kechiktirilgan
hisoblanadi. Bu holda javob ayni paytda yangi taklif (oferta) hisoblanadi.
FKning 375-moddasida ko’rsatilganidek, ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida
shartnoma tuzishga rozilik bildirish to’g’risidagi javob aktsept hisoblanmaydi. Bunday javob
aktseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.
Odatda, shartnomada u tuzilgan joy ko’rsatib o’tilishi kerak. Agar shartnomada uning tuzilgan
joyi ko’rsatilmagan bo’lsa, shartnoma oferta yo’llagan fuqaroning yashash joyida yoki yuridik
shaxsning joylashgan erida tuzilgan hisoblanadi.
Ayni paytda “Xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to’g’risida”gi qonunda belgilanishicha, kontraktatsiya shartnomalari qishloq xo’jaligi mahsulotini
etishtiruvchi joylashgan erda tuziladi.
Yuqorida aytganimizdek, shartnomalar tuzishda taraflar erkindirlar. Binobarin, hech qaysi taraf
shartnoma tuzishga majbur qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin.
Bunda shartnoma tuzish o’zi uchun majburiy bo’lgan taraf oferta olgan kundan boshlab o’ttiz kun
ichida boshqa tarafga aktsept to’g’risida, aktseptdan voz kechish haqida yoki boshqacha shartlar
asosida aktseptlashi haqida (shartnoma loyihasiga o’zining etirozlari bayonnomasini qo’shgan holda)
bildirish yo’llashi lozim.
Shuningdek, shartnomalar kim oshdi savdosida ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda obektni,
mulkni, tovarni oldi-sotdi shartnomasi kim oshdi savdosini o’tkazgan tashkilot bilan savdoda g’olib
chiqqan shaxs (ashyoning mulkdori, mulkiy huquq egasi yoki ixtisoslashgan tashkilot) o’rtasida
tuziladi. FKning 374-moddasida belgilanganidek, qonunda ko’rsatilgan hollarda, ashyoni yoki mulkiy
huquqni sotish to’g’risidagi shartnomalar faqat kim oshdi savdosi o’tkazish yo’li bilan tuzilishi
mumkin. Shuningdek kim oshdi savdosi sud qarorlari ijrosini taminlash uchun ham o’tkaziladi
(shartnoma majburiyatlari yuzasidan undiruv majburiy ravishda sud tomonidan qarzdorning mol-
mulklariga qaratilgan hollarda, bunday mol-mulklarning muhofazasi taminlanmaydi ham).
Kim oshdi savdosi auktsion yoki tanlov shaklida amalga oshiriladi. Odatda, bitta ishtirokchi
qatnashgan kim oshdi savdosi o’tkazilmagan hisoblanadi. Auktsion va tanlovlar ochiq (bunda
xohlagan shaxslar qatnashishlari mumkin) va yopiq (maxsus taklif etilgan shaxslar qatnashishlari
mumkin) shaklida o’tkazilishi mumkin. Kim oshdi savdosini o’tkazish shaklini agar qonunda
boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, sotiladigan mol-mulkning mulkdori belgilaydi.
Ochiq turdagi kim oshdi savdosiga qilingan taklif (xabar) ni ommaviy oferta desa ham bo’ladi.
Unda kim oshdi savdosining vaqti, joyi, shakli, savdoga nima qo’yilayotgani, o’tkazish tartibi,
qatnashchilarni rasmiylashtirish, savdoga qo’yilayotgan obektning boshlang’ich narxi to’g’risidagi,
shuningdek savdoga shartnoma tuzish huquqi qo’yilayotgan bo’lsa, bunga beriladigan muddat
haqidagi malumot bo’lishi mumkin.
Savdo tashkilotchisi auktsion o’tkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u o’tkaziladigan kundan
kamida uch kun oldin, tanlov o’tkazishdan esa – kamida o’ttiz kun oldin bosh tortishga haqli.
Bunday hollarda tashkilotchi ishtirokchilar ko’rgan haqiqiy zararlarni (xarajatlarni), yopiq
savdolar tashkilotchisi o’zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to’laydi. Shuningdek
ishtirokchilarga ular dastlab tashkilotchiga to’lagan zakalat puli ham to’lanadi. Ayni paytda zakalat
savdoda qatnashgan, ammo g’olib chiqmagan shaxslarga ham qaytariladi.
G’olib bilan tashkilotchi o’rtasida savdo natijalari to’g’risida bayonnoma tuziladi. Bu
bayonnoma ashyoni, obektni yoki mulkiy huquqlarni oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi.
Bayonnoma imzolashdan bosh tortgan g’olib chiqqan shaxs to’lagan zakalatidan mahrum bo’ladi.
Tashkilotchi imzolashdan bosh tortganida zakalatni ikki hissa qilib, shuningdek g’olibga savdoda
qatnashishi tufayli etkazilgan zararning zakalatdan ortiq bo’lgan qismini to’laydi.
2.Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasi bank hamjamiyatida ish yuzasidan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan.
Kodeks banklarning barcha xodimlari rioya etadigan odob-ahloqning asosiy etik me’yorlarini belgilab beradi.
Ushbu Kodeks bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda ishbilarmonlik va kasb odob-ahloqiga rioya etishlari, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-ahloq me’yorlariga muvofiqligining qo’shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |