Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, 3 ta bоb, хulоsa,
fоydalanilgan adabiyotlar ro’yхatidan ibоrat.
6
I BOB. TIJORAT BANKLARI INVESTITSION FAOLIYATINING
IQTISODIY MAZMUNI
1.1. Investitsiyalar va ularning bozor iqtisodiyotida tutgan o‘rni
O‘zbekiston davlat mustaqililiga erishgan dastlabki yillardan boshlab
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi.
Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi
hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri
ekanligini ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurilish,
eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli
investitsiya siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi. Shu bilan birga,
Prezidentimiz “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni
bartaraf
etishning
yo‘llari
va
choralari”
asarida
ta’kidlaganidek
“Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay
investitsiya muhitining yaratilganligi asosiy omil bo‘lib kelmoqda”
2
.
Keng ma’noda, investitsiya deganda turli shakllarga, moddiy ishlab chiqarish va
moliyaviy aktivlarga bo‘sh turgan pul mablag‘larining kapital qo‘yilmasini
tushunamiz.Investitsiya siyosati har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi va
unda ishlab chiqarishni kengaytirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Shunday ekan, milliy iqtisodiyotni har tamonlama rivojlantirish faol investitsiya
siyosatini yurgazishni talab qiladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni faol rivojlantirish
keng miqiyosdagi investitsiyalarni talab qiladi. Bank sektorining asosiy
vazifalari pul mablag'larini jamg'arish va ularni kredit va investitsiyalarga
aylantirish hisoblanadi, omonatchilar va banklarning boshqa kreditorlari oldida
ishonchni mustahkamlash, ularning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.
Demak, Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi
kuch ekan, barcha
imkoniyatlarimizni ishga solib
iqtisodiyotimizga
yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim. Hozirga qadar
2
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”.-T.: O‘zbekiston,
2009y.-B-28.
7
investitsiya tushunchasi mohiyatini iqtisodchi olimlar turlicha talqin qilib
keladilar. Ayrim iqtisodchilar uni “tadbirkorlik faoliyatiga daromad olish
maqsadida safarbar etilgan barcha turdagi boylik” deb tushunsalar ayrimlar
lotincha so‘z bo‘lib, “solmoq“ degan ma’noni anglatgan holda “kapital solish”
deb ta’riflaydilar.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi
olimlarm o‘rtasida xilma–xil fikrlar mavjud.Investitsiyalarga aniq bir ta’rif
berilmagan.
Jumladan,
O‘zbekistonlik
iqtisodchi
olim,
professor
D.G‘.G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun–mohiyatini moliyaviy
kategoriya
sifatida
talqin
etib,
quyidagicha ta’rif berib o‘tgan:
“Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish,
ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital
qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”
3
. Samar
keltiradigan mulkiy va intelektual boyliklar, ya’ni investitsiyalar quyidagi
shakllarda bo‘lishi mumkin:
Pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, aksiyalar boshqa
qimmatli qog‘ozlar;
Harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar;
Mualliflik huquqi, ixtirolardan foydalanish huquqlaridan tashkil topgan
mulkdorlik huquqlari va boshqa intelektual huquqlar;
Yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda
mulkchilik huquqlari;
Boshqa boyliklar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, uni naqadar keng ma’noli tushuncha
ekanligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun, Investitsiya tushunchasiga ta’rif
berayotganda uning barcha jabhalarini hisobga olmog‘imiz lozim. Bu atamani
barcha jihatlarini umumlashtirib quydagicha ta’rif berishimiz mumkin.
Investitsiya bu - foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida davlat,
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali
3
Abdullayeva Sh.Z. “Bank risklari va kreditlash”.-T.: Moliya,2002y.-B-15.
8
foydalanib cheklanmagan ehtiyojlarni qondirish uchun iqtisodiyotni barcha
sohalariga sarflangan barcha turdagi boylik turlaridir. Bu o‘rinda biz
yurtboshimiz I.A.Karimovning “Investitsiya sohasi mamlakatning iqtisodiy
mustaqilligini, barqarorligini ta’minlaydi va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
o‘sishi, bo‘lg‘usi yuksalishning poydevori bo‘lib xizmat qiladi”-deb ta’kidlagan
fikrlarini esga olamiz
4
.
Professor N.H.Haydarov investitsiyalar mazmun–mohiyatiga quyidagi
ta’rifni beradi: “Investitsiya - bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik
asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning
iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida
bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga sarflashidir”
5
.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi qayta taxrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha
ta’rif berilgan: “Investitsiya–iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritilgan
moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar” sifatida
ta’riflanadi.
Shunday qilib, “Investitsiya” deganda kelgusida daromad(foyda) olish
yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli
tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha
turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi. Boshqacha
aytganda, investitsiyalar-mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi moddiy,
moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy–ijtimoiy daromad olish maqsadida
muomalaga kiritishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:
birlamchi avanslangan kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni
tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati
ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlari.
4
Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. -Т.: O’zbekiston, 2010y-B-13.
5
Abdullayev Y, Qoraliyev T, Toshmurodov Sh, Abdullayeva Sh ”Bank ishi” O’quv qo’llanma. –T. IQTISOD-MOLIYA,2010y.-B-28.
9
Asosiy kapitalga investitsiyalar kapital qo‘yilmalar shaklida amalga
oshiriladi hamda o‘zida yangi qurilishga, kengaytirishga, rekonstruktsiyaga va
faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga, uskunalar,
inventarlar,
loyihaviy
mahsulotlar
sotib
olishga
sarf-xarajatlarni
mujassamlashtiradi. Iqtisodiy fanlar va amaliyot «investitsiya» va «kapital
qo‘yilma» terminlarini bir xil narsa emasligini, ya’ni sinonim so‘zlar emasligini
ta’kidlaydi.Investitsiyalar kapital qo‘yilmaga nisbatan keng mazmunli, qamrovli
tushunchadir. G‘arb adabiyotlarida investitsiyalar borasida so‘z yuritilganda
asosiy e’tibor fond bozoriga qaratiladi, chunki rivojlangan mamlakatlarda
investitsiyalar asosan qimmatli qog‘ozlar yordamida amalga oshiriladi.U.Sharp
investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: «Investitsiyalar-bu istiqbolda yanada
ko‘proq miqdordagi foydani olish uchun ma’lum miqdordagi mablag‘dan bugun
ajralishdir.Real investitsiyalar asosan moddiy aktivlarga (yer, uskunalar,
zavodlar) qilingan investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalar-bu qog‘ozda
bitilgan
shartnomalardir.
Bularga
oddiy
aksiyalar
va
obligatsiyalar
kiradi.Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real
investitsiyalarga tegishlidir. Rivojlangan iqtisodiyotda esa investitsiyalarning
asosiy qismi moliyaviy investitsiyalash institutlarining keng miqyosida
rivojlanishi
real
investitsiyalarning
o‘sishiga
sababchi
bo’ladi.
Investitsiyalarning bu ikki shakli bir-biri bilan raqobatlashuvchi emas, balki bir-
birini to‘ldiruvchidir»
6
.
Investitsiya tushunchasi yagona va to‘liq belgi berishlik uchun anchagina
keng tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyot fanning turli qismlarida va
amaliy
faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‘zining xususiyatlariga ega.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-
joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining o‘sishiga qilinadigan
xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Investitsiyalar–bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital
6
Бутиков И “Qimmatli qog’ozlar bozori” Darslik -Т.: Konsauditinform, 2001y.-B-23.
10
o‘sishini ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar
yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib
hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya
deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni bugungi
sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha so‘z
bilan aytganda, investitsiyalar–muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan
kelajak qiymatga almashishdir.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonklar investitsiyalarga quyidagicha
ta’rif beriladi:”Investitsiya-moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya va
obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan,
u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni
nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini
o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan
mexanizmlarni ta’minlaydi”
7
.
Ma’lumki, «Investitsiyalar» tushunchasi
iqtisodiyot uchun yangi emas. Bugungi kunda «Investitsiyalar» tushunchasining
ma’nosini anglash, uning mohiyatini to‘g‘ri tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Sobiq iqtisodiy tuzum davrlarida investitsiyalar tushunchasi ko‘proq kapital
qo‘yilmalar bilan bog‘lanib, kapital qurilishlar, kapital ta’mirlashlar va ilmiy-
texnika taraqqiyoti uchun sarflanadigan kapital qo‘yilmalarini anglatar edi va bu
qo‘yilmalar asosan markazlashgan fondlar va davlat budjetidan yuqori davlat
idoralari tasdiqlagan rejalar asosida ajratilar edi.
Shved iqtisodchisi Klas Eklund fikricha, Investitsiya-bu kelajakda ko‘proq
iste’mol qilish sharoitiga ega bo‘lish uchun ertangi kunga qoldirilgan
narsa.Uning bir qismi hozirda ishlatilmay zaxirada qoladigan iste’mol buyumlari
bo‘lib, boshqa qismi esa ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan
resurslardir
8
.
Rossiyalik iqtisodchi E.V.Mixaylova esa investitsiyani kelajakda daromad
yoki ijtimoiy samara olish uchun kapitalni har qanday shaklda qo‘yish sifatida
7
Lorens Dj,Gitman, Maykl D, Djonk. “Investitsiyalash asoslari”. -M.:Delo,1997y.-B-44.
8
Жуков Е. “Деньги, кредит, банки, ценные бумаги”. –М.: Юните, 2001г.-B-68.
11
ifodalaydi
9
.Ko‘pgina adabiyotlarda «investitsiya» terminida noaniqliklar
uchraydi.
Birinchidan,
«investitsiyalar»ga fuqarolarning «iste’molchilik
investitsiyalari» (maishiy texnika, avtomobil, ko‘chmas mulk va boshq) qo‘shib
yuboriladi. Bunday investitsiyalar esa kapitalni o‘sishini va foyda olinishini
ta’minlamaydi. Ikkinchidan, «investitsiyalar» va «kapital qo‘yilmalar»
terminlarini tenglashtirishadi. Kapital qo‘yilmalar-korxonaning moliyaviy
mablag‘larini asosiy kapitalga avanslashtirish bilan bog‘liq investitsiya
faoliyatining shaklidir. Investitsiyalar esa nomoddiy va moliyaviy aktivlarga
qo‘yilishi ham mumkin. Uchinchidan, ko‘pgina manbalarda investitsiyalarni pul
mablag‘larini qo‘yish deb ta’riflanadi. Amaliyotda esa, barcha hollarda bunday
bo‘lmaydi. Investitsiyalashni boshqa shakllarda ham amalga oshirish mumkin.
To‘rtinchidan, ko‘pgina ta’riflarda investitsiyalarni mablag‘larning uzoq
muddatli qo‘yilmalar ko‘rinishida bo‘lishini ta’kidlashadi. To‘g‘ri, kapital
qo‘yilmalar uzoq muddatga investitsiyalanadi. Lekin qisqa muddatli
investitsiyalar ham bo‘ladi (masalan, montaj qilishga zarurat bo‘lmagan va
qurilish smetasiga kirmagan mashina va uskunalarni sotib olish).
Do'stlaringiz bilan baham: |