Jahonda turizm faoliyatining 3 ming yillik rivojlanish evolyutsiyasi17
1.3. Turizm turlari
Turizm turlari - turistlar ziyorat maqsadiga, yo’nalishlarning mohiyatiga, ziyoratda foydalaniladigan transport vositalari turiga, ziyorat obyektiga ko’ra bir necha xil guruhlarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda turizmning quyidagi turlari mavjud: milliy, xalqaro va ichki yoki oilaviy, o’qish, davolanish, ish, dam olish, do’stlarni va qarindoshlarni ziyorat qilish va boshqalar.
Xalqaro turist -jahon davlatlari bo’ylab yoki boshqa mamlakatga sayyohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo’nab ketgan) jismoniy shaxs yoki rezident. Jahon turizmi tashkilotining dav-latlarga tavsiya qilgan turizm turlari uchga bo’linadi: xalqaro turist-, milliy turistlar; mahalliy turistlar. Turistlar guruhlari: xalqaro, milliy, mahalliy. Butunjahon Turizm Tashkilotining ko’rsatmasiga ko’ra quyidagi turist guruhlari davlat miqyosida hisoblanishi va ularning harakati belgilanishi mumkin: «Ichki turizm» — davlat ichida harakatda bo’lib, turizm firmalari tomonidan xizmat ko’rsatiladi, mahalliy turi va boshqa davlatlardan qabul qilingan turistlar soni bilan ifodalanadi; «Milliy turistlar» — davlat fuqarosi bo’lib, davlat ichida va davlatdan tashqarida harakat qilgan turistlar soni bilan o’lchanadi; «Xalqaro turistlar» — davlat chegarasini kesib o’tgan turistlar soni bilan o’lchanadi.
Albatta, har qanday davlat xalqaro turistlarni ayniqsa, qabul qilingan turistlar sonini ko’paytirishga harakat qiladi. CHunki bu turistlar davlatga erkin konvertatsiyalanadigan valyutani olib keladi va davlatni boyitadi.
Turizm xizmat ko’rsatish tarkibidan qat’i nazar, xizmatlar ko’rsatish joyiga va mazkur xizmatlarni iste’mol qiluvchi turistlar guruhiga ko’ra: ichki va xalqaro turizmga bo’linadi.
Ichki turizm (domestic or internal tourism) — ma’lum bir davlatning o’z hududi doirasida aholi tomonidan turistlarga xizmat ko’rsatish faoliyati. Bunday turistlar mahalliy (yoki milliy) turistlar kategoriyasiga kiradi. Xalqaro turizm (international tourism) esa, biror davlatga boshqa davlat turistlarining borishi va ularga xizmat ko’rsatilishidir. Bunday turistlar xorijiy turistlar kategoriyasiga kiradi. Milliy turizm bir mamlakat fuqarolarining davlat ichida va tashqarisida harakatlanishlarining yig’indisidir.
Boshqa davlat hududida turistlarga xizmat ko’rsatish chiqadigan (sayyor) turizm (outbond tourism) deb ataladi. Xuddi shu singari turistik xizmatlar o’z davlati hududida xorijiy turlarga ko’rsatilsa, bu — kiriladigan turizm (inbound tourism) bo’ladi.
SHuningdek, «turistlarni qabul qilish» va «turistlarni jo’natish» kabi umumiy tushunchalar ham mavjud bo’lib, bular ichki va xalqaro turizm uchun ham taalluqli. Turizm statistikasida «turistik kelish» atamasi ham mavjud. Aynan turistik kelish soniga qarab turistik oqim belgilanadi. Turist tushunchasining ichki tabiatidan kelib chiqib aytish mumkinki, turist biror joyga kelgach, mazkur joydan o’zining mamlakatiga yoki doimiy istiqomat joyiga qaytib ketadi. U vaqtinchalik kelib-ketuvchidir.
Turizm statistikasida tranzit turist tushunchasi ham bo’lib, unda turistlarning biror davlat hududini bosib o’tib, ikkinchi davlat hududiga borishi tushuniladi. Bunday davlatlararo tranzit turist bo’lish uchun maxsus tranzit vizalarga ega bo’lish lozim. Tranzit turistlarning mamlakatda bo’lish muddatlari chegaralangan. SHu davr ichida mehmonxonalarda bo’lish, ovqatlanish, mamlakatning tarixiy yodgorliklari bilan tanishish, bozorlardan, savdo rastalaridan yodgorlik buyumlarini sotib olish mumkin.
Turistlarni qabul qilish kategoriyasi mazkur regionga yoki turistik markazga turistlarning kelishi va ularga ko’rsatiladigan xizmat faoliyati bo’yicha xarakterlanadi. Ushbu faoliyatdan turizmni tashkil qilish bo’yicha barcha turizm infratuzilmasi — transport yuklarini tashuvchilar, mehmonxonalar va restoranlarni ish bilan ta’minlash tashkil topadi. Xorijiy turizm orqali esa valyuta massasi ko’payadi. Turistlarni qabul qilishda turistik region yoki markazda ishchi o’rinlari tez tashkil etiladi, mahalliy turistik resurslardan foydalanish hisobiga regionda iqtisodiyot rivojlanadi. Ichki va xorijiy turistlarni qabul qilish balansi tarkib topadi. Turizmning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy omillariga bog’liq. Turizmdan tushadigan xorijiy valyuta davlat iqtisodiyotining o’sishiga ta’sir etadi. Sovet davrida xorijiy turist sayohatlari juda arzon bo’lgan. SHuningdek, sovet fuqarosi bilan xorijiy turistlarga ko’rsatiladigan xizmat turlari o’rtasida ham katta farq bor edi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ular o’rtasidagi farq kamaydi va bir qator tarixiy shaharlardagi turistik markazlar va firmalar uchun turizm manfaatli soha bo’lib qoldi.
Turistlarni jo’natish ham muhim kategoriya hisoblanadi. Bunday faoliyat doimo pul massasining boshqa region yoki xorijiy davlatlarga CHiqib ketishiga olib keladi. SHu boisdan, turistlarni jo’natish hech qachon mahalliy hudud uchun ham, turistik agentliklar uchun ham ustun soha bo’lmagan. Xuddi mana shuni e’tiborga olib, davlatlar ichki turizmni rivojlantirishga va turistlarni jo’natishga iqtisodiy to’siqlarni qo’llashadi.
Asosiysi, turistlarni jo’natish ham, qabul qilish ham mahalliy xazinani soliq bilan to’ldirish imkonini beradi.
Milliy turizm (national tourism) sohasida ichki va jo’natish turizmi tarmoqlarida o’z davlati turistlariga xizmat ko’rsatishdagi barcha faoliyati tushuniladi.
Turizmning turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |