Savdo ishlab chiqarish faoliyati xususiyati. Ovqatlanish korxonalari quyidagi toifalarga bo’linadi:
Har bir toifadagi ovqatlanish korxonasi uchun unga mos keladigan taom va ichimliklar assortimenti, qo’llaniladigan xizmat ko’rsatish shakli, joylashgan o’rni, xizmat ko’rsatiladigan mijozlar kontingenti – boshqa toifalash me’zonlari aralashmasi xosdir.
Restoran — ovqatlanish korxonasi bo’lib, mehmonlarga keng assortimentdagi taomlar, ichimliklar, qandolat maxsulotlari, jumladan murakkab tayyorlanadigan firma maxsulotlari taqdim etadi. Restoranlarda yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish darajasi malakali oshpazlar, ofitsiantlar, metrdotellar tomonidan amalga oshirilib, dam olish va ko’ngil ochishni tashkil etilishi bilan birga olib boriladi.
Mehmonxona kompleksi tarkibida bir yoki bir nechta restoranlar bo’lishi mumkin.
Mashhur mehmonxona zanjirlariga kiruvchi yirik mehmonxonalarda odatda ikkita restoran — xashamatli firma va uncha kata bo’lmagan taom va ichimliklar narxi yuqori bo’lmagan restoranlar mavjud.
Restoranlar mehmonxonada yashovchilar uchun ham tashrif buyuruvchilar uchun xizmat ko’rsatadi. Ular shu bilan birga tantanali va rasmiy qabullar, kengashlar, konferentsiyalar, kongresslar o’tkazish hamda mehmonlarga suvenirlar, gullar sotish, mehmonxona nomerlariga xizmat ko’rsatish va boshqa xizmatlarni ko’rsatishadi.
Ko’pgina restoranlarda kontsertlar uyushtiriladi.
Kafe — ovqatlanish korxonasi bo’lib, mehmonlarga cheklangan assortimentdagi taom va ichimliklar, qandolat maxsulotlari, sutli ichimliklarni dam olish va ko’ngil ochish bilan birgalikda tortiq qladi.
Ko’pgina mehmonxona komplekslari tarkibida restoranlar Bilan birga uncha kata bo’lmagan kafelari mavjud.
Bar — ixtisoslashgan ovqatlanish korxonasi bo’lib, mehmonlarga turli ichimliklar, shirinliklar, shirin taomlar va gazaklar taqdim etishadi. Barda shinam holatda dam olish, musiqa eshitish, ko’ngil ochish mumkin. Bufet cheklangan assortimentda yaxna gazak, buterbrod, ichimliklar, bulochka va qandolat maxsulotlarini joyida iste’mol qilish nazarda tutilgan maxsulotlarni sotadi. Maxsulotni qadoqlab olib ketishga ruxsat etiladi. Mehmonxonalarda bufetlar elektro plitalar, muzlatkichlar, sovutadigan peshtaxtalar va boshqa zamonaviy uskunlar bilan jihozlangan holda mijozlarga xizmt ko’rsatadi.
Gazakxona turli taom va gazaalar, bulonlar, yaxna va qaynoq ichimliklarni iste’mol qilish va sotishni amalga oshiradi.
Oshxona ovqatlanish korxonasi sifatida ko’pincha kurort mehmonxonalar tarkibida uchraydi. Aholining turli qatlamlariga shu joyning o’zida ovqatlanish uchun nonushta, tushlik, kechki ovqat taqdim etish va boshqa qo’shimcha xizmatlari ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |