1 – savol bayoni.
Mamlakatni jahondagi o‘rnini real sektorning rivojlanish
darajasi va raqobatdoshligi belgilaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib
rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish orqali barqaror
iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini
ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa,
eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotni real
sektoriga turlicha ta’riflarni ko’rib chiqamiz.
1. Iqtisodiyotning real sektori (IRS) (inglizcha – Real sektor of economy) –
iqtisodiy va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma’lum
hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kichik, o‘rta va yirik
(industrial) korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir.
2. Iqtisodiyot real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo‘lib, u turli
ishlab chiqarish sohalarini o‘xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funksiyalari orqali
birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq
qiladi.
3. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotni material-buyum mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z
ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi
37
.
4. Iqtisodiyotni real sektori kapitalni spekulyativ harakati istisno qilgan holda
iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o‘sish jarayonlarini birlashtiradigan
soha.
5. Iqtisodiyotni real sektori – bu iqtisodiyotni muhim sektori bo‘lib, to‘g‘ridan
to‘g‘ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va budjet daromadlari tushumini
ta’minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama
sifatidagi sinonimlari hisoblanadi.
6. Iqtisodiyotni real sektori – kommersiyaga asoslangan seriyali va yirik
miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni
qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik,
o‘rta va yirik korxonalar yig‘indisidir.
7. Iqtisodiyotning real sektori - iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga
37
Комов А. Анализ системы кредитования реального сектора экономики России в 1 полугодии 2004 г. Русское
Экономическое Общество. 2004. №141. С. 7-8.
98
sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarini oladi
38
.
Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor
muhim o‘rin egallaydi.
Moliyaviy sektor – bu qarz olish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan
amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir. Moliyaviy tizim mulk
egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar,
sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsion kompaniyalar,
lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda YaIM ni asosiy
qismi yaratiladi. Butun real sektor iqtisodiyotining umumiy holatini tavsiflovchi
muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki
mahsulot (SIM), milliy daromad (MD) kabilar hisoblanadi
39
.
Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha
xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Shu
sababli, real sektordagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni milliy iqtisodiyot holatiga
bog‘liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yerosti va yerusti boyliklari
zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular bandlik,
ishsizlik, inflatsiya, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi
va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.
3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ishlab
chiqarishning yillik hajmi (YaIM va uning harakat shakllari).
4. Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar. Bular YaIM da iste’mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va boshqa
omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar.
Iqtisodiyotning real sektori – xom-ashyo, mehnat va kapitaldan ajralmagan
holda xizmat ko‘rsatish, mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat
iqtisodiy sohadir. Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy
manba muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotning real sektori taraqqiyoti mamlakatning
makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, boshqaruv mexanizmlarining yechimlarini
tanlash kabi imkoniyatlarni beradi. Bu esa, istiqbolda rejalashtirilgan maqsadlarga
erishish uchun joriy holatdagi iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish yo‘llarini belgilaydi.
Jahonda integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borishi
milliy iqtisodiyot oldiga bir qator yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Milliy
iqtisodiyotning dunyo bozorida o‘z o‘rnini topishi, ya’ni ma’lum mavqeni egallashi
uchun doimiy ravishda real korxonalarini texnik va texnologik jihatdan
zamonaviylashtirib boorish lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun milliy
iqtisodiyotning barcha sohalarida texnik va texnologik yangilanishni amalga oshirish
kerak. Bunga, ishlab chiqarishda boshqaruvning yangi usullarini hamda fan va
texnika yutuqlarini doimiy ravishda joriy etish orqaligina erishish mumkin.
38
I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish – ustuvor
maqsadimizdir” va “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishdir” nomli
ma’ruzalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2010. 60-bet
39
R.Xasanov, X.Asatullayev, A.Suvonqulov, X.Xakimov. Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash. Toshkent
“IQTISOD-MOLIYA”. 2013. 17-b.
99
Mamlakatimizda ham o’tgan yillarda fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy ishlab
chiqarish texnologiyalarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini
amaliyotga joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ishlab
chiqarish hajmini ko‘paytirishiga va moliyaviy barqarorligini oshirishiga juda katta
e’tibor
berilmoqda.
Zamonaviy
informatsion
texnologiyalar
va
nanotexnologiyalarning
ishlab
chiqarish
jarayoniga
joriy
etilishi
mehnat
resurslarining kasbiy malakasini oshirishni taqozo etish barobarida, ularning sifati
sohaning raqobatbardoshligini va keyingi yillarda yuksak natijalarga erishishiga
zamin bo‘ladi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning katta qismi sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda. O‘z navbatida, bu kabi yaratuvchanlik real sektorning YAIM
tarkibida ham salmoqli o‘rin egallashini ta’minlamoqda. Shu o‘rinda, real sektorning
taraqqiyoti yana qanday imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin, degan savol tug‘ilishi
tabiiydir. Mazkur sohaning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush
farovonligini o‘sishi uchun imkoniyat, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivojida
moliyaviy-moddiy asos beradi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi mamlakatda
moddiy ishlab chiqarish sohalari uchun yaratilgan huquqiy-me’yoriy sharoit bilan
uzviy bog‘liqdir. Ya’ni, mahalliy va xorijiy investitsion mablag‘larni real sektorga
jalb etish uchun investorlarga huquqiy kafolat berilishi va uning ijrosini davlat
tomonidan kafolatlanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real
sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va
eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PF-4058-sonli,
2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4053-sonli
Farmonlari asosida so‘nggi yillarda real sektor tarkibiga kiruvchi tarmoqlarda chuqur
tarkibiy
o‘zgarishlar amalga oshirildi va islohotlar davom etmoqda.
Mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashi va raqobat
afzalliklariga ega bo‘lishini ta’minlashda sanoat, agrosanoat majmuasi tarkibidagi
sohalar hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish talab etiladi.
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida
amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini
namoyon
etmoqda.
Buni
mamlakatimizda
makroiqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlanayotganligida ham ko‘rish mumkin. Iqtisodiyotning yetakchi sohalarini
xususan, real sektorni kreditlash jarayonlarining jadallashuvi bir qator istiqbolli
imkoniyatlarni yaratib beradi.
Birinchidan, iqtisodiyotda pul massasining ortishi pirovardida ishlab chiqarish
hajmining to‘g‘ri proporsional ravishda oshishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy
resurslarga ehtiyojini qondiradi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi
to‘lovlarni amalga oshirishni tezlashtiradi.
Uchinchidan, real sektorga ajratilgan bank kreditlari hajmining ortishi
natijasida ishlab chiqarish hajmi ortadi hamda ichki bozor qo‘shimcha mahsulotlarga
to‘yinadi. Bundan tashqari import hajmining kamayishi va aksincha, eksportning
rivoj topishiga yordam berishi mumkin.
100
To‘rtinchidan, kredit xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini boshlash,
rivojlantirish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshishiga xizmat
qiladi.
2020
– 2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini
raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Keyingi ikki yilda
mamlakatimizda 37 ta korxona faoliyatida raqamlashtirish keng tatbiq etiladi, real
sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi ustuvor uch yo‘nalish belgilangan:
-
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, moliyaviy-
iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish
va boshqarish tizimlari (ERP);
-
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan
axborot tizimlarni yagona axborot kompleksga jamlash bo‘yicha dasturiy
mahsulotlar;
-
mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron tizimlar
orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2023 yilga qadar umumiy qiymati 5,2 trln. so‘mga
teng jami 92 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlar tahlili shundan dalolat beradiki, bank
kreditlari iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi muhim moliyaviy manba hisoblanadi.
Bu moliyaviy manbalar mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi, mehnat unumdorligining
oshishi, aholining ish bilan bandligini ortishi va biznes ko‘lamining kengayishga
xizmat qilishi mumkin. Mamlakatimizda real sektorning yanada taraqqiy topishi
uchun tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash ko‘lamining
oshirilishi va milliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud ichki va tashqi imkoniyatlardan
samarali foydalanganlari holda o‘z faoliyatlarini maqsadli va oqilona tashkil etishni
talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |