Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/118
Sana23.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#142374
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118
Bog'liq
zamonaviy tilshunoslik va lingvodidaktikaning kommunikativ aspektlari

Adabiyotlar 
1.Mirziyoyev Sh.M. Toshkentda ilm maorif vakillari bilan uchrashuvdagigi
nutqi. – Toshkent: 2017 yil 27 noyabr. 
2. Nasriddinov F. Til, uslub va obraz // Toshkent: ToshDU nashri, 1975.
3. Rahimov Z. Muallif nutqi va uning ko’rinishlari 2000, 3-son.
4.Sultonova M. Yozuvchi uslubiga doir.- Toshkent: Fan, 1973. b.118
NEMIS TILIDA MULOQOTGA O‘RGATISHDA MAYL 
KATEGORIYASINING O‘RNI VA AHAMIYATI 
Mamasoliyev I. (SamDChTI) 
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so‘ng xorijiy 
mamlakatlar bilan bevosita aloqalar o‘rnata boshladi. Natijada xorijiy 
mamlakatlardan respublikamizga ko‘plab sayyohlar, ishbilarmonlar va 
delegatsiyalarning tashrifi ortdi. Yurtdoshlarimiz bilan turli sohalarda hamkorlik 
o‘rnatilib, yoshlar chet ellarga o‘qish va ishlash uchun yuborilmoqda, 
respublikamizni tanigan davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilmoqda. 
Bu esa vatandoshlarimizning chet tillarni chuqurroq egallashlarini taqozoqiladi. 
Ana shunday davlatlardan biri Germaniya bo‘lib, so‘nggi yillarda ko‘plab sohalarda 
hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Ko‘plab yoshlarimiz Germaniya davlatiga o‘qish 
va ishlarga jalb qilinmoqda. Ular chet tilida, xususan nemis tilida yaxshi muloqot 
qilsalargina, o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadni muvaffaqiyatli amalga 
oshiraoladilar. Turli soha vakillari bilan muloqot qilish jarayonida mayl 
shakllarini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, mayl kategoriyasiga pnifikr yoki fikrning bir qismi sifatida 
shakllantiruvchi fe’lning predikativ yoki gapni shakllantiruvchi kategoriyalaridan 


153 
biri hisoblanadi. Fe’l mayli orqali so‘zlovchi tasvirlanayotgan voqeani va shu 
yo‘sinda o‘zining voqelikka nisbatan munosabatini ifodalaydi. Bunda voqealar 
rivoji haqiqatdan ham sodir bo‘lgan, sodir bo‘layotgan va sodir bo‘ladi (Aniqlik 
mayli), yoki bo‘lmasa, voqelikda sodir bo‘lmagan, balki, sodir bo‘lish ehtimoli 
mavjud, aniq shart-sharoitlar asosida amalga oshadigan yoki amalga oshgan 
bo‘ladi (Shart mayli) [Moskalskaya 1983: 104]. 
Nemis tilida fe’l mayli hamda modallik muammosining tilshunoslar 
tomonidan o‘rganilishi modallikning har xil turlari haqida muhokamalarga sabab 
bo‘lmoqda va oqibatda fe’l paradigmasi modal shakllarining qo‘llanish usullari 
yuzasidan turli bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda. 
Aslida nemis tilida ham mayl kategoriyasi fe’lning kommunikativ-grammatik 
kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Munosabatning ikki ko‘rinishi, ya’ni 
kommunikativ jarayon va ushbu jarayonda ishtirok etuvchi shaxs sifatidagi 
so‘zlovchi nemis tili fe’llarining modal tizimida ifodalanadi: so‘zlovchi tomonidan 
sodir bo‘layotgan fe’l orqali ifodalangan jarayonning reallikqiymati (biz bu 
qiymatni „so‘zning tor ma’nodagi modalligi“ yoki oddiygina „modallik“ deb 
ataymiz), kommunikativ jarayondagi gapning bajaradigan vazifasi (modallikning 
ushbu turini „kommunikativ vazifa“ deb ataymiz). 
Eng avvalo, aniqlik mayli va shart maylining qarama-qarshi qo‘yilishi tor 
ma’nodagi modallikni ifodalaydi. Shu bilan birga aniqlik mayli (ba’zi bir ko 
tashqari: Futur II, qisman Futur I,, modal fe’lli konstruksiyalar) voqelikda sodir 
bo‘lgan, sodir bo‘layotgan va sodir bo‘ladigan jarayonni ifodalaydi. Shart mayli 
shakllari o‘zining turli funksiyalariga ko‘ra, butunlay boshqacha ma’noni 
ifodalaydi va sodir bo‘lgan/ bo‘layotgan/ bo‘ladigan jarayonga qarshi uning 
mavjudligi butunlay yoki biroz noaniq bo‘lgan potensial va hatto noreal ma’noni 
anglatadi. 
Shart maylining turli xil shakllari ushbu noaniqlikning turli xil darajalarini 
ifodalaydi: gumon, taxmin, faraz, shubha, ikkilanish, butunlay noreallik. Biroq 
aniqlik va shart maylining ba’zi bir shakllari kommunikativ vazifadagi turli 
tumanlikni ifodalashga qodir bo‘ladi. Bu munosabatdagi eng muhimi shart mayli 
yordamida jarayonni istalgancha shakllantirish imkoniyatidir (shart maylining istak 
[optativ] shakli). Istak shakli buyruq ma’nosidan shunisi bilan farq qiladiki, u 
bilvosita nutqiy jarayonning ishtirokchisiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Kommunikativ vazifaning ifodalanishiga ko‘proq buyruq gaplarning 
yasalishida muhim vosita hisoblangan „Buyruq mayli“ [Imperativ] xizmat qiladi. 
Buyruq mayli aniqlik mayli va shart mayli shakllariga nisbatan qarama-qarshi 
qo‘yiladi. So‘roq gaplardan o‘zining kommunikativ vazifasiga ko‘ra farq qiladigan 
uchinchi tur gaplarning ajralib turishi, fe’l mayli darajasida emas, balki sintaktik va 
leksik vositalar yordamida sodir bo‘ladi. Ma’no mazmunining o‘ziga xosligi shart 
mayli va buyruq mayli zamon shakllarining aniqlik mayliga qaraganda butunlay 
boshqa xarakterni o‘ziga qabul qilishiga sabab bo‘ladi [Admoni 1986: 202]. 
Buyruq maylining mavjudligi, ayniqsa, uning nutq momentiga bog‘liqligi va 
aynan hozirgi zamonda sodir bo‘lishi bir-biriga mos keladi. Ammo bu barcha 
shaxslarga tegishli emas, balki II shaxs birlik va ko‘plik hamda hurmat shakliga 
tegishlidir: Komm!(ba’zi bir fe’llar –e qo‘shimchasini qabul qilishi mumkin – 


154 
Trage!), Kommt!, Kommen Sie!. Shuningdek, I shaxs ko‘plik ham ba’zan buyruq 
maylining bir turini oladi: Gehen wir! Ko‘pincha bu konstruksiya wollen modal 
fe’li orqali yasaladi: Wollen wir gehen! Ba’zan esa lassen fe’li ham ushbu vazifada 
qo‘llanadi: Laßt uns gehen! Uchinchi shaxs birlikda shart mayli shakli talab yoki 
hoxish ma’nosida qo‘llanishi mumkin: Er gehe…; Gehe er …. Lekin bunda modal 
fe’llarning qo‘llanishi ustunlik qiladi: Soll er gehen, Er soll gehen. 
Buyruq mayliga qarama-qarshi ravishda shart mayli nafaqat aniqlik maylida 
uchraydigan 6 ta zamon shakliga, balki yana 2 ta qo‘shimcha zamon shakliga ega: 
Konditsionalis I va Konditsionalis II: Ich würde spielen – ich würde gespielt 
haben. Lekin modal ma’no shart mayli shakllarida ustunlik qiladi, shart mayli 
zamon shakllari aniqlik mayli zamon shakllaridan butunlay farq qiladi. Shu bilan 
birga sof morfologik voqeaga ta’sir qiladi. Bunda kuchsiz fe’llar preteritumining 
shart mayli va aniqlik mayli shakllari to‘liq mos keladi. „Sein“ yordamchi fe’lida 
shart mayli shakllari aniqlik mayli shakllaridan ajratilgan bo‘lsa, 
„haben“yordamchi fe’lida esa bu farq ayniqsa preteritumda aniqroq ko‘rinadi: ich 
hatte – ich hätte, ich bin – ich sei. 
Demak, mayl formalari orqali so‘zlovchi aniq amalga oshadigan yoki 
bo‘lmasa, amalga oshmaydigan ish-harakatni, ruxsat, ijozat, hohish-istakni 
ifodalaydigan zaruriyatni (hali amalga oshmagan), buyruq berish zaruruiyatini 
(amalga oshadigan), kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ishonchsiz, 
shubhali, noaniq, noreal (irreal), yoki faqat shart qo‘yishi mumkin bo‘lgan 
zaruriyatni, shuningdek, o‘zganing fikrini (o‘zi hozirgi zamon I shaxsda gapira 
olmaydigan (o‘zlashtirma gapni) bayon qilish mumkin. Ko‘rib chiqqanimizdek, 
mayl kategoriyasi gapning barcha sathlarida mavjud va u o‘rab turgan borliqni 
ifodalaydi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish