8
sizlashadilar. Salomlashganda
ularning yetti avlodidan, echki-ulog’idan, sigir-
qo’ylaridan hol-ahvol so’rashadilar. Masalan
Parvona spektaklida O’tkuriy bilan
yangasining salomlashishini misol qilib olishimiz mumkin:
- Hay, kuyovjon
yaxshimisiz? Uydagilar, amma-xola, tog’alar, qo’ni-
qo’shnilar, singillar, jiyanlar, echki-uloq, sigir-qo’ylar yaxshi yuribdimi?
1
Fransuzlarda esa bir muncha farq qiladi. Ular birinchi ko’rgan
insonlarini
sizlab gapiradi. Ular bilan muloqot qilib ancha yaqinlashganidan so’ng, sensirab
gaplashishadi. Anchadan beri tanigan, birga yashagan insonlarni hattoki ota-o’g’il,
ona-bola bo’lsa ham senlab murojaat qilishadi. Bu ular uchun odatiy hol
hisoblanadi. Hamkasblar orasida va shunga o’xshash rasmiy muloqotlarda doim
sizlab gaplashishadi. Salomlashish ham xuddi shu tartibda:
Bonjour - doimiy har
kun
ishlatiladigan salomlashish,
Bonsoir - kechki salom. Ammo o’zbek xalqida
bunday emas. Ular uchun asosan
assalom-u alaykum qo’llaniladi.
Hayrli kun,
hayrli kech iboralari ham qo’llaniladi. Bu iboralar asosan yozma nutqda ishlatiladi.
Fransuz tengdoshlari orasida ko’proq
Salut ishlatiladi. O’zbek yoshlari orasida
esa, asosan,
salom urfga kirgan:
Masalan:
- Bonjour, madame, je peux vous enseigner?
2
Julian leur ayant crié Bonsoir; elle repondirent d’une voix chantante dans la
langue harmonieuse du pays abondonné.
3
-
Salut!
-
Salut!
-
Qu’est-ce que tu fais ici?
4
Yoki :
Assalom alaykum o’ngdagilarga
Assalom alaykum so’ldagilarga
Assalom, hush niyat o’ydagilarga
Assalom Qur’oni qo’ldagilarga.
5
Salom,
Sabo,
qalaysan?
Uydagilaring
tinchmi?
Charchamadingmi
o’qishlaring bilan?
Yo’q, rahmat, yaxshiman... Samandar aka o’zingiz yaxshimisiz?
6
Davlat tomonidan faoliyat yuritiladigan barcha tashkilotlarda muloqotlar,
asosan, rasmiy ravishda olib boriladi. Salomlashish paytida hol-ahvol so’rash ham
rasmiy ravishda bo’ladi. Ularning ham qo’llanilish o’rni bor.
Masalan:
vous-allez bien?
Comment allez –vous?
O’zbek xalqida esa hol-ahvol so’rashga doir iboralar qisman farq qiladi.
Do‘stlar, tanishlar orasida muloqot aynan ma’lum bir qolipda olib borilishi
shart emas, ya’ni so’zlashuv erkin ravishda bo’lishi mumkin:
Comment ҫa va?
Ҫa va?
1
Uyg’un.
Parvona II parda 1933
2
Miquel C. Grammaire en diologue CLE International. 24 p.
3
Maupassant G. Une vie Moscou editions ecole superieure 1974.
4
Barfety M. Beaujouin P. Comprénsion oral CLE International. 2004 8 p.
5
M. Ismoil salom T. :O’qituvchi 2014. B.59
6
Ulug’bek H. Sabo va Samandar. G’afur G’ulom. 2014. -B.268.
9
Quoi de neuf?
O’zbek tilida esa quyidagi iboralar qo’llaniladi:
Yaxshimisan, qaleysan, uydagilar yaxshimi?
1
Ikki madaniyatda ham shunga o’xshash iboralarni ko’plab
uchratishimiz
mumkin, bu esa tillarning naqadar boy va sermazmunligini belgilaydi.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, bu ikki tilning ham so’z boyligi juda
rang-barangdir. Ammo ularning qo’llanilish vaziyatlari turlicha. O’zbek xalqida
salomlashilgan paytda, uning qarndosh-urug’idan tortib,
uyidagi hayvonlarigacha
so’rashadi. Fransuz tilida esa faqat o’zidan hol-ahvol so’rash bilan
chegaralanganligini yuqorida misollarda ko’rib o’tdik. Shu misollar orqali ham
bilishimiz mumkinki, fransuz madaniyatiga nisbatan o’zbeklarda
ota-onaga
bo’lgan hurmat, mehr-oqibat, vafo, do’st-yorlardan xabar olish, ulardan hol so’rash
bir muncha kuchliligini ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: