© «Персонални бошқариш» фани (таянч конспектлар). - т.: ТДИУ, 2013. - 38 бет.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
M. Akbarov, A. B. Xayitov
“PERSONALNI BOSHQARISH”
fanidan tayanch konspekt
2012
1 - Mavzu. PERSONALNI BOSHQARISH FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Personalni boshqarish - fan sifatida
Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir.
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) - odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish personali, o’z navbatida, ikki toifaga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |