Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Низомий номидаги



Download 3,39 Mb.
bet4/12
Sana18.02.2022
Hajmi3,39 Mb.
#456452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azizbek Shuhratov Fiziologiya

Физиология
Javob:
__Fiziologiya (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi.
Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya, miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi.
F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum. Gippokrat ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati toʻgʻrisida xabar beriladi. Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan. U. nerv sistemasi, yurak va boshqa organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab organizmlar har xil sistemalarining anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy, M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilishi natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl hayvonlar hayotida havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda kislorodning ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi (1649); uning bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa, F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy elektrofiziologiyaga asos solindi



Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish