Органлар системаси
Javob:
To’qimalar Kelib chiqishi tuzilishi va bajaradigan funksiyasiga ko’rabir-biriga o’xshash bo’lgan hujayralar hamda hujayra oralig’i moddasi to’qimalarni hosil qiladi.Organizmda epiteley, biriktiruvchi, muskul, nerv to’qimalari mavjud Epiteliy to’qimasi organizmi himoya qilish, organizm bilan muhit o’rtasida moddalar almashinuvini ta’minlaydi. Biriktiruvchi to’qimalar tayanch oziqlantirish , himoya funksiyasini bajaradi. Muskul to’qimasi qo’zg’alish va qisqarish xususiyatiga ega bo’lib, ichki organlar harakatini yuzaga keltiradi. Nerv to’qimasining asosiy xususiyati qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdan iborat.
Organizmda har xil to’qimalar o’zaro birikib organlarni hosil qiladi. Organ odam organizmining bir qismi bo’lib, muayyan shakl , tuzilishga ega hamda ma’lum bir funksiyani bajarishga moslashgan. Organizmdagi barcha organlar faoliyati nerv sistemasi va qon orqali boshqarilib turiladi.
Organizmda kelib chiqishi va bajaradigan funksiyasi bilan o’xshash bo’lgan organlardan organlar sistemasi tarkib topadi. Masalan, hazm qilish sistemasi (og’iz, halqum, ichak, jigar…) oziq moddalarni chaynab , hazm qilish vazifasini bajaradi.
Odam organizmi nerv, qon aylanish, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya bezlari, qonlovchi, tayanch harakat , jinsiy organlar sistemasidan tashkil topgan.
Tayanch harakat sistemasi . Skelet va muskullar organizm uchun tayanch va harakatlanish, hamda himoya funksiyalarini bajaradi. Suyaklar , bo’g’imlar orqali harakatchan birikkan bo’lib, muskullar yordamida harakatlanadigan va nerv sistemasi orqali boshqariladigan richag sistemasini hosil qiladi. Suyak toqimasi o’zida Ca, Fosfor kabi moddalarni toplovchi dero sifatida ahamiyatga ega.
Odam skeleti 200 dan ortiq suyakdan iborat bo’lib, ular bosh , skeleti, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, qo’l va oyoqlar kamari skeletini hosil qiladi. Umurtqa pog’onasi gavda uchun tayanch vazifasini bajaradi. U ko’krak qafasi bilan birga gavda skeletini hosil qiladi. Umurtqa pog’onasi 33-34 ta umurtqadan iborat. Ko’krak qafasi umurtqa pog’onasi orasida muhim hayotiy organlar joylashgan va himoyalangan.
Bosh skeleti miya qutisi va yuz skeletlariga bo’linadi. Qo’l skeleti yelka, bilak, bilak-tirsak, panja suyaklaridan tashkil topgan. Yelka kamari karbonat angidrid-uglerod oksidini organizmdan tashqariga chiqarib yuborish. Biologik oksidlanish jarayonida juda ko’p energiya hosil bo’lib, organizmlarning hayotiy faoliyatlariga yoki kimyoviy energiya holida saqlanadi.
Nafas olish organlari sistemasi – burun bo’shlig’I , hiqildoq, bo’g’iz, kekirdak, bronxlar, o’pkadan iborat. Burun bo’shlig’idan o’tayotganda havo namlanadi, iliydi, turli chang hamda mikroorganizmlardan tozalanadi. Bo’g’iz o’zaro harakatchan birikkan tog’aylardan iborat. Ovoz paylari orasida tovush turqishi bo’lib, o’pkadan chiqayotgan havo ovoz paylarini tebratib tovush chiqaradi. Tovushning na’noli nutqqa aylanishida –til, lablar, yumshoq tanglay, bo’g’uzusti tog’ayi burun va og’iz bo’shlig’I ishtirok etadi. Kekerdak halqasimon tog’aydan tashkil topgan bo’lib, tog’aylar nafas yo’lini berkilib qolishdan saqlaydi. Kekirdakning pastki uchi bronxlarga ajragan. Bronxlar o’pkaga kirganda bronxiololarni hosil qiladi. Bronxilolar ichki qismida o’pka mayda pufakchalari alveololar joylashgan. Alveollalar va kapillyar devorlari orqali gaz almashinuvi sodir bo’ladi. O’pka ko’krak qafasi bo’shlig’ida joylahsgan g’ovak organ. Tashqi tomondan plevra pardasi bilan o’ralgan. Plevra pardasi orasida seroz suyuqligi bor. O’pka o’ng va chap qismlarga ajralgan.
Nafas olganda o’pkaga o’tadigan havo tarkibida 79% azot, 21 % kislorod, 0,03 % uglerod oksidi bo’ladi. Kislorod qonga o’tib, gemoglabin bilan birikib , muvaqqat birikma – oksigemoglabin hosil qiladi.Suyaklariga yassi kurak hamda ingichka o’mrov suyak kiradi. Oyoq skeleti suyaklariga son, katta va kichik boldir , panja suyaklari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |