MADANIYAT VA SAN`AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA
MUSIQA TA`LIMINING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI
Abdullayeva I.X.
Nizomiy nomidagi TDPU 1-bosqich magistri
Musiqani qalbi go'zallikka oshno insonlargina sevadi, anglaydi. Musiqa tinglash,
uni idrok etish bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi. Ulug' yozuvchi Chingiz
Aytmatov aytganidek, “Faqat musiqagina zamonlarga xos yolg'on aqidalarni yengib
o'tib, mudom kelajak sari intiladi”
25
.
O'zbek xalqi ma'naviyatida millat o'tmishi, hozirgi kuni o'z ifodasini topgan
bo'lib, jahonshumul kashfiyotlarni yarata olgan minglab allomalarni yetishtirib bergan
o'lka hisoblanadi. Ular umumbashariy ahamiyatga ega ma'rifatning shakllanishiga
25
Qodirov.R. Musiqa pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent:«Musiqa» nashriyoti, 2019. – B.38.
250
o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Shuning uchun ham o'zbek milliy-
ma'naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas qismi, uzviy bo'lagidir.
Sharq allomalari va mutafakkirlarining asarlarida ifodalangan ma'naviy-ahloqiy
fikrlar, musiqa san`atiga bo`lgan ijobiy qarashlar, san`atni ulug`lash, yoshlar qalbini
go`zallikka, nafosatga oshno etishdek ulug` maqsadlarni insonlar ruhiyati va
ma'naviyati taraqqiyotida rivoj topishida muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Aynan
shu nuqtai nazadan so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni
yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va
nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti
va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy
makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini
innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan: Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma`daniyat va san`at sohasini yanada
rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi qarorlari haqida to`xtalib
o`tmoqchimiz. Bu qaror-“Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan
fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning
barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert-
tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida
iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini
milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar
bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida shuningdek, 2022-2026 yillarga
mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug'lash
va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq”
26
: fan,
madaniyat,
ta`lim-tarbiya
tizimiga
birmuncha
yangiliklar,o`zgartirish
va
qo`shimchalar kiritildi: Ya`ni
- 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va
talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy
26
Ma`daniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi
O`zbekiston Resublikasi Prezidentining qarori// Yangi O`zbekiston.;2022yil 4-fevral №25
251
madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-
quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab qo`yildi.
Unga ko`ra, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg'ularidan
kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim
to'g'risidagi hujjatiga ya`ni shahodatnomasiga tegishli qayd kiritiladi, musiqa fani
uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta
milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari
o'tkaziladi. Bu esa biz uchun anchayin quvonarli yangilik desak mubolag`a bo`lmaydi
Sababi, maktablarda san`at sohasiga, musiqa darsiga beriladigan e`tiborning natijasi
kelajak avlodning kamolotida o`z ifodasini topadi.
Mazkur qaror biz pedagoglarning oldimizga anchayin katta ma`suliyatni ham
yukladi, nagaki, musiqa madaniyati fani o`qituvchisi milliy cholg'ulardan kamida
bittasida, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish
mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi.Bundan
tashqari;
musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida “Hayotimga
hamrohdir cholg'u” shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi;
notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash
umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash
tizimiga kiritiladi;
o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish
maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish
mahorati yo'nalishida amaliy to'garaklar tashkil etiladi va har chorakda to`garak
ishtirokchilarining hisobot kansert dasturlari tashkil etilishi belgilab qo`yildi.
Qaror doirasida barcha ta`lim sohasi vakillari, pedagoglar, ta`lim oluvchilar
ya`ni millatimiz kelajagi bo`lgan o`quvchi yoshlarning manfaatlari asosiy o`rinni
egallagan. Shu nuqtai nazardan biz pedagoglarni quvontiradigan yana bir jihatga
e`tiboringizni qaratmoqchiman; musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy
ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida
mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u
252
yerdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida
umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi
to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi, shu
bilan birga musiqa fani o'qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg'ularida kuy
ijro etishga o'rgatish xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi
doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida
mashg'ulot olib borish uchun madaniyat va san'at sohasi vakillari shartnoma asosida
jalb etiladi.
Barcha talim muassasalarda shuningdek, umumiy o'rta, o'rta maxsus,
professional va oliy ta'lim muassasalarida:
O'zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo'limlari tomonidan boshqa
madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy kontsertlarini o'tkazish yo'lga
qo'yiladi;
lektoriy kontsertlari ta'lim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda
o'quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik
didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy
mashg'ulotlardan iborat bo'ladi;
lektoriy kontsertlarining o'tkazilganligi haqida tegishli ta'lim, madaniyat
muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa mas'ul tashkilot rahbari va
O'zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi;
muassasalarida madaniyat va san'at sohasidagi davlat mukofotlari bilan
taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning “mahorat maktablari” tashkil etiladi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat
ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at borasida yoshlarning intilishlarini qo‘llab-
quvvatlash ularni qalblarini o`zbek xalq musiqa san`atiga oshno qilib tarbiyalash
maqsadida qarorga kiritilgan bir necha bandlarni takidlab o`tish joizdir: Quvonarlisi
shundaki, 2022-2024 yillardan boshlab respublikamizning barcha umumta`lim
maktablarida 3 tadan milliy musiqa cholg'ulari to'plamlari bilan ta'minlanishi ko`zda
tutilgan.
253
Xulosa qilib aytganda, “Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan
keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining
tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-
odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi,
jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir”. Binobarin biz
yuqorida tahlil etgan ushbu qaror ham millat kelajagi va yoshlar kamoloti uchun
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |