Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


BO‘LAJAK TARBIYACHI-PEDAGOGLAR KASBIY



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

 
BO‘LAJAK TARBIYACHI-PEDAGOGLAR KASBIY 
MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 
 
Z.S.Teshabayeva 
 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
 
Yangi O‘zbekiston sharoitida oliy ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish, 
zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash, erishilgan 
ilmiy natijalarni maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etishning samarali 
mexanizmlarini yaratish va boshqa vazifalar ta’lim tizimi sohasidagi ustuvor 
yo‘nalishlar sifatida belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-son 
qaroridan keyin ta’lim tizimining quyi bo‘g‘iniga e’tibor kuchaydi. Tizim uchun 
malakali va innovatsion jarayonlarni intensiv o‘zlashtirishga qodir mutaxassis kadrlar 
tayyorlash masalasi hamon dolzarb bo‘lib turibdi. Mutaxassislarni tayyorlashda kasbga 


393 
bo‘lgan qiziqishni oshirish, xususan, raqobatbardosh kadr sifatida faoliyat yuritishlari 
uchun bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirish lozim.
Talabalarning kasbiy motivatsiyasini shakllantirishda ularning shaxsiy 
xususiyatlarini aniqlash, o‘zini rivojlantirishga zaruriy sharoitlarni yaratish, talabalar 
jamoasi o‘rtasida ma’naviy sog‘lom psixologik muhit yaratish, talabalar bilan 
individual ishlashni tashkil etish, rejalashtirish, o‘z-o‘zini takomillashtirishning 
maqsad va vazifalarini belgilash, o‘zini-o‘zi rivojlantirishning ilg‘or tajribalari bilan 
tanishtirish, o‘quv faoliyatida kasbiy motivatsiyani talabalarning o‘zlari mustaqil
rivojlantirishga turtki berish, talabalarga kasbiy rivojlanishlariga muntazam yordam 
ko‘rsatish samara beradi. 
Kasbiy motivatsiyaning shakllanishida omillarning o‘zaro ta’sir jarayoni yuz 
beradi: 
makro omillar: jamiyat, ta’lim tizimi, ta’lim muassasalari; 
mikro omillar: ustozlar, tengdoshlari; 
obyektiv omillar: shaxsning jamiyatdagi o‘rni va intilishi; 
subyektiv omillar: o‘quv jarayoni. 
Kasbiy faoliyat kasbga yo‘naltirishga ham bog‘liq bo‘lib, bunda talabalarning 
moyilligi, ehtiyoji va istaklari muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning pedagog sifatida shakllanishida ichki va tashqi motivlari muhim 
o‘rin tutadi. Ulardagi ichki motivlar bevosita o‘quv faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, faoliyat 
jarayoniga va natijasiga qiziqish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish, o‘zining shaxsiy 
sifatlari va qobiliyatini namoyon etish natijasida amalga oshadi. Tashqi motivlar esa, 
qachonki faoliyat jarayoni uzoq muddat amalga oshsa namoyon bo‘ladi. Talabalik 
burchi va majburiyati, tengdoshlari orasida yutuqlarga erishishdagi quvonch hissi 
tashqi motivning namoyon bo‘lish shakllaridir.
Talabalar kasbiy motivatsiyasi quyidagi yo‘nalishlarda shakllanadi: 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish