TA’LIM MUHITI – BOLALARNING TO‘LAQONLI TA’LIM FAOLIYATINI
TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHARTI
Abduqaxxarova Oyjahon Sultonboy qizi
Namangan davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaxshi jihozlangan rivojlantiruvchi muhitsiz
to‘laqonli ta’lim faoliyatini tashkil etish mumkin emas. Axir, uning asosiy poydevori
– bolalar ta’lim oladigan “Rivojlanish markazlari”dir. Guruhda biron-bir narsa
shunchaki joylashtirilgan bo‘lishi kerak emas. Guruhdagi barcha narsalar bolalarning
bilimini oshirishga qaratilgan, pedagogik yoki tarbiyaviy (ahloqiy, estetik) ta’sirini
bajarishi kerak. Ya’ni, odatdagi oilaviy muhit bilan taqqoslaganda, MTTdagi muhit
jadal rivojlanib boruvchi, bolaning bilim va qiziqishlari, ixtiyoriy fazilatlari,
hissiyotlari paydo bo‘lishi va rivojlanishiga turtki bo‘lishi kerak. Maktabgacha
yoshdagi guruhda subyektiv rivojlanish muhitini tashkil qilish quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: guruhdagi materiallar, jihozlar, inventarlar xilma-xilligi. Imkoniyati har xil
bo‘ladigan jihozlar qismlaridan foydalanish (bolalar mebellari, matlar, yumshoq
modullar, ekran va boshqalar); bolalarning yosh xususiyatlariga va “Ilk qadam”
259
DO‘Dga muvofiqligi ; atrof-muhitning o‘zgaruvchanligi (ta’lim sharoitiga, bolalarning
o‘zgaruvchan qiziqishlariga qarab) subyektiv rivojlanish muhitdagi o‘zgarishlarni
ta’minlaydi; subyektiv rivojlantiruvchi muhitning o‘zgaruvchanligi (o‘yin,
qurishyasash, yolg‘izlik uchun muhitlar mavjudligi, o‘yin materialining davriy
o‘zgarishi, bolalarning erkin tanlashni ta’minlash uchun turli materiallar va
o‘yinchoqlar, bolalarning o‘yin, harakatli, bilim olish va tadqiqot faoliyatini
rag‘batlantiruvchi yangi narsalarning paydo bo‘lishi); foydalanish imkoniyati (ta’lim
faoliyati olib boriladigan barcha xonalarning tarbiyalanuvchilar uchun ochiqligi,
bolalar faoliyatining barcha turlarini ta’minlaydigan o‘yinlar, o‘yinchoqlar,
qo‘llanmalardan bemalol foydalanish, materiallar va jihozlarning ishlashi va
xavfsizligi); muhitning xavfsizligi (uning barcha elementlarining ishonchliligi va
xavfsizligini ta’minlashi). Bolalarning emotsional farovonligini ta’minlash uchun
MTTda va guruhda muhit qulay, deyarli uyday bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lgach,
bolalarning o‘zlashtirishi tezlashadi, ular o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etadilar.
Qulay muhit – bu bolaga qiziqarli va sevimli faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin
bo‘lgan qulay va ishonchli muhit. Ta’lim muhitining mavjudligini kiyinish xonasiga
kirishdanoq ko‘rish mumkin: “Guruh burchagi” va “Ota-onalar burchagi”, bu yerda
ota-onalar uchun juda ko‘p foydali, zarur ma’lumotlar mavjud: ta’limiy faoliyat
jadvali, kun tartibi, ota-onalar uchun foydali maslahatlar va boshqalar. Nega biz ota-
onadan boshladik? Har bir pedagog ushbu joydan bolalarning ta’lim faoliyatida ota-
onalar bilan hamkorlik qilish uchun to‘liq foydalanishi mumkin: haftaning mavzusini
ilib qo‘yish, bola bilan suhbatlashish uchun mavzularni tavsiya etish va uyda bola bilan
qanday ta’lim-tarbiyaviy ish olib borishni taklif qilish. Shuningdek, guruhga kirish
xonasida bolalarning ijodiy ishlari ilingan stendlar mavjud: rasmlar va qo‘l mehnatlari
ko‘rgazmalari. Farzandining ishini ko‘rib, ota-ona uni maqtaydi va shu bilan o‘ziga
bo‘lgan ishonchini oshiradi. Har bir bolalar shkafida alifbo harflari tasvirlangan belgi
qo‘yiladi – bola 3 yoshdan harflarni bexosdan eslab qoladi. Guruh xonasining kirish
qismida “Xavfsizlik burchagi” joylashgan. Unda yong‘in xavfsizligi, ko‘chada va uyda
bolalarning xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.
Bola yana ma’lumotni vizual tarzda oladi. Guruh xonasidagi “Til va nutq” markazida
260
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining portreti, “Sharqning buyuk siymolari”,
davlatimiz ramzlari aks etgan albom, “O‘zbekiston shaharlari”, “Ona zamin tabiati”
aks etgan fotosurat va rasmlar, amaliy san’at asarlari va boshqalar mavjud. Ushbu
burchak har doim guruhda bor. Bolalar albomlar, rasmlarni ko‘radilar va o‘zlariga
kerakli ma’lumotlarni oladilar va eslab qoladilar. Pedagog faqat haftaning mavzulariga
va muhim sanalarga qarab materialni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirishi mumkin. Sport
burchagi tarbiyalanuvchilarni harakatdagi ehtiyojlarini qondirish va ularni sog‘lom
turmush tarzi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Buning uchun zarur barcha jihozlar
mavjud: gimnastika o‘rindiqlari, zinapoyalar, katta va kichik to‘plar, sakrash arqonlari,
halqa, gimnastika tayoqlari, keglilar va nostandart jihozlar: tasmalar, rangli bayroqlar,
qum qopchalari. Bola sport anjomlaridan foydalanadi va jismonan rivojlanadi.
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim faoliyatini mavzuviy rejalashtirish” har bir
yosh guruhlari uchun oyning mavzularini, haftaning mavzularini aks ettiradi va beshta
rivojlantirish markazlarida ta’limiy faoliyat tashkil etiladi:
“Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika” markazi, “Syujetli-rolli
o‘yinlar va sahnalashtirish” markazi, “Til va nutq” markazi, “Ilm fan va tabiat”
markazi, “San’at” markazi
Gap ular ko‘tara oladigan mavzuning ahamiyati haqida ketyapti. Masalan,
haftaning mavzusi – “Qo‘shni davlatlar”, bolalar to‘liq tushunishi qiyin juda keng
mavzu. Bir hafta davomida barcha kerakli atributlar bilan “Qozog‘iston”, “Tojikiston”
kabi qo‘shni davlatlar haqida markazlarda ko‘rgazmalar tashkil qiling. Bu bolalarga
bo‘sh vaqtlarida qo‘shni davlatlar to‘g‘risida ko‘proq bilib olishga, madaniyatlar va urf
odatlarning farqlari va o‘xshashliklarini, xalq san’ati go‘zalligini tushunishga yordam
beradi.
.Biz bo‘lajak tarbiyachi pedagoglar bolalarning to‘laqonli ta’lim faoliyatlarini
tashkil etish uchun rivojlantirish markazlari haqidagi tushunchalarimizni
mustahkamlashimiz zaruriy shartlardan hisoblanadi. Chunki,oldimizda turgan
pedagogik amaliyot jarayonlarini to‘laqonli va sifatli o‘tashimizda rivojlanish
markazlari va unda olib boriladigan faoliyatlar mazmuni haqidagi tushunchalarni puxta
bilish biz uchun muhimdir.
261
Do'stlaringiz bilan baham: |