254
chambarchas bog‘liqligining psixologik jihatlarini ta’minlash hamda turli yosh
davrlarida kognitiv jarayonlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Boshlang‘ich
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5198-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida 2017 yil 19 oktabr kuni ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga
bag‘ishlangan yig‘ilishida “ zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik
usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv metodik adabiyotlarnining yangi
avlodini yaratish. farzandlarimizga bilim asoslarini, eng
zarur hayotiy tushuncha va
ko‘nikmalarni o‘rgatadigan zamonaviy tarbiya usullarni yaratish vazifalari yuklatilgan.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatni rivojlantirish dolzarb
ahamiyatga ega. Chunki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatni
rivojlantirish, ularda bilimlarni o‘zlashtirishning, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishda o‘qituvchini , psixologni vazifasi muhim bo‘lib hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatning taqsimlanish xususiyati qiz
bolalarda
kuchli rivojlanganligi, diqqatning barqarorligi va ko‘chuvchanligi o‘g‘il
bolalarda qizlarga nisbatan kuchli darajada namoyon bo‘lishi empirik tadqiqotlar
asosida aniqlangan, o‘quvchilarda diqqatning shakllanishi o‘qituvchining o‘quvchiga
munosabati kabi obyektiv omilga hamda shaxsning individual psixologik
xususiyatlaridan biri hisoblangan temperamentiga, o‘quv motivatsiyasi kabi subyektiv
omillarga bog‘liqligi korrelyatsion tahlillar asosida aniqlangan. O‘quvchilarda
diqqatning taqsimlanish xususiyati qiz bolalarda kuchli rivojlanganligi,
diqqatning
barqarorligi va ko‘chuvchanligi o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan kuchli darajada
namoyon bo‘lishi empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan. Mazkur empirik
ko‘rsatkichlardan o‘quv jarayonida foydalanish natijasida bo‘lg‘usi pedagog-psixolog
va amaliyotchi psixologlarga differensial psixologiyani o‘qitishda uslubiy ta’minot
takomillashtirilgan hamda nazariya va amaliyot uzviyligi kuchaytirilgan,
o‘quvchilarda diqqatning shakllanishi o‘qituvchining o‘quvchiga munosabati kabi
obyektiv omilga hamda shaxsning individual psixologik
xususiyatlaridan biri
hisoblangan temperamentiga, o‘quv motivatsiyasi kabi subyektiv omillarga bog‘liqligi
255
korrelyatsion tahlillar asosida aniqlangan. O‘quvchining diqqatini ijtimoiy-psixologik
jihatdan o‘rganish, obyektiv tavsiflash imkoniyatlari oshirish, o‘quvchilarda diqqatni
rivojlantiruvchi korreksion dastur tuzilgan dasturiy takliflarning amaliyotga joriy
etilishi natijasida psixolog kadrlarning o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatish,
ularda bilish jarayonlarining asosi hisoblanmish diqqatni shakllantirish uchun zarur
ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.
O‘quvchilarda diqqat rivojlanishining yosh va jins farqlari, diqqatni
rivojlanganlik darajasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda diqqatning
rivojlanishini aniqlash bo‘yicha olib borilgan empirik tadqiqot natijalarining aroflicha
taxlili keltirilgan. O‘quvchilarda diqqatni rivojlanishtiruvchi korreksion-
rivojlantiruvchi dastur mazmuni bayon etilgan. Korreksion-rivojlantiruvchi dasturini
tuzishda psixokorreksiya va psixologiyaning bir nechta tamoyil va yo‘nalishlarini asos
qilib olingani bois dastur o‘ziga xos mantiqiy izchillikni o‘zida namoyon etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni o‘z vaqtida rivojlantirmasa, bu uning o‘qish
va mehnat faoliyatida keskin muammolarni keltirib chiqaradi. Diqqat barcha bilish
jarayonlarining tuynugi bo‘lganligi sababli uning yaxshi shakllanmaganligi to‘liq
olamni bilish va anglashga halaqit qiladi. Keyinchalik
buning oqibatida shaxsning
psixik holat va xususiyatlarida og‘ishlar ham kelib chiqadi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki diqqatning shaxs faoliyatiga, bilish
jarayonlariga ta’siri bilan bog‘liq turli salbiy oqibatlarning oldini olish, komil inson
tarbiyalash g‘oyasiga tayangan holda
ishlab chiqish, ota-onalar bola tarbiyasida
ixtiyoriy diqqat va xotirani rivojlantirish, bola o‘z diqqatini aniq bir narsaga qaratishi ,
shuningdek, aniq bir narsani eslashi kerak (telefon
raqamini, manzilini, she’rni,
hikoyani eslashi),bola o‘z fikrlarini og‘zaki ifoda eta olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: