MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RUHIYATINI
O‘RGANISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK JIHATLARI
N.M.Kayumova
Nizomiy nomidagi TDPU, Maktabgacha ta’lim fakulteti,
dotsent,
D. Saidova
”Maktabgacha ta’lim ” yo‘nalishi talabasi
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik roli to‘g‘risidagi
qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini u
faoliyatning xar-xil turlariga boy bo‘ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga
mazmunni
boyitishga, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, mustaqillikni
rivojlantirishga qaratilgan rahbarlik ta’minlanishi kerak.Tarbiya va ta’limning
mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bilan
izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ularning
mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.Tarbiya vazifalari
105
mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish hozirgi fanda qabul qilingan odam
hayotini davrlarga bo‘lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orqaga qaytarib
bo‘lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va
ta’lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga
qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadi. Yosh davrlari – odam rivojlanishining
majburiy bosqichlaridir.Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik
sistemalarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy
tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi.Yosh
kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham
ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, akliy, hissiy, irodaviy
tomonlari kabi xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa
rivojlanishning umumiy darajasiga, hulq-atvorni tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi.
Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‘zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy
rivojlanish darajasi faqat yashagan yillar natijasi emas har qanday yoshda, ayniqsa
bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Yosh bilan bog‘liq rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar ham
bo‘lishi mumkin.
Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘ladi. Shu bilan birga bu
o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yuqori bo‘lgan yoshdir. Shu sababli to‘laqonli
rivojlanishni ta’minlash uchun bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va
mustahkamlash, ularning hayotini to‘g‘ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy
ijobiy holatiga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida g‘amxurlik
qilish zarur.Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib o‘zini
kutarish, yurish kabi xilma-xil harakatlarni egallaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish,
aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg‘ularni, idrok etishni, tasavvurlarni takomillashtirish
katta ahamiyatga ega.Ilk yoshdagi bolalar bilan ish yuritishning asosiy yo`nalishlari,
o‘yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi.
Bolalar o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishning eng sodda ko‘nikmalarini egallaydilar, bu
bolaning o‘ziga xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch
yoshda tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda
106
bir-birlari bilan muomalada bo‘lishni va o‘zlarini o‘yin qoidalariga muvofiq tutishni
o‘rganadilar.
Bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va
o‘ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish
zarur.
Maktabgacha yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan
5 yoshgacha bolaning o‘sish sur’ati avvalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi,
lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‘sish va tana og‘irligining
oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‘qimalari va organlari anatomik
o‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi,
muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan
birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6-7 yoshga kelib bola yurish,
yugurish, sakrash, arkonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida
uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.
Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy
o‘rinni tutadi. Bolaning imkoniyatlariga muvofiq oilada va bolalar bog‘chasida ta’sir
ko‘rsatishning aniq vositalari va metodlarnni qo‘llash sistemasi: hayot, ovqatlanish
tartibi, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlar, chiniqish usullari belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolada miya qobig‘ining funksional faolligi takomillashib
boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta’sirchanligi idrok etishning yorqinligi,
o‘tkirligini, bolalar ta’sirlanuvchanligini shart qilib qo‘yadi, shuning uchun
maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berishda taassurotlar va
bilimlarni (bu asosan atrofdagi hayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo‘ladi) tanlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning tarbiyaga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola
rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish
muhimdir. Chunki bola organizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy
etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos
Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini
uqtirib o‘tganlar.
107
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish
muhim. Temperament – lotincha “temperamentum”, ya’ni “qismlarning bir-biriga
munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari
majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda
quyidagi davrlarga bo‘linadi:
-
go‘daklik (1 yoshgacha);
-
ilk yosh (1-2 yosh);
-
ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
-
kichik yosh (3-4 yosh);
-
o‘rta yosh (4-5 yosh);
-
katta yosh (5-6 yosh);
-
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)
11
.
Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar.
Go‘dakning vazni tug‘ilgan paytda 3,5 kg, bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, uch oylik
davrida uning vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo‘lganda esa taxminan 7 kg,
bo‘yi 64 sm bo‘ladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida
bo‘lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham
nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga
ega bo‘ladi. Shuning uchun ham go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan
davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo‘lgan davrda
dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni
to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim. “Bola tushunmas ekan” deb, unga
befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri talaffuz qilib,
ularning nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun keng yo‘l ochishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |