Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


OILADA BOLALARNI XALQ MEROSI VOSITASIDA MA’NAVIY-



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

OILADA BOLALARNI XALQ MEROSI VOSITASIDA MA’NAVIY-
AHLOQIY TARBIYALASHDA XALQ PEDAGOGIKASINING О‘RNI 
 
N.M.Kayumova
 Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim 
fakulteti dotsent, 
M.M.Ro‘ziyeva
 ”Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabasi 
Jamiyatning ravnaqi inson hayot kechirayotgan muhit, ana shu inson 
faoliyatining turli sohalarida namoyon bо‘layotgan ma’naviy asosga kо‘p jihatdan 
bog‘liq. Ma’naviy asosga yillar davomida tarkib topgan xalq pedagogikasi ham kiradi. 
Zero, shaxsning rivojlanishi, uning ma’naviy kamol topishida xalq pedagogikasi boy 
manbalarga ega.
Xalq pedagogikasi umumxalq, ijodiy mahsulining natijasi, pedagogik 
madaniyatining asosiy ifodasi bо‘lib, uning ildizi qadim-qadimlarga borib taqaladi. U 
о‘zida xalqning orzu istaklari, qarashlari, inson, oila, yosh avlod tarbiyasi haqidagi 
tasavvurlarini aks ettiradi.
Tadqiqotchilarning fikriga kо‘ra, xalq pedagogikasi – mehnatkash xalq va xalq 
donishmandligining yosh avlodni maqsadga muvofiq kishilar etib yetishtirishdagi 
tarbiyaning maqad va vazifalariga bо‘lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan 
ta’lim-tarbiyani amalga oshirish borasida qо‘llanilib usul, vosita, kо‘nikma va 
malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida tо‘plangan bilim va ma’lumotlar 
majmuidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og‘zaki 
tarzda yaratgan va avloddan – avlodga о‘tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma’lumotlari 
– pedagogik ijodlari majmuidir.
A.E.Izmailovning ta’kidlashicha xalq pedagogikasini tadqiq etgan barcha 
tadqiqotchilarning ta’rificha, xalq pedagogikasi avloddan-avlodga о‘tgan tarbiya 
haqidagi bilimlarining yig‘indisiga emas, balki xalqning tarbiyaviy faoliyati tajribasi 
asosida mazkur bilimlarning malaka va kо‘nikmaga aylanishi majmui hamdir. 
Haqiqatdan ham xalq pedagogikasida faqat tarbiya jarayoni emas, balki ta’lim jarayoni 
ham asosiy manba sifatida katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Shunday ekan, olimning 
fikricha xalq pedagogikasi ta’rifida ta’lim va tarbiya ikki tomonlama jarayon sifatida 
о‘z ifodasini topmog‘i kerak, ya’ni, xalq pedagogikasi – xalq ommasining tarixiy va 


103 
ijtimoiy tajribasi sifatida og‘zaki shaklda avloddan-avlodga о‘tib kelgan, tajribada 
sinab kо‘rilgan va jamlangan empirik bilimlar, ma’lumotlar, malaka va kо‘nikmalar 
majmuidir.
Xalq pedagogikasi keng qamrovli, kо‘p qirrali bо‘lib, tadqiqotchilar uning 
manbalarini quyidagilardan iborat deb kо‘rsatadilar.
1.
О‘zbek xalq og‘zaki ijodi.
2.
Milliy urf – odatlar, an’analar, marosimlar. 
3.
Xalq о‘yinlari va о‘yinchoqlar. 
4.
Diniy ta’limotlar. 
5.
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik. 
6.
Milliy musiqa. 
7.
Tasviriy san’at. 
8.
Raqs san’ati. 
Biz bu manbalarga yana xalq tabobatini ham qushgan bо‘lar edik. Zero, xalq 
tabobatida ham ta’lim-tarbiyaga oid juda kо‘p qimmatli manbalar mavjud. Mazkur 
manbalarning kо‘pchiligi alohida emas, bir-biriga uyg‘un holda ham ifodalandi.
Masalan, xalq og‘zaki ijodi tarkibida milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, 
xalq о‘yinlari, diniy ta’limotlar, xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga oid, milliy 
musiqa, raqs san’ati, xalq tabobati va boshqa manbalarni ham uchratish mumkin. 
Ana shu manbalardan eng muhimi xalq og‘zaki ijodi bо‘lib, xalqimizning о‘z 
tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti davomida avloddan-avlodga о‘tib, sayqallanib kelayotgan, 
shaxsning ma’naviy-ahloqiy takomilida о‘ziga xos ta’sir doirasiga ega.
Xalq og‘zaki ijodi bilan tarixchilar tarixiy voqealarning unda qanday aks etgani 
bilan, elshunoslar xalqning urf-odatlari bilan, san’atshunoslar folklordagi musiqa, raqs, 
о‘yin va boshqalarni, tilshunoslar uning lahja va shevalari bilan, adabiyotshunoslar 
uning yozma adabiyot bilan munosabatlarini tekshiradilar, - deydi K.Imomov. Biz esa 
bu ta’rifga pedagogika fani ta’lim-tarbiya masalalari xalq og‘zaki ijodida qanday 
ifodalangani bilan shug‘ullanishi, uning aqliy, ahloqiy, mehnat, nafosat, jismoniy 
tarbiyada muhim manba ekanligini alohida ta’kidlamoqchimiz. Zero, xalq og‘zaki ijodi 
xalq hayotining badiiy ifodasi bо‘lib, xalqning ijtimoiy hayot haqidagi tushunchalarini, 


104 
uning didini, zavqini, ijtimoiy, tarixiy, falsafiy, badiiy-estetik qarashlarini о‘zida aks 
ettiradi.
Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodining qimmati, uning ma’rifiy, g‘oyaviy 
tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. U Xalqimizning uzoq 
tarixi, urf-odati, ijtimoiy hayoti, dunyoqarashining kengligi ijtimoiy munosabatining 
xilma-xilligi, orzu – umidalarining ulug‘vor va shaxs munosabatining hilma-xilligi, 
orzu-umidlarining ulug‘vor va teranligi bilan bilim beradi va ma’naviy – ahloqiy 
tarbiya manbai bо‘lib xizmat hisoblanadi.
Ayniqsa, bolalarning о‘smirlik davrida xalq og‘zaki ijodiga qiziqishi о‘ta kuchli 
bо‘ladi. Chunki bu yoshda ular kata orzu-umidlar bilan yashaydilar va о‘z orzu-
umidlarini yuzaga chiqarishda xalq og‘zaki ijodidagi sehr kuchiga, fantaziyaga 
ishonuvchanlik kuchli bо‘ladi.
Хalq og‘zaki ijodining badiiyligi, tilining ravonligi, musiqiyligi, soddaligi ham 
о‘smirlarga katta ta’sir etadi, qiziqish uyg‘otadi. Aynan, maktabgacha yoshdagi bolalar
о‘rganadigan dasturlarida xalq og‘zaki ijodining qо‘shiq, maqol, topishmoq, ertak, 
doston, afsona, rivoyat, asotir va boshqa janrlari kengroq о‘rin olgan bо‘lib, ularda 
ta’lim-tarbiyaga oid xalq donishmandligi ifodalangan. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish