Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar:
1.N.Qayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013. 
2.Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy 
faoliyatga o’rgatish metodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y. 
3.Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy mashg’ulot. 
“Musiqa” T:.2010y. 
MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI 
Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna 
pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
 
Bugungi kunda maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonni innovatsion ta’lim 
texnologiyalari asosida tashkil etishga ehtiyoj mavjud. Chunki, innovatsion jarayonlar 
tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda samara beradi.
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunda “bolalarga ta’lim va 
tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda har tomonlama rivojlantirish 
maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etish”kabi ustuvor vazifalar belgilangan
41
. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarni 
atrof olam bilan tanishtirish orqali ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash mazmuni 
va texnologiyasini takomillashtirish dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi[1]. 
41
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida.2019 yil 16 dekabr, O‘RQ-
595-son.Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son. 


429 
Texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini rivojlantirish, balki maktabgacha har 
tomonlama sifatli bo‘lishini ta’minlashda ham qo‘l keladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida atrofdagi olam bilan tanishtirish 
mashg‘ulotlari quyidagi zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilishi maqsadga 
muvofiq.
Sand-Art texnologiyasi (qumda rasm chizish) texnologiyasi bolalarda xotira, 
diqqat va fazoviy tasavvurning rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar atrof olamni 
ijodiy idrok qilishi va o‘z tasavvurini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratadi. 
Mazkur texnologiyaning afzalligi shundaki, bolalarda ijodiy faoliyat oson kechadi, 
qumdagi har qanday manipulyativ harakatlar badiiy ijodiy natijalar hisoblanadi, 
masalan, qumdagi kaftlarning izi relyef-avtografni ifodalaydi, oynali stolga qumni 
sochish gullar tasvirini paydo qiladi. Qumdan foydalanish, turli darajada ishlash 
imkoniyatini yaratadi, sensor harakatlardan boshlab, to tahlil qilish jarayonigacha 
bajariladi. Qumda rasm chizishning muhim xususiyati shundan iboratki, chizilgan 
tasvirlarni ifodalash, qumdagi animatsiyalarni jonlantirish, kutilmagan tasvirlarni 
keyingi tasvirga o‘tgunicha uni yana o‘zgartirish mumkin. Qo‘lning barcha barmoqlari 
ishtirok etadi, teri tuyish sezgisi rivojlanadi, integrativ yondashuv amalga oshiriladi. 
Qumda chizish uchun tishi uchburchak, turtburchak, doira va kvadrat shakldagi 
haskash, mo‘yqalam, trafaret, tayoqchalardan foydalaniladi. Bolalarning yosh 
xususiyatlariga tayangan holda jihozlar tanlanadi. Sand-Art texnologiyasi orqali 
bolalar kaft va barmoqlari bilan uy-ro‘zg‘or buyumi, transport vositalari, bayroqchalar, 
harf va raqamlarni chizadi.
“Bizning ko‘cha” mavzusi doirasida tayyorlov guruhi bolalari qum bilan yakka 
tartibda va kichik guruhlarda ishladi. Makur texnologiya ko‘p tarmoqli bo‘lib, 
bolalarga ta’lim berish, tarbiyalash, bir vaqtning o‘zida diagnostik, rivojlantiruvchi va 
korreksion vazifalarni bajarishni ta’minlaydi. Natijada, bolalarda mantiqiy tafakkur, 
bilishga qiziqish, xotira va diqqat rivojlanishiga erishiladi. Ayniqsa, o‘ziga ishonchi 
past bo‘lgan bolalar xato qilishdan qo‘rqmaydi, o‘zining ichki olamini ifodalash, 
fantaziya qilishga imkon yaratadi. Bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, 
topshiriqlar berildi. Bolalar chizgan rasmiga oid she’rlar aytdi.


430 
5-7 yosh bolalar esa qumda ertak va hikoyalar “to‘qidi”. Intellektual 
rivojlanishda qiynalayotgan bolalar bilan Sand-Art texnologiyasidan foydalanganda 
dastlab faqat qum bilan tanishtirish va uni badiiy tavsirlarda ishlatish mumkinligi 
haqida so‘zlab berildi. Bolalar istagiga ko‘ra qumni oynali stol ustiga sepish yoki yoyib 
tashlash topshirig‘i berildi. Asta-sekin qumdan turli shakl va rasmlar chizish taklif 
qilindi. Mashg‘ulot yakunida bolalarning hissiy holati, asab tizimi tinchlandi, ham 
ijobiy tomonga o‘zgardi. Ushbu texnologiya ijodiy-izlanuvchanlik faoliyati uchun 
qulay vaziyat yaratdi.
“Kvest-o‘yin” texnologiyasi bolalarda motivatsiyani oshiradi. Kvest-o‘yin 
faoliyatga qiziqish uyg‘otadi, atrof olam haqidagi yangi ma’lumot va ko‘nikmalar, 
bilimlarni yanada oshiradi. Bolalar o‘yin orqali o‘zining shaxsiy imkoniyatini 
anglashni o‘rganadi, tashabbus ko‘rsatadi va ongli ravishda xulosa chiqaradi. 
Kvest-o‘yinlar bolalarni o‘rtoqlari va kattalar bilan muloqot qilish, yetakchi 
rolini o‘ynash, nizoli vaziyatlardan chiqishga undaydi, eng muhimi, bolaning nutqi 
rivojlanadi[3]. Kvest-texnologiya bir qator xususiyatlarga ega bo‘lib, ta’limiy vazifalar 
o‘yin faoliyati orqali bajariladi hamda izlanuvchanlik ko‘nikmalari shakllantiriladi. 
Bolalar o‘z bilimini ifodalashi uchun yangi o‘qitish vositalaridan foydalanish imkoniga 
ega bo‘ladi. Davlat talabining barcha sohalari bo‘yicha rivojlanishi ta’minlanadi. 
Bolalarda ijobiy kayfiyat paydo bo‘ladi, o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarganligi 
uchun ijtimoiy-kommunikativ ko‘nikmalar rivojlanadi, yakka tartibda emas, jamoada 
ishlashga harakat qiladi, o‘zaro bir-biriga yordam ko‘rsatadi, muammoli vaziyatlar
tadqiqotchilik faoliyati bilan hal qilinadi, bola ziyraklik va dadillikka o‘rganadi. 
Tadqiqot davrida o‘tkazilgan kvest-o‘yinlar bolalarda muloqotchanlik, izlanuvchanlik, 
harakat, tasviriy faoliyat, musiqiy hamda badiiy idrok kabilarni rivojlantirdi.
Kvest-o‘yinlar uch bosqichda amalga oshirildi.
1-bosqich. Kvest o‘yin uchun jihozlar, o‘quv materiali va shart-sharoit 
tayyorlandi. 
2-bosqich. Kvest ssenariysi va rejasi ishlab chiqildi. 
3-bosqich. Bolalar mavzu mohiyati bilan tanishtirildi. 
Kvest-o‘yinlar o‘tkazishda quyidagi asosiy mezonlarga tayanildi:


431 

o‘yin ishtirokchilar uchun xavfsizligi;

mantiqiyligi;

noyobligi;

maqsadga yo‘nalganligi; 

aniq bir syujetga rioya qilinishi;

o‘yin o‘ynash muhiti yaratilishi. 
O‘yin faoliyatida bolalarda bir vaqtning o‘zida intellekt, jismoniy qobiliyat, 
hayol va ijodkorlik namoyon bo‘ladi. O‘yin ishtirokchlari o‘zaro kelishuv, majburiyat 
va vazifalarni taqsimlash, birga harakat qilish, bir-biri uchun qayg‘urish, o‘zaro 
yordam ko‘rsatish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Ushbu texnologiya nafaqat 
bolalarning o‘zaro, balki ota-ona va bola munosabatlarini ham mustahkamlaydi. Ota-
onalar ham faol ishtirok etadi, MTT va oilaning o‘zaro hamkorlikdagi munosabati 
shakllanadi. Kvest-o‘yinlar bolalarni o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zini rivojlantirishga 
yo‘naltiradi, ijodiy, jismonan sog‘lom va o‘z shaxsiy pozitsiyasiga ega bola shaxsini 
shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida muammoli, hamkorlikdagi, dasturli, blok-modulli, shaxsga 
yo‘naltirilgan, o‘yinli va boshqa texnologiyalar keng qo‘llab kelinmoqda. Har qanday 
ta’lim texnologiyasi uzluksiz ta’limning qaysi bo‘g‘inida qo‘llanmasin, uning 
markazida bola shaxsi va uning qiziqishlari, imkoniyatlari ko‘zda tutilishi kerak.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish