Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar: 
1.
Shavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz” Toshkent-“O‘zbekiston”-2016. 
2.
I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyat” 
nashriyoti, 2008y. 
3. Ma’naviyat asosiy tushunchalari izohli lug‘ati. –T.: G‘ofur G‘ulom nomidagi 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013y. 
4. Ergashev I. Yoshlarni ijtimoiy faolligi. –T.: “Akademiya” nashriyoti, 2008y. 
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI KASB TANLASHGA 
QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH 
 
Abduqodirova Ozoda A’zam qizi
TDPU “Maktabgacha ta’lim” magistranti 
 
Davlat standartida har bir bolaning ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini va 
ehtiyojlarini qo’llab-quvvatlash, har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik 
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga bo‘lgan 
huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi, xorijiy mamlakatlarning ta'lim 
sohasida tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Ularga 


24 
ta’lim berishda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish 
zarurligi keltirib o’tilgan.
Shunga ko’ra, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasb tanlashga 
qiziqishlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bolalarning 
qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli kasblarni 
tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.
Bolada kasbga qiziqish o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bolada biron bir kasbga 
qiziqish quyidagi sabablar tufayli paydo bo’ladi: 
- oiladagi muhit; 
- biror bir faoliyatga nisbatan qobiliyatning mavjudligi; 
- ta’lim-tarbiya jarayonida kasbga yo’naltirish orqali. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga kattalarni kasblar bilan tanishtirishning 
asosiy maqsadi: 
- kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish; 
- kasblarga nisbatan qiziqish va xohishni uyg’otish; 
- barcha kasblar muhimligini va uning jamiyat hayotida ahamiyatini bola ongiga 
singdirish; 
- kattalar mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish bo’yicha bir 
qator olmlar tomonidan ilmiy ishlar olib borilgan. N.K.Krupskaya bolalar bog'chasida 
kattalar mehnati haqidagi g'oyalarni shakllantirish bo'yicha ishlarni tizimli ravishda 
olib borish kerakligini aytdi.
Kozlova bolalarning kasblar haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda vizual 
usullarning rolini ta'kidladi: illyustratsiyalarni ko'rish, filmlar ko'rsatish, namuna 
ko'rsatish. U maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi g'oyalarini 
kengaytirishda bosqichma-bosqichlik tamoyiliga amal qildi.
T.A.Markova va V.G.Nechayevalar ekskursiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular 
ekskursiyani maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi g'oyalarini 
shakllantirishning eng yaxshi usuli deb hisoblashgan. 


25 
MTT da bolalarni kasblar bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo'llar va metodlar 
orqali amalga oshiriladi. 
Birinchi yo'l - ekskursiya, mashg'ulot, maqsadli sayrlar orqali. Bunda kuzatish, 
kino va diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko'rgan va eshitgani 
to'g'risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari, tarbiyachining hikoya va 
tushuntirishi, didaktik o'yinlar kabi turli-tuman metodlardan foydalaniladi. 
Ikkinchi yo'l - mashg'ulot va mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda.Bunda gigiyenik 
va pedagogik jihatdan mumkin bo'lgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, yuvilgan 
kirlarni dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan o'yin, 
mashg'ulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash va boshqalar) bolalar oldida bajarish, 
kuzatish, ko'rsatib tushuntirish, suhbat, tarbiyachining so'zlab berishi va shunga 
o'xshash materiallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga 
o'xshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo’lar edi: kutubxonaga 
borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash, modalar atelyesiga borib kelgandan 
keyin qo'g'irchoqqa kiyim tikish va hokazolar. 
Uchinchi yo'l - bolalarning kattalar bilan birgalikdag mehnatlari. Bolalarning 
kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil bo'lishi mumkin (xona o'simliklarini 
yuvish, polizda ko'chat yoki urug'larni ekish uchun jo'yaklar tayyorlash, binoning 
ichini tozalash va h.k.). 
Shu o’rinda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirishda 
ota-onalarni ham ushbu ta’lim jarayoniga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Aksar 
xorij davlatlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda kasbga nisbatan 
qiziqishni shakllantirishda mashg’ulotlar jarayoniga bevosita ularning ota-onalari jalb 
qilinadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishni shakllantirishda
tarbiyachi har bir bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni shu 
kasbga yo’naltirishlari lozim. Bolalarning kelajakda qanday inson bo’lishlari va qaysi 
kasbni egallashlari aynan maktabgacha yosh davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Bizning 
masadimiz ham yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shadigan barkamol avlodni tarbiyalab 


26 
voyaga yetkazishdan iboratdir. Shu sababdan, maktabgacha yosh davridan bolalarni 
kasb tanlashga qiziqishni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish