KATTA GURUHLARIDA JISMONIY MASHG’ULOTLARINI
O’TKAZISH METODLARI.
Сhoriyeva Durdona Anvarovna
TDPU PhD., v.v.b., dotsenti,
Sobirova Muhayyo
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabasi
O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishi va uning istiqlol sari dadil
borishi
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy,
madaniy-ma`rifiy
sohalarni
yanada
takomillashtirishni taqozo etadi. Bu yo’lda sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, texnika,
iqtisod, ta`lim-tarbiya, jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa sohalarda chuqur
islohatlar olib borilmoqda. Ma`lumki, bu jarayonlarni hozirgi kun talablari asosida
tashkil qilish va boshqarish asosiy maqsad hisoblanadi.
Shu sababli mamlakatimizning mustaqilligini to’la ta`minlash, uning jahonda
taraqqiy etgan davlatlardan biri sifatida nufuzini xalqaro huquqlar asosida yuqori
ko’tarish kabi faoliyatlar nihoyatda muhim. Bu faoliyatlarni amalga oshirishda esa
mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Bunda
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Jismoniy tarbiya va sport
to’g’risida»gi, «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunlar, “Ilk qadam davlat dastiri”ning qabul
qilinishi alohida ahamiyatga molikdir.Aholining salomatligini mustahkamlab borish,
yoshlarning jismoniy va ma`naviy kamolotini oshirish, sog’lom avlod tarbiyasini
takomillashtirish masalalari kelajagi buyuk davlat qurishning muhim omillaridan
biridir.Turli yosh guruxlarida o`zaro bog`liq o`xshash mavzularni kiritilishi ularning
individual imkoniyatlariga muvofiq uygun rivojlanish va butun maktabgacha yosh
davrining turli guruxlarida bolalarni rivojlantirishda o`quv maqsadlari birligini va
uzluksizligini ta`minlash orqali ta`limiy maqsadga erishilishiga olib keladi.Ta`limiy
rivojlantirishda
maktabgacha
ta`lim
konseptsiyasiga
muvofiq
pedagog
L.S.Vigotskiyning quyidagi nazariyasiga tayaniladi: "Har qanday faoliyat turining
rivojlanishi quyidagicha bo`ladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, so`ng
tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil
faoliyati amalga oshiriladi".
232
Jismoniy mashqlar mashg’ulotlari katta guruhlarda haftasiga 2 ta mashg’ulot,
tayyorlov guruhlarida 3 ta mashg’ulot o’tkaziladi. Ular katta guruhlarda 20–25 minut,
tayyorlov guruhlarida esa 30-35 minut davom etadi. Tayyorlov guruhlarida uchinchi
mashg’ulot kunning ikkinchi yarmida, uyqudan so’ng o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarning mazmuni katta va tayyorlov guruhlarda bir tomondan ko’pgina
yangi, ancha murakkab mashqlar hisobiga, ikkinchi tomondan egallab olingan ayrim
malakalar beixtiyor amalga oshiriladigan harakatlar hisobiga murakkablashib boradi.
Asosiy harakatlar qoidasini va umumrivojlantiruvchi mashqlar qoidasini o’rganishni
chuqurlashtirish, ularni sifatini yaxshilash davom etadi.
Katta guruhlarda harakatlarni o’rganishning boshlanishidanoq odatdagi xatolarni
o’z vaqtida aytib o’tish mumkin. U guruh bolalar bilan har doim o’tkaziladigan,
amaliyotda ko’p qo’llanadigan aralash tipdagi mashg’ulotlardan tashqari mujassam
mashg’ulotlar keng o’rin egallay boshlaydi. Bunday mashg’ulotlarda tarbiyachi faqat
bir maqsadni ko’zlamasdan bir mashg’ulotda ikki va uchta maqsadni ko’zlashi
mumkin. Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga o’rgatish,
saflanish va qayta saflanishga o’rgatishni davom ettirish. Bu maqsadga erishish uchun
tarbiyachi jismoniy mashg’ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo’rligida turli
yurishlarga o’rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira, to’rtburchak, uchburchak)
saflanishlarni taklif etadi.
Bu yoshdagi bolalar bilan mashg’ulot o’tkazish jarayonida og’zaki, ko’rgazmali
va amaliy metodlardan keng foydalaniladi va bolalarni mashg’ulotlarda uyushtirish
metodlari frontal, guruhiy, individual, musobaqa metodlaridan foydalanadi.
Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga mashq va
o’yinlar o’tkazishning musobaqa metodi yaxshi yordam beradi. Endilikda bolalar
harakatli musobaqalarda komanda tarkibida jamoa bo’lib ishtirok etishni uddalaydigan
bo’lib qoladilar. Musobaqalar bolalarning harakat qobiliyatlari maksimal suratda
namoyon bo’lishiga yordam beradi, harakat malakasi va sifatlarining jadal suratda
takomillashuviga olib keladi. Ko’pincha tayyorlov guruhida turli o’yin-estafetalar
o’tkazilgan vaqtda mana shunday komanda bo’lib musobaqalashishga to’g’ri keladi.
233
Bolalarning yuksak darajadagi harakat faolligini ta'minlash uchun mashqlarini
bajarish vaqtida bolalarni uyushtirish metodlari xilma-xil bo’lishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bog’cha bolalari uchun jismoniy tarbiya
mashg’ulotlarida bilish faolligining o’sishi o’ziga xos xususiyatdir. Ular tarbiyachining
ko’rsatmalarini qiziqish bilan bajaradilar, mashqning bajarilishi va tuzilishiga oid
savollar beradilar, topshiriqni qayta ko’rsatib berishni so’raydilar, o’zlari mashqni qay
darajada bajarganliklarini aniqlab oladilar. Tarbiyachi bolalarning aqliy faolligini
uyg’otish maqsadida ularning bunday qiziqishlarini qo’llab quvvatlaydilar. Bolalar
endi o’z malakalarini takomillashtirish uchun mashqlar qanchalik katta ahamiyatga ega
ekanligini tushunadilar. Bu narsa shunga olib keladiki, bolalar ko’pincha o’zlari yaxshi
bajara olmayotgan harakatlarni mustaqil ravishda mashq qila boshlaydilar. O’z
harakatlarini va o’rtoqlarining harakatlarini baholashda tobora adolatli bo’la boradilar.
Tarbiyachi bolalarning bir-birlariga yordam berish to’g’risidagi istaklarini
rag’batlantiradi, ularga ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan topshiriqlar beradi (asbob-
uskunalarni tayyorlash, xonani yig’ishtirib qo’yish va shunga o’xshash).
Bolalar erkin harakat qilishni, harakatlarni ishonch bilan tez bajarishni yaxshi
ko’radilar. Bu bolalarning muayyan ravishda mashq ko’rganliklaridan hamda ulardagi
harakat sifatlari: kuch-g’ayrat, chaqqonlik va epchillikni hamda boshqa sifatlar ma'lum
darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Bu mahalda mazkur sifatlarni maxsus vositalar va metodlar bilan tarbiyalash
boshlanadi. Masalan, tezkorlikni rivojlantirish uchun kichik-kichik oraliqlar bilan
qisqa masofalarga tez yugurish bo’yicha musobaqa mashqlarini, kuch-quvvatni
rivojlantirish uchun qarshilikni yengish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashqlarni
(to’ldirma to’p bilan bajariladigan mashqlarni juft-jut bo’lib bajariladigan mashqlar va
boshqalar), chaqqonlik va epchillikni oshiruvchi mashqlarni va boshqa shu singari
mashqlarni takrorlash ko’zda tutilgan.
Harakatlar mashg’ulot davomida hohlagan paytda qilinishi va baholanishi
mumkin. Muhimi: ko’p vaqtni olmasligi va mashg’ulotlarning izchlligini
pasaytirmasligi kerak.
234
Izchllikni oshirish maqsadida bolalar mashqlarini tashkil etishning xilma-xil
metodlari, (uzluksiz, yoppasiga, smenali), bir xildagi jihozlarni ko’proq qo’llab,
mashqlarni bajarish ma'quldir. Bolalar yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsalar, yil
oxiriga kelib, ularni 2-3 guruhchalarga bo’lib mashg’ulot o’tkazish imkoni vujudga
keladi, bunda har bir guruh o’z topshirig’ini bajaradi. Guruhlarga bo’lib topshiriq
berish metodi tez-tez qo’llanilishi kerak emas, chunki katta guruh bolalari mustaqil
ishlashga hali yetarli tayyor bo’lmaydilar. Tarbiyachi murakkab yoki yangi topshiriqni
bajarayotgan guruh bilan birga bo’ladi. Boshqa guruh o’zlariga tanish topshiriqni
tarbiyachi tayinlagan bola rahbarligida takrorlaydi. Guruhda harakatlanish
topshiriqlarining qulaylik bilan birgalikda bajarilishini nazarda tutish muhimdir.
Bolalar hammalari yoki bir vaqtda yoki navbatma-navbat bilan harakat qilishlari kerak.
Ma'lum harakatlarni mustahkamlash uchun ko’pincha har xil xususiyatlarga ega
bir necha harakatli topshiriqlar ketma-ket bajariladi. Bir jihozdan ikkinchi jihozga
o’tishda bolalar navbat bilan ko’rsatilgan harakatlarni bajaradilar: Xaltachani boshga
qo’yib gimnastika skameykasidan yurib o’tadilar, so’ngra xaltachani arqondan oshirib
tashlaydilar, uning tagidan emaklab o’tadilar, xaltachani oladilar, uni kaftlar ustiga
qo’yib ikki oyoqda sakraydilar, gimnastika skameykasi oldiga kelib, dastlabki holatda
turadilar.
Harakatlarning bolalar tomonidan baholanishi borgan sari mukammal va asosli
xususiyat kasb etib boradi. Bola harakatlarning natijasigagina emas, balki uning
go’zalligi va ifodaliligi ham harakatning sifatli bajarilishiga bog’liqligini tushuna
boshlaydi. Mashqni qanday bajargani bola uchun muhim bo’lib qoladi. Bolalarning
mashqlarni bajarish vaqtidagi o’z-o’zini nazorat qilishlari ham ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |