Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA 
RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHNING ILMIY 
PEDAGOGIK ASOSLARI. 
 
Nasimova Nasiba Qurbon qizi 
Buxoro davlat universiteti, 
Urunova Dilafruz 
2-kurs magistranti 
Bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga 
bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Maktabgacha 
ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, 
rivojlangan, mustaqil shaxs qilib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, 
tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida 
bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 
shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan 
sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Ta’lim-tarbiya tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning muammolariga 
nisbatan tarbiyachilarning munosabatlari asosan oddiy, vaziyatli xarakterga ega. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari aksariyat hollarda, bolalarning 
tashqaridan namoyon bo‘lgan hatti-harakatlari va bajargan ishlariga juda oddiy tezkor 
ko‘mak tarzida yordamlashish bilan cheklanadilar. Bu jarayonda ularni intellektual 
jihatdan rivojlantirishga deyarli e’tibor qaratmaydilar. To‘polonchi, intizomsiz 
bolalarni jazolash, ota-onalariga ular haqida shikoyat qilish orqali ularning hatti-
harakatlarini tuzatishga umid bog‘laydilar.Tarbiyachilarning bunday faoliyati bir 
yoqlama xarakterga ega bo‘lib, bolalarning intellektual rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. 
Albatta, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ko‘maklashishi, ularni qo‘llab-quvvatlash 
mayllari ijobiy, samimiy, pedagogik jihatdan asoslangan bo‘lib, u bolaning hayoti, 


357 
intellektual taraqqiyoti, sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularda o‘zaro muloqot 
ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrof-muhit haqida tasavvur hosil qilishga yo‘llash, uni 
inson sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa-da, mazkur jarayonda ular ko‘pincha 
buyurish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish usulidan foydalanadilar. Buning natijasida, murg‘ak 
bolada qo‘pollik, bo‘ysinmaslik yoki yalqovlik kabi salbiy xususiyatlar juda erta 
paydo bo‘ladi.
Bunday yordam bolaning harakatlariga noo‘rin aralashish, uning ishlariga 
to‘sqinlik qilish tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi 
orasidagi hamkorlikka putur etadi va ko‘rsatilgan pedagogik yordam va qo‘llab-
quvvatlov hech qanday samara bermaydi.Bolaning hissiyotlarini qo‘zg‘atish, ichki 
ziddiyatlar natijasida hosil bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni tarbiyachilar tomonidan 
sun’iy tarzda, zo‘ravonlik bilan bartaraf etish hollari keng tarqalgan. Bunday vaziyatda 
bola tarbiyasidan himoyalanishga intilib, natijada ular o‘ziga xosligi, betakrorligini 
namoyon qila olmaydi. O‘zligini pinhon tutadi va vujudga kelgan vaziyatga osongina 
moslashadi. Shu sababdan bola shaxsiga yo‘naltirilgan pedagogik tizim uni tashqi 
jihatdan namoyon bo‘lishiga ko‘maklashish bilan chegaralanib qo‘lmasdan, bolaning 
ichki mayllari, ehtiyojlarini hisobga olishga oid pedagogik ko‘rsatmalarga tayangan 
holda tashkil etilishi lozim. Bu jarayonda tarbiyachining vazifasi bolaning shaxsiy 
imkoniyatlari, o‘zligi, ichki “men”ini namoyon etishga xizmat qiladigan vosita va 
usullarni qo‘llashdan iboratdir. Buning uchun ular o‘zlariga ma’lumdek tuyulgan 
haqiqatlar bilan bola ruhiyatiga ozor bermay, tarbiyalanuvchilar intellektual 
rivojlanishlarida duch keladigan muammolarni aniqlay olishlari lozim.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tushunchasining asosiy mazmun-mohiyatini 
ifodalovchi tayanch iboralardan biri “bolalar muammolaridir”. Bugungi kunda 
maktabgacha ta’lim jarayoni oldiga barkamol shaxsning shakllanishi uchun poydevor 
hosil qilish vazifasi turibdi. Buning uchun yaqin o‘tmishda foydalanilgan an’anaviy 
o‘lchovlardan qutulish taqozo qilinmoqda. “Har bir bola o‘zini jamiyatda erkin his 
etishi va mikrosotsiumda munosib o‘rin topishi uchun nimalarga e’tibor qaratish 
lozim?” – degan savollarga javob topish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim 
vazifalaridandir. Har bir bolani maktabgacha ta’lim bosqichidan boshlab, pedagogik 


358 
qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish, ularning o‘ychan nigohlariga 
e’tiborsiz bo‘lmaslik, ko‘makka muhtoj bolalarni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish, 
ularning o‘zlarini namoyon qila olishlariga ko‘maklashish echimini kutayotgan muhim 
masalalardandir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida bolaning individual muammolarini 
bevosita va bilvosita hal etishga qaratilgan individual va guruhli ishlar tashkil etilishi, 
ular muammolarni bartaraf qilishga qaratilishi va tezkorlik xarakteriga ega bo‘lishi 
lozim. Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda 
barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l kuymaslik, hamma 
xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni 
do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik 
qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning 
hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish