Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


PEDAGOGNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI VA PEDAGOG



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

PEDAGOGNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI VA PEDAGOG 
IMIDJI 
Imamova Nilufar
 TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti o`qituvchisi, 
Norbekova R
. “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi talabasi 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi kunda 
ta’lim tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta’lim-tarbiyaga qaratilgan 
masalalardan hisoblanadi. Pedagoglarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib 
borishi hamda, o‘quv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etish 
uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda, ijtimoiy tajribalarga asosan 
ish olib borish lozimdir. Pedagogika atamasi ham qadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” 
degan ma’noni bildiradi. Qadimgi Gretsiyada o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr 
qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (bola yetaklovchi) deb 
atashgan. Bundan keyin esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan 
kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. Pedagogikaning bosh masalasi bu - tarbiya. 
Tarbiya - shaxsni muayyan yo’nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli 
odamlarning bir biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir. Insonni tarbiyasi 
haqidagi g‘oyalar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda aks etgan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib, boyib borishida Sharq va G‘arb qomusiy olim-
pedagoglarining o‘rni kattadir. Faylasuf Forobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri» 
asarida tarbiya orqali insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab berdi. A.Avloniyning 
”Turkiy Guliston yoxud ahloq” asarida tarbiya oid: “Tarbiya biz uchun hayot - mamot,
najot - haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir” haqiqiy tarbiyaning ildizlarini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Pedagoglik kasbi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, pedagog yosh 
qalblar kamolotining me’moridir. Bugun u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan 
chiniqtirib, tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyoti, qonuniyatlarini o‘rgatar ekan, avvalo, 
u yosh avlodni kelajak mehnat faoliyatiga tayyorlashi, kasb – hunar egallashlariga 
ko‘maklashishi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy – iqtisodiy vazifani hal 
etishga chog‘lamog‘i darkor. Ana shu ma’suliyat pedagogdan o‘z kasbining moxir 
ustasi bo‘lishni, o‘quvchi - yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, 


321 
qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama 
rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. 
Buning uchun pedagogik mahorat fani pedagogdan doimo kasbiy mahorati ustida 
izlanish uchun, unga turli shart – sharoitlar yaratishi, kerakli moddiy va ilmiy – 
metodik yordam ko‘rsatishi hamda pedagogning ijodiy tashabbuskorligini oshirishiga 
ko‘maklashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslarda tashkil etish, o‘quvchilar 
faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida pedagogik jarayonlarning 
sifat va samaradorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarga asoslanadigan, 
yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, o‘zini-o‘zi va o‘z faoliyatini o‘zi tahlil qiladigan 
va obyektiv baholay oladigan, boy falsafiy va ma’naviy dunyoqarashga, psixologik-
pedagogik va tashkiliy texnologik salohiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, axborotlar 
to‘plash, tahlil qilish, obyektiv baholash, qayta ishlash va axborotlar almashinish, 
pedagogik jarayonlarda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarda ta’lim oluvchilar 
faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlar 
samaradorligiga va o‘quvchilar faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni oldindan 
aniqlash asosida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oldindan ko‘rish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan hamda ta’lim - tarbiya jarayoni subyektlari faoliyatini 
ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, muvofiqlashtirish, faolligini ta’minlash 
yo‘nalishida zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan pedagogni 
kompetentli pedagog deyishimiz mumkin.
Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda 
tutiladi. Pedagogning tashqi ko‘rinishi “pedagogning imidji”ga albatta mos bo‘lishi 
lozim. Shuningdek, tarbiyachining qiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon 
boladi. Tarbiyachi har qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim 
va latofatli kiyinishi kerak. Bolalar pedagogini, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani, 
nafis pardoziga qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi 
mehrga qaraydilar. Agar pedagogning ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u 
qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. 
Shu sababli pedagogning istarasi issiq bo‘lishi ham zarur. Pedagog hamisha darsga 
ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, 


322 
adabiy tilda, chiroyli muomalada so‘zlashi lozim. Pedagog chiroyli gapira olishi, ya’ni 
notiqlik san’atini ham egallagan bo‘lishi lozim. Aslida, har qanday insonga ham 
kiyinishiga, ko’rinishiga va gapirishiga qarab baho beramiz. Shuning uchun shu uchta 
belgi insonlar to‘g‘risida xulosa chiqarishning birlamchi belgilari hisoblanadi. 
To‘rtinchidan, pedagog o‘z kasbini sevishi, mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega 
bo‘lishi kerak. Beshinchidan, darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib 
tushuntira olishi kerak. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogdan juda ko‘p 
kasbiy va insoniylik hislatlari talab etiladi. Shu sababli pedagog o‘z ustida tinimsiz va 
muttasil ishlashi, o‘zini isloh etib borishi, bilimi va hulqini doimiy takomillashtirib 
borishi zarur.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish