O`quvchilar test javoblarini quyidagi titul varaqlariga belgilaydilar.
Testlarni tekshirishda vaqtni tejash uchun yangi innovatsion ta`lim
texnologiyalaridan foydalanamiz. Buning uchun android telefonga maxsus
Zip
grade
programmasini o`rnatib foydalanamiz. Programma titulni rasmga tushiradi
va guruhlarning natijalarini chiqaramiz.
Natijalar aniqlanadi va gruhlarga yulduzchalari qo`yiladi.
Test javoblari aniqlangandan keyin guruhlarga masalalar tarqatiladi.
III. Yangi mavzu bayon etiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta guruhga 1 tadan blits savollar
tarqatiladi guruh a`zolari savollarga javob beradi.
O`quvchilarga yangi mavzu bo`yich klasterlar tarqatiladi. O`quvchilar
klasterlarni to`ldirishadi.
Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi doskaga chiqib masala ishlaydi.
V. O`quvchilarni baholash
.
MIKROSKOP
UPA
FOOAP
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
334
Yangi mavzuga tegishli xulosalar chiqariladi. G`olib guruh e`lon qilinadi. Dars
davomida faol ishtrok etgan o`quvchilar e`lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa
. Mavzuni o`qish. 28- mashq 3-4-5-masalalarini ishlash.
ТА’LIMDA INNOVATSION AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING
O‘RNI VA ULARNI QO‘LLASH
Ergashev J.
NamDU magistranti
Ta’lim jarayonini tashkil etish turli innovatsion axborot texnologiyalari va
zamonaviy pedagogik texnalogiyalar bilan amalga oshiriladi. Ta’limda innovatsion
axborot texnologiyalarining roli kun sayin ortib bormoqda. Bu esa, dunyoning
deyarli barcha davlatlarida hukum surayotgan COVID 2019 kasalligi karantin
davrida juda sezildi. Ta’limni masofaviy davom etkazish, o`quvchilarni sifatili
ta’lim bilan ta’minlash bevosita zamonaviy axborot texnologiyalarga ehtiyoj
tug’durdi. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning
imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan
turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan
foydalangan holda ta’lim olish mumkin ekanligini barcha birdek bilishdi.
Televideniyada namoyish etib borilayotgan Online darslar, Zoom dasturida olib
borilayotgan Online seminar, brifing va webinarlar innovatsion axborot
texnologiyalarining imkonyatlarini yana bir karra namoyon qildi. Zero an’anaviy
ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish
texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib
kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil
etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish
jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
335
bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy
ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan
telekommunikatsiya vositalaridir.
Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini
ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash
va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator
dolzarb ishlar olib borilmoqda. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi
bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi
ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.
Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi.
Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv
jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi.
Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari
-
Yashash joyidan turib o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
-
Malakali, maxoratli pedagoglardan ta`lim olish.
-
Sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqat
qilishi mumkin.
-
Baholashning xolisligi — masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining
doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan holi bo‘lgan xolis
avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni
ko‘zda tutadi.
-
Ta’limda individual yondashuv, o‘zlashtirilayotgan materialni, ma’lumotni
individual o‘zlashtirish.
-
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot
— ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda
zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan
oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati
va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga
o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
336
tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning
kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay
darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot
yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va
takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy
etish zaruratini belgilab bermoqda.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab
etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi
mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq?
Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda
innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya»,
«interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar
to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarida o‘rgatish
samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy
maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi
innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish,
xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagogik
innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim
jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga
oshirishni talab etadi
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyasini
yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchilar kelajakda
o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va
albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |