Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana11.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#347509
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
xulq-atvorda shaxs manaviyatining namoyon bolishi

mas’uliyat

  hissi  ham  o’sib  borishi  nazarda 

tutiladi.  Mana  shu  yerdan  islom  ma’naviyatida  islomiy  va  insoniy  axloqning 

uyg’unlashuvi boshlanadi.  

Ma’naviyat,  birinchi  navbatda,  har  bir  insonning  o’zgalar  bilan 

munosabatida,  ya’ni  uning  axloqida  namoyon  bo’ladi.  Agar  bir  kishi  o’zini 

mo’min-musulmon  deb  hisoblasa-yu,  na  Alloh  buyurgan  ibodatlarga  amal 



15 

 

qilmasa, na o’zga insonlarga ozor yetkazishini qo’ymasa, na halol-haromning 



farqiga  bormasa,  yolg’ondan,  g’iybatdan,  to’hmatdan,  Alloh  harom  qilgan 

narsalardan  qaytmasa,  sabrni,  shukrni,  hayoni  bilmasa,  u  qanday  musulmon 

bo’ldi?      SHunday  qilib,  islom  axloqiga  rioya  qilmagan  kishining  ma’naviy 

qiyofasi ham nihoyatda g’arib bo’lishi tabiiydir. 

Islomiy  axloqning  o’zak  timsol-tushunchalari  bu  sohaga  oid  ko’plab 

kitoblarda bayon qilingan. Ular ichida eng mo’’tabar manba’ Rasululloh (sav) 

hadislaridir. Agar Qur’oni karim birinchi navbatda islom ma’naviyatidan xabar 

bersa,  Hadisi  shariflar  asosan  islom  axloqiga  bag’ishlangandir,  deyish 

mumkin. 1996 yili Toshkentda nashr etilgan Imom Buxoriyning 

“Al-jome’ as-

sahih”

  kitobi  tarjimasi  2-jildi  oxirida  bir  ilova  berilgan.  Unda  “



Matla’  ul-

ulum

” va “


Durrat ul-voizin

” asarlariga tayangan holda asl mo’minlarga xos bir 

qator  axloqiy  fazilatlar  qisqacha  izohlari  bilan  sanab  o’tilgan.  Biz  quyida 

ushbu matnga ba’zi  qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish bilan islom axloqining 

o’zak  timsol-tushunchalarini muayyan axloqiy tizim shaklida qisqacha izohlab 

o’tamiz. 

Islom  axloqining  bosh    timsol-tushunchasi 

“Taqvo”

    bo’lib, 



“Allohdan 

qo’rqish”,  “Alloh  g’azabidan  saqlanishga  urinish”

  ma’nolarida  talqin 

qilinadi

4

.  Allohning  g’azabidan  saqlanish    esa  gunohlardan  tiyilish  bilan 



bo’ladi.  Bu  haqdagi  Qur’oni  karim  oyatlari  va  Rasululloh  (sav)  hadislari 

mazmunidan  kelib  chiqadigan  bo’lsak, 



taqvo 

  birovning  haqqiga  xiyonat 

qilishdan  qo’rqish,  bilib-bilmay  insonlar  ko’nglini  ranjitishdan  qo’rqish, 

yaramas  xulqlardan  o’zini  ehtiyot  qilish,  harom  luqmadan  xalqumini  toza 

tutish,  yolg’ondan,  g’iybatdan,  to’hmatdan,  bekorchi  valaqlashdan  tilini 

saqlash,  ko’zini,  qulog’ini  fahshdan  ehtiyot  qilish,  qo’lini  nojo’ya  ishdan, 

oyog’ini nomaqbul qadamdan tiyishdir.   

                                                           

             

4

  Bizning  nazarimizda,  taqvoni  “Allohdan  qo’rqish”  deb  talqin  qilinishi  taqlidiy  imon 



egalariga,  ya’ni  islomiy  ilmni  chuqur  egallamagan,  hanuz  ma’naviy  barkamollikdan  uzoq  bo’lgan 

insonlar  ongiga  muvofiq  sodda  qilib  aytilgan  gap  bo’lib,  aslida  insoniylik  qoidalarini  buzishdan 

qo’rqish,  g’ayri  ma’naviy  xatti-harakatlarga  yo’l  qo’yishdan  qo’rqish  ma’nosida  tushunsak  ayni 

“Allohdan qo’rqish”ning tub ma’nosi ayon bo’ladi. 




16 

 

Islom  axloqiga  oid  yana  bir  muhim    timsol-tushuncha 





Sidq” 

bo’lib,

  

insondagi 



“rostgo’ylik”,  “halollik”,  “ahdiga  sodiqlik” 

xislatlarini  ifodalab 

keladi.  Hadisda  “

Ishonchsiz  kishining  dini  yo’qdir

”  deyiladi.  Insonda 

samimiyat  bo’lmasa,  hayotida  yolg’on  bilan  rostni,  halol  bilan  haromni 

aralashtirib  yuborishdan  qo’rqmasa,  ahdiga  vafosi  bo’lmasa,  unday  kishi  bu 

dunyoda  tez  kunda  odamlarning  nazaridan  qoladi,  Alloh  ham  unga  rahmat 

nazari bilan boqmaydi.   




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish