Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


AQLI ZAIF BOLALARDA FAZONI SUBEKTIV RAVISHDA HIS



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

AQLI ZAIF BOLALARDA FAZONI SUBEKTIV RAVISHDA HIS 
QILISHI VA FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH. 
N. Abidova TDPU o„qituvchisi, 
Q. Payzieva TDPU talabasi
 
Aqli zaif bolalarda vaqtni ongli ravishda idrok etishi fazoni idrok qilishi 
rivojlanishiga qaraganda kechroq va qiyinroq rivojlanganligi tufayli, ushbu bolalar 
bilan olib boriladigan korreksion ishni fazoviy tasavvurlarni elementar 
bosqichlaridan, shu qatorda vaqtga yo‘nalganligini rivojlantirishdan boshlash lozim. 
Korreksion o‘quv jarayonini o‘rganilgan mavzularni ko‘p bor takrorlagan holda 
tizimli ravishda o‘tilganlarni nutq materialida mustahkamlagan holda tashqil etish 
kerak. 
Fazoviy mo‘ljal olishning his qilish asosini shakllantirishda mushak-bo‘g‘im 
apparatidan keladigan signallar muhim rol o'ynaydi. Yetakchi qo‘ldan kelayotgan 
signallar atrof- fazoga ma‘lum bir nomo‘tanosiblikni beradi. Aqli zaif bolalarda 
harakatlarni noaniq tashkil etilishi fazoda mo‘ljal olishni rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiladi. Shuning uchun korreksion ishning birinchi galdagi vazifalaridan biri sezish va 
harakat tajribasini shuningdek, predmetli harakat faoliyati tajribasini boyitish va 
shular asosida bolani o‘rab turgan atrof- muhit va o‘z tana tuzilishi haqidagi 
tushunchalarini boyitish lozim. Bolalarda fazoviy-vaqt tasavvurlarni rivojlantirishni 
bir necha bosqichga bo‗lish mumkin: 
- Somatognostik, taktil va kinestetik jarayonlarni rivojlantirish. 
Maqsad: Bolaning sezish va harakat tajribasini boyitish. 
Vazifasi: -tana qismlarining turli nomlari va joylashuvini aniqlash;
Butun tana qismi ishtirok etadigan holat va qo‘l holatlarini mustaqil ko‘rsatib 
berish va qaytarishga o‘rgatish; 
- Barmoq bilan kaftga, orqaga yozilgan son, harf va shakllarni aniqlash 
ko‘nikmasini rivojlantirish; 
-Turli shakl va yuzaga ega bo‘lgan predmetlarni ajrata olish qobiliyatini 
shakllantirish. 
Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarni rivojlantirishdan oldin bolaning umumiy 
muskul tonuslarini mo‘tadillashtirish, muskul qisishini va patologik rigid qurilmasini 
bartaraf etish lozim. Ushbu ishning to‘liq tavsifi B. A. Arxipovva A.V. Semenovich 
tomonidan keltirilgan. Shundan so‘ng uch o‘lchamli fazoda bolaning turli tana bilan 
bo‘lgan o‘zaro aloqa tajribasiga asoslangan mashqlarni ishlatish mumkin va 
keyinchalik bola o‘z tanasi yordamida bularni qaytadan o‘rganadi. Somatognostik, 
taktil va kinestetik jarayonlarni rivojlantirish boyicha ish turlari A.V. Semenovich 
tomonidan keltirilgan. Ular turli taktil sezgilarni aniqlash, tana holatini tashkil etish 
va takrorlash hamda tana qismlarini ko‘rsatish va nomlashni o‘z ichiga oladi. 
Didaktik o‗yin va topshiriqlar. 
- Boladan avval o‘zining tanasida, so‘ngra boshqalarning tana qismlarini 
ko‘rsatishini so‘rash. 


49 
- Pedagog bolani biror bir tana qismini ushlaydi va bolani ko‘zi yumiq holatda 
ushbu tana qismini endi o‘zida ko‘rsatishini, ko‘zini ochib pedagogda ko‘rsatishini va 
nomlashini so‘raydi. 
- Pedagog o‘zining tana qismini ushlab ko‘rsatadi va boladan ushbu tana qismini 
o‘zida ko‘rsatishini so‘raydi. 
- Pedagog ortidan butun tana ishtirok etadigan holat va qo‘l holatlarini 
takrorlash. ―Oyna‖ oyini. 
- Mustaqil ravishda o‘zi holatlar ko‘rsatish yoki tanasi yordamida turli shakllar, 
harf va sonlarni ko‘rsatish. 
- Bolaga pedagog barmog‘i yordamida orqasi kaftiga chizgan shakl, harf va 
sonni toppish taklif etiladi. Bola ushbu shaklni topib, qog‘ozga chizishi yoki 
nomlashi kerak bo‘ladi. 
- Bolalarga turli yuzaga ega bo‘lgan predmetlarni ko‘rsatish, nomlash va ushlatib 
ko‘rish (tekis, dag‘al, qirrali, yumshoq, uchli). So‘ngra boladan ko‘zi yumilgan 
holatda huddi shunday yuzaga ega predmetni topish so‘raladi. 
Sekinlik bilan olgan taasurotlarini og‘zaki nutqida ifodlashiga erishish maqsadga 
muvofiq. Barcha topshiriqlar ikkita rejada ishlab chiqilishi lozim: pedagog nutqi bilan 
olib boriladigan harakatlar (tushunishi mustahkamlanadi) va bolaning o‗zi tomonidan 
aytib bajariladigan harakatlar 
Fazoda mo‘ljal olishni rivojlantirish. 
Maqsad: o‘rab turgan fazo xususiyatlari va fazodagi o‘z pozitsiyasini ongli idrok 
etishini rivojlantirish. 
Vazifalari: o‘z tanasidan o‘rab turgan fazoni o‘rganish uchun namuna sifatida 
foydalanish qobiliyatini mustahkamlash; 
Ob‘ektlarni o‘z tanasiga nisbatan to‘g‘rilashga o‘rgatish, o‘g‘il bolalarni 
ro‘parasida turgan odamning tana tuzilishi bilan tanishtirish. 
Obektlarni fazoda bir biriga nisbatan to‘g‘rilash tajribasini ishlab chiqish. 
Aqli zaif bolada tashqi fazoni o‘zlashtirish uchun ishni uni oldida, orqasida, 
tepasida, pastida, o‘ngda, chapda nima joylashganini anglab еtishidan boshlash kerak. 
O‘quvchilarda o‘ziga nisbatan fazoda mo‘ljal olish malakasi ishlab chiqilgandan 
so‘ng boshqa obektlarni bir biriga nisbatan va boshqa obektlarni o‘ziga nisbatan 
mo‘ljal olishga o‘tish maqsadga muvofiq. Bu bolani o‘rab turgan predmetlarni o‘zaro 
joylashuvini to‘g‘rilashga va ularni so‘z ko‘rsatmasi orqali o‗zgartirishga o‘rgatishni 
ko‘zda to‘tadi. 
Bola har xil figuralarni bir muncha yasay oladi. Masalan aylana uning oldida, 
kvadrat esa uning orqasida, chap tomonida esa uchburchak, o‘ng tomonida esa 
to‘g‘ri to‘rtburchak turibdi. So‘ng uni qayerda turganligini aytib beradi. Bola xuddi 
shunday figuralarni yana yig‘adi. Faqat ular odam tanasining qaysi tomonida 
joylashganini aytishi lozim. Ikkita bola bir-birlariga qarama qarshi qilib qoyiladi. Bir 
bola nima qilishini oylab turadi va qarshisidagi sherigidan harakatni to‘g‘ri 
bajarilayotganligini diqqatlik bilan tekshirilishini so‘raydi. Masalan; birinchi chap 
qo‘lingni yuqoriga ko‘tar va boshqa. Bundan so‘ng bolalar rollari bilan 
almashinishadi. Ikki bola bir-biriga qarama-qarshi turibdi. Ulardan biri biror bir ish 


50 
harakatni ko‘rsatib turadi, boshqasi esa uni bajarib turadi. Masalan; sen hozir chap 
qo‘ling bilan o‘ng qulog‘ingni ushlading, keyin esa buni boshqa bola takrorladi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish