215
abstrakt xarakterda bo‗lishi ko‗rsatma vositalarini, o‗qitishning faol usullarini to‗g‗ri
tanlashni, mashg‗ulot davomida bola faoliyatining turli-tuman bo‗lishini, bolalarga
yakka tartibda va tabaqalashtirib yondashishni talab etadi.
Mashg‗ulotni o‗tkazishga tayyorgarlik ko‗rishda avvalo mashg‗ulotning
asosiy
maqsadlarini oydinlashtirib olish muhim.
Mashg‗ulot maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning to‗g‗ri yo‗llarini
topishda mashg‗ulotning ta‘limiy, tarbiyaviy va korreksion vazifalarini, aqli zaif
bolaning ifodaviy soha sferasini, hissiyotini bilishga oid qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi vazifalarni aniqlashga yordam beradi.
Mashg‗ulotning maqsad va vazifalari belgilab olingandan keyin defektolog
mashg‗ulotda bajariladigan ishlar mazmunini aniqlashga kirishadi.
Mashg‗ulot mazmunini aniqlashda defektolog quyidagi
talablarga rioya qilishi
kerak:
1. Mashg‗ulotning mazmuni dasturga mos bo‗lishi lozim.
2. Har bir mashg‗ulot aniq mavzuni va maqsadni ko‗zda tutib tuzilgan bo‗lishi
kerak. O‗quv maqsadi qatorida matematika mashg‗ulotlarida korreksion-tarbiyaviy
maqsad ham kiritiladi.
3. O‗quv materiali mazmuni o‗tilayotgan mavzu talablarga javob berishi,
mashg‗ulotning maqsadiga mos kelishi, bolalarga tushunarli, ilmiy va hayot bilan
bog‗lik bo‗lishi lozim.
4. Matematika mashg‗ulotlarida ish uslubiyati va
usullari bolalarning yosh
xususiyatlariga javob bera olishi, ularning bilish faoliyatini tuzatish va rivojlantirishi,
aqliy va amaliy taxlil va sintez qilishi, umumlashtirish faoliyatlarini shaklantirishga
qaratilgan bo‗lishi kerak.
5. Mashg‗ulot uchun zarur ko‗rgazmali qurollar va didaktik materiallar bilan
ta‘minlangan bo‗lishi lozim.
6. Har bir matematika mashg‗uloti tashkiliy aniqligi bilan ajralib turishi, ya‘ni
mashg‗ulotning har bir qismi aniq maqsadga ega bo‗lishi va unga bo‗ysinishi,
mashg‗ulotni puxta rejalashtirish va har bir bosqichlari orasida vaqtni to‗g‗ri
taqsimlash kerak.
7. Matematika mashg‗ulotlarida har bir darsda o‗tilganlarni takrorlash, ya‘ni
uzluksiz takrorlash tamoyiliga amal qilish kerak.
8. Har bir mashg‗ulotda defektolog bolaning nutqini o‗stirishi, so‗z
boyligini
yangi matematik atamalar, iboralar bilan boyitishi, mustaqil nutqni shakllantirishga
ahamiyat berib borishi lozim.
9. Matematika mashg‗ulotlari boshqa barcha mashg‗ulotlar bilan bog‗lab olib
borilishi kerak.
10. Matematika mashg‗ulotlari amaliy yo‗nalgan bo‗lishi, aqli zaif bolalarning
ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiya masalalarini hal qila olishi kerak.
11. Butun matematika o‗qitish taqqoslash asosida ko‗riladi. Takqoslash asosida
bolalarda juft, butun va qism,
uzun-qisqa, chapga-o‗ngga kabi qarama-qarshi
tushunchalar shakllanadi. Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib,
sekin-asta murakkablashtirib borish muhim.
12. Matematik mashg‗ulotlarida himoyalovchi rejim talablari amalga oshirilishi
kerak. Mashg‗ulotda ish faoliyatining bir turi ikkinchi turi bilan almashib turilishi,
216
jismoniy daqiqalar o‗tkazilishi, o‗quv materiali aqli zaif bolalarning ruhiy va
jismoniy holatlarini, ishlash qobiliyatlarini va tez charchashlarini hisobga olgan holda
olib borilishi kerak.
Maxsus maktabgacha tarbiya pedagogikasining asosiy
vazifasi aqli zaif bolalar
bilan korreksion-tarbiyaviy ishlar tizimi ustida ish olib borishdir. Korreksion
tarbiyaviy ishlar mazmuniga ruhiy va jismoniy rivojlanish nuqsoni bor bolalarning
psixikasidagi turli еtishmovchiliklarni tuzatish, ya‘ni ularni aqliy rivojlantirish
ularning bilish faoliyatini tuzatish, ularning tafakkurini o‗stirishdan iborat.
Ularni
yordamchi maktabda matematika darslariga tayyorlashdir.
Meyorda rivojlanayotgan maktabgacha yoshidagi bolalardan farqli ruhiy va
jismoniy rivojlanishda nuqsoni bor bola xulq atvor normalarini mustaqil egallay
olmaydi. Shu sababli bu bolalarning ruhiy rivojlanishi ularni o‗qitish va tarbiyalashga
bog‗liq. Matematika mashg‗ulotlarida sensor madaniyatni tarbiyalash muhimdir.
Sensor rivojlantirish bu predmetlarning tashqi ko‗rinishi, rangi, uzunligi, shakli,
fazoda joylashishi, hid va mazasini bilish demakdir. Sensor rivojlanish bir tomondan
umumiy aqliy rivojlanishga fundament bo‗lsa, ikkinchi tomondan mustaqil
ahamiyatga ega, chunki mukammal tasavvur bolaning ba‘zida, maktabda yaxshi
o‗qishiga va boshqa ko‗pdan-ko‗p mehnat turlarini o‗zlashtirishiga zamin yaratadi.
Bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy vazifasi
matematikadan faktik
bilimlar, ko‗nikma va malakalar tizimini to‗plash va ularni o‗zlashtirish uchun
(masalan, son, shakl, miqdor haqida bilimlar, qo‗shish va ayirishga doir masalalar
еchish malakalari va boshqalar) sharoitlar yaratishdangina emas, balki bu bilimlarni
o‗zlashtirishga tayyorlashdan ham iboratdir. Eng avvalo bola shaxsini maqsadga
yo‗naltirilgan tarzda rivojlantirish zarur.
Bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirishda asosiy ish analiz-sintez,
taqqoslash,
umumlashtirish, klassifikatsiyalash kabi aqliy operatsiyalarni bajarish
malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‗lishi kerak. Bu ish bolalarning matematik
nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan, bundan keyin muvaffaqiyatli
o‗qishi uchun zarur bo‗ladigan faol so‗z boyligini to‗plash bilan uzluksiz bog‗liq
ravishda amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: