213
rivojlantirishning ustuvor yо‗nalishlari‖, - deb nomlanib, uning 4.4 bandi ta‘lim
va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan. Ana shu bandda maktabgacha ta‘lim
muassasalari tarmog‗ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik
va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan
yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va
uning qulayligini ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning
malaka darajasini
yuksaltirish masalasiga alohida tо‗xtalib о‗tilgan
50
.
Shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda
maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari tо‗g‗risidagi
qarori pedagoglar oldiga katta vazifalarni yuklaydi.
Mamlakatimizda rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarning sog‗lom teng
qurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari, aqliy, ma‘naviy-ahloqiy, jismoniy
jihatdan kamol topishlari, jamiyatda, ijtimoiy hayotda о‗z о‗rinlarini
topish
masalalariga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda.
Ichki dunyosi, ma‘anaviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob-axloqi,
madaniyati uning tili orqali namoyon bo‗ladi. Chunki har qanday kishining
madaniyatliligi, odobi,
bilim darajasi, faxm-farosati, fikrlash doirasining kengligi
yoki torligi, katta hayotga tayyor yoki tayyor emasligi nutqida o‗z aksini topadi.
Kimning tili boy bo‗lsa, kim so‗zlarni adabiy til asosida to‗g‗ri, aniq, ravon, ifodali
va tushunarli talaffuz qilsa, o‗z ona tiliga chuqur hurmat va ehtirom bilan qarasa, u
bilimli sanalib, kishilar orasida obro‗-e‘tibor qozonadi.
Yoshlikdan badiiy adabiyotga mehr qo‗yish, uni o‗qishga ko‗nikma hosil qilish
va ko‗p o‗qish va o‗z fikrlarini kerakli joyda to‗g‗ri ayta bilishi yuksak
ma‘naviyatlikni, boy, go‗zal, ta‘sirchan tilga ega bo‗lishni ta‘minlaydi.
Kishi dunyoga mukammal inson bo‗lib kelmaydi. U tug‗iliboq ertak yoki
dostonlardagi qahramonlardek aqlli, dono, bilimdon bo‗lib qolmaydi.
Inson tevarak
atrofdagi narsa va hodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go‗zal qo‗ynida, hayvonot
dunyosi, parranda-yu hashoratlar, turli-tuman voqea-hodisalar qurshovida, ular bilan
muloqotda bo‗ladi, o‗sib ulg‗ayadi va kamol topadi. Yaxshilardan ibrat oladi,
yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik, ezgulik sari intiladi. Bu
intilishlarni o‗quvchi ilk va kichik yoshligidan boshlab o‗ziga o‗zlashtirishga intiladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun hikoyalar, ertaklar aytib berish
yoki suratlarga qarab ertak o‗ylab topish katta samara beradi. O‗qituvchi nutq
o‗stirish darslarini shunday o‗tish kerak-ki, o‗quvchining o‗z tasavvur olamlarida bu
narsalarni hayolan hosil qilishlari kerak. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar
uchun yaratilgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o‗rab
turgan yashil va jumboqli
tabiatni asrab-avaylashga, hayovonot dunyosini bilishga va sevishga, murg‗ak
qalblarini mehrga to‗ldiradi, onglarini rivojlantiradi. Shular asosida o‗quvchining
lug‗at boyligi ortadi va nutqini o‗stiradi.
50
Sh.M.Mirziyoyev ―Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz‖
T.: 2017
214
Qiziqarli ertaklar o‗quvchiga yaxshi ta‘sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga
o‗rgatadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning og‗zaki nutqini rivojlantirish
yoki o‗stirishda ertak, afsona, dostonlarning roli katta. Bunday asarlarda so‗zlar aniq,
sermazmun, to‗g‗ri, jumlasi sodda va o‗quvchi xotirasiga qabul qila olishiga
mo‗ljallangan qilib yoziladi. O‗qituvchi nutq o‗stirish darslarida shunday
adabiyotlardan foydalanishlari darkor. Hozirgi chop
etilayotgan deyarli barcha
kitoblar o‗quvchining qanday yoshda ekanligini hisobga olgan holda tuzilgan hamda
ertakning mazmunini tushunishga yordam berish bilan birga nutq madaniyatining
tarkib topishida ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni
ko‗rsatadiki, meyorida rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini,
nuqsonga ega bo‗lgan tengdoshlari ham, albatta bosib o‗tadilar, lekin bu jarayonlar
ularda kechikibroq kechadi.
Ruhiy va jismoniy kamchiligiga ko‗ra ijtimoiy
hayotdagi faoliyatining
cheklanganligi bolalikdan nogironlik deb ataladi.
Meyordagi va nogiron shaxsning zamon talabi darajasidagi rivoji uchun
nutqning ahamiyati beqiyos, kattadir. Chunki nutq - kishilararo aloqa quroli, barcha
sohalarda qudratli muomala vositasi, fikrlashning ichki mexanizmidir. Maxsus
pedagogika fanida nutq va tafakkur birligi tamoyili intellektni
baholashning bosh
mezoni sifatida ommaviy tarzda tan olinishi bejiz emas.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar lug‗atini boyitish, nutqining ravon, silliq
va ta‘sirchanligini ta‘minlashda o‗quvchilar badiiy asarlar ustida ishlash juda yaxshi
natija beradi. Defektolog biror bir badiiy asarni o‗qishda uning mazmunini,
o‗quvchining yoshiga mosligini, so‗zlarning soddaligiga va o‗quvchining ongiga
qanday ta‘sir qilishini inobatga olmog‗i shart. Bunda o‗qitilayotgan badiiy asarning
ayrim so‗z va iboralar bilan ishlash, bir tomondan, badiiy asarning mazmunini oson
hamda to‗liq o‗zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan o‗quvchilar lug‗atini
boyitish, undagi hodisalarni anglash ko‗nikmalarini
tarbiyalaydi, so‗z va gaplarni
o‗zida o‗zlashtirishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: