Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

 
 
МАХСУС МАКТАБДА AXLOQIY TARBIYANIНГ ДИДАКТИК 
ИМКОНИЯТЛАРИ 
Л.Ш. Нурмухамедова ТДПУ доценти,п.ф.н 
Х.Юнусова ТДПУ магистранти 
Axloq ijtimoiy ong shaklaridan biri bo`lib,boshlang`ich sinf o`quvchilarida halollik, 
poklik, burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Axloq 
keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyatining hamma jabhalariga ta`sir 
ko`rsatadi. Axloq hamma sohada; turmushda, oilada, bo`sh vaqtda ham kishilar xulq-
atvorini, insoniy munosabatlarini tartibga soladi. Axloq ijtimoiy ongning boshqa 
shakllaridan farq qilib iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy vazifalarni bajaradi. Jamiyatni 
mustaxkamlashda kishilarni yagona maqsadga yo`naltirishda muhim o`rin 
tutadi.Axloq va ma`naviyat bir-biri bilan uzviy bog`liq. Barkamol ma`naviyat 
barkamol axloqni shakllantiradi. Xalqimizning axloqiy-ijtimoiy birligi shakllanib


133 
kishilarning axloqiy poklanishlari yanada yuksak ahloqiy takomillashuvga olib 
keldi,butun jamiyatni ma`naviy ruxiy yaxlitligini ta`minlash vazifalari ishlab 
chiqildi.O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ma`naviyat 
haqidagi g`oyalari ―Ta`lim to`g`risida‖gi qonun, ―Kadrlar tayorlash milliy dasturi‖, 
―Sog`lom avlod‖, ―Barkamol avlod‖ davlat dasturlari va jamiyat xayotidagi 
shakllangan sog`lom muhit yoshlarda yuksak ahloqiylikni shaklantirish uchun xar 
tomonlama qulay vaziyat yaratdi. Bu masalalar O`zbekiston uzluksiz ta`limning 
Davlat ta`lim standartlarida ham chuqur o`rin egalladi.Tarbiya esa bu o`z jarayonida 
barkamol 
avlodni 
shakllantiradigan 
hodisadir.Shaxsning 
ma`naviy-axloqiy 
tasavvurlari ham tarbiya tufayli hosil qilinadi.Bu ham ―Ma`naviy-axloqiy 
tarbiya‖degan tushunchani keltirib chiqarishga asos bo`lib xizmat qiladi. Shunga 
ko`ra, barkamol avlodni voyaga yetkazishda ham axloqiy tarbiyalash muhim 
ahamiyatga ega.Chunki,axloqiy tarbiyalangan shaxs xalqimizning madaniyatini 
yuksaltirishda, milliy ongini uyg`otishda, mamlakat ravnaqiga o`z hissasini qo`shib, 
millat va Ona Vatan oldidagi burch va mas`uliyatni anglaydi. Ya`ni, ma`naviy-
axloqiy tarbiya shaxsdagi bunyodkorlik g`oyalarining yuqori darajada bo`lishini 
ta`minlaydigan va yetuklikka, komilikka yetaklaydigan, aniq maqsadni o`zida 
mujassam etgan jarayondir. Milliy qadriyatlar – ma`naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy 
funksiyalaridan biri bo`lib, ular millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega 
bo`lgan jixat va xususiyatlardir. Bu jihat va xususiyatlar ma`naviy-axloqiy tarbiyaga 
hamohang hisoblanadi. Milliy tafakkur bilish, anglashning yuqori shakli bo`lib, 
boshlang`ich sinf o`quvchilari ongida obyektiv dunyodagi hodisalar bilan narsalar 
o`rtasidagi munosabatlar hamda aloqalarni aks ettirish qobilyatining mavjudligini 
namoyon etishdir. Sog`lom dunyoqarash boshlang`ich sinf `oquvchilarining onggi va 
tafakkurini bilimlar, ongli ko`nikmalar hamda malakalar bilan boyitishdir. Fidoyilik 
boshlang`ich sinf o`quvchilarining hali ochilmagan yo`ldan turli usullar, imkoniyatlar 
topib, olg`a yura olishi, yangilikni, tashabbusni qo`lga olib, atrofdagilarni shu ishga 
safarbar qila olish ko`nikmasidir. Vatanparvarlik boshlang`ich sinf o`quvchisining 
o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga bo`lgan mehr-muhabbatini, 
munosabatlarini ifoda etadigan ma`naviy-axloqiy xislatlari va fazilatlaridir. Milliy 
an`analar millat hayotining turli sohalarida namoyon bo`ladigan tushunchalar, 
belgilar, xususiyatlar,faoliyat turlari, odatlar va hislatlarning avlodan-avlodga o`tish 
hamda meros bo`lib qolish tarzidir. Oila-kishilar hayotining eng muhim qismi, 
jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy-madaniy organizim bo`lib, boshlang`ich sinf 
o`quvchilari axloqiy tarbiyasida yetakchi o`rin tutadigan tabiiy-biologik, xuquqiy, 
ma`naviy munosabatlari, asoslangan birlik. Oila boshlang`ich sinf o`quvchisi 
yaxshiliklar yaratishni o`rganadigan birinchi muhit bo`ladi.Mahalla o`zbek xalqining 
kundalik ijtimoiy xayotini va turmushini tashkil qilishda izlab topolgan va asrlar 
davomida takomillashtirib kelgan hayotiy amalidir.Komil inson –bu yuksak ong 


134 
egasi, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ldigan bilimli 
va ma`rifatli kishilardir.Ushbu funksiyalarni bir butun yaxlit holatda amalga oshirish 
boshlang`ich sinf o`quvchilarini axloqiy tarbiyalash jarayonini samarali bo`lishiga 
xizmat qiladi.Axloqiy tarbiya boshlang`ich sinf o`quvchilarini baramol qilib 
shakllantirish maqsadida quyidagi vazifalarni bajarish muhim ahamiyatga ega. 
Ma`naviy-axloqiy fazilatlarni erkin, sog`lom raqobat asosida rivojlanishiga 
ko`maklashish; O`quvchilarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga zid 
keladigan manbalar tarqalishining oldini olish; Ma`naviy-axloqiy tarbiyaga doir 
tadbirlar uyushtirish; Keng jamoatchilik o`rtasida ma`naviy-axloqiy tarbiyaga 
bag`ishlangan munozaralar tshkil qilish;Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida 
ma`naviy-axloqiy tarbiyalashni pedagogik tahlil etish uslublarini belgilash
O`zbekiston taraqqiyotining poydevori bo`lgan barkamol avlodni axloqiy jixatdan 
yetuk qilib voyaga yetkazish; Millat, Vatan, xalq tushunchalari o`quvchilar qalbiga 
singdirish; Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo`nalishi bo`yicha uslubiy 
qo`llanmalar tayorlash va chop etish; O`quvchilarni axloqiy tarbiyalashga doir 
tadbirlar, kechalar o`tkazib boorish; Milliy bayramlar va ma`naviy-axloqiy 
qadriyatlarga xurmat bilan qarash; O`z-o`ziga va odamlarga xurmat bilan 
munosabatda bo`lish;Axloqiy tarbiyalash maqsadida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni 
rivojlantirish va takomillashtirish . Yuqoridagi masalalar har tomonlama boshlang`ich 
sinf o`quvchilari xayotining hamma qirralarini ijtimoiy taraqqiyot jarayoni bilan 
uyg`unlashtirishda katta axamiyat kasb etadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari shaxsida 
shakllangan ma`naviy-axloqiy dunyoqarash, ma`rifat taraqqiyoti jamiyatning 
yuksalishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini 
axloqiy tarbiyalashda mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, 
yoshlarning o`z ijodiy va intellektual saloxiyatini ro`yobga chiqarishi, xar tomonlama 
rivojlangan shaxslar etib voyga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar 
yaratish muhim o`rin tutadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish