AQLI ZAIF BOLALARDA FAZONI SUBEKTIV RAVISHDA HIS
QILISHI VA FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH.
N. Abidova TDPU o„qituvchisi,
Q. Payzieva TDPU talabasi
Aqli zaif bolalarda vaqtni ongli ravishda idrok etishi fazoni idrok qilishi
rivojlanishiga qaraganda kechroq va qiyinroq rivojlanganligi tufayli, ushbu bolalar
bilan olib boriladigan korreksion ishni fazoviy tasavvurlarni elementar
bosqichlaridan, shu qatorda vaqtga yo‘nalganligini rivojlantirishdan boshlash lozim.
Korreksion o‘quv jarayonini o‘rganilgan mavzularni ko‘p bor takrorlagan holda
tizimli ravishda o‘tilganlarni nutq materialida mustahkamlagan holda tashqil etish
kerak.
Fazoviy mo‘ljal olishning his qilish asosini shakllantirishda mushak-bo‘g‘im
apparatidan keladigan signallar muhim rol o'ynaydi. Yetakchi qo‘ldan kelayotgan
signallar atrof- fazoga ma‘lum bir nomo‘tanosiblikni beradi. Aqli zaif bolalarda
harakatlarni noaniq tashkil etilishi fazoda mo‘ljal olishni rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladi. Shuning uchun korreksion ishning birinchi galdagi vazifalaridan biri sezish va
harakat tajribasini shuningdek, predmetli harakat faoliyati tajribasini boyitish va
shular asosida bolani o‘rab turgan atrof- muhit va o‘z tana tuzilishi haqidagi
tushunchalarini boyitish lozim. Bolalarda fazoviy-vaqt tasavvurlarni rivojlantirishni
bir necha bosqichga bo‗lish mumkin:
- Somatognostik, taktil va kinestetik jarayonlarni rivojlantirish.
Maqsad: Bolaning sezish va harakat tajribasini boyitish.
Vazifasi: -tana qismlarining turli nomlari va joylashuvini aniqlash;
Butun tana qismi ishtirok etadigan holat va qo‘l holatlarini mustaqil ko‘rsatib
berish va qaytarishga o‘rgatish;
- Barmoq bilan kaftga, orqaga yozilgan son, harf va shakllarni aniqlash
ko‘nikmasini rivojlantirish;
-Turli shakl va yuzaga ega bo‘lgan predmetlarni ajrata olish qobiliyatini
shakllantirish.
Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarni rivojlantirishdan oldin bolaning umumiy
muskul tonuslarini mo‘tadillashtirish, muskul qisishini va patologik rigid qurilmasini
bartaraf etish lozim. Ushbu ishning to‘liq tavsifi B. A. Arxipovva A.V. Semenovich
tomonidan keltirilgan. Shundan so‘ng uch o‘lchamli fazoda bolaning turli tana bilan
bo‘lgan o‘zaro aloqa tajribasiga asoslangan mashqlarni ishlatish mumkin va
keyinchalik bola o‘z tanasi yordamida bularni qaytadan o‘rganadi. Somatognostik,
taktil va kinestetik jarayonlarni rivojlantirish boyicha ish turlari A.V. Semenovich
tomonidan keltirilgan. Ular turli taktil sezgilarni aniqlash, tana holatini tashkil etish
va takrorlash hamda tana qismlarini ko‘rsatish va nomlashni o‘z ichiga oladi.
Didaktik o‗yin va topshiriqlar.
- Boladan avval o‘zining tanasida, so‘ngra boshqalarning tana qismlarini
ko‘rsatishini so‘rash.
49
- Pedagog bolani biror bir tana qismini ushlaydi va bolani ko‘zi yumiq holatda
ushbu tana qismini endi o‘zida ko‘rsatishini, ko‘zini ochib pedagogda ko‘rsatishini va
nomlashini so‘raydi.
- Pedagog o‘zining tana qismini ushlab ko‘rsatadi va boladan ushbu tana qismini
o‘zida ko‘rsatishini so‘raydi.
- Pedagog ortidan butun tana ishtirok etadigan holat va qo‘l holatlarini
takrorlash. ―Oyna‖ oyini.
- Mustaqil ravishda o‘zi holatlar ko‘rsatish yoki tanasi yordamida turli shakllar,
harf va sonlarni ko‘rsatish.
- Bolaga pedagog barmog‘i yordamida orqasi kaftiga chizgan shakl, harf va
sonni toppish taklif etiladi. Bola ushbu shaklni topib, qog‘ozga chizishi yoki
nomlashi kerak bo‘ladi.
- Bolalarga turli yuzaga ega bo‘lgan predmetlarni ko‘rsatish, nomlash va ushlatib
ko‘rish (tekis, dag‘al, qirrali, yumshoq, uchli). So‘ngra boladan ko‘zi yumilgan
holatda huddi shunday yuzaga ega predmetni topish so‘raladi.
Sekinlik bilan olgan taasurotlarini og‘zaki nutqida ifodlashiga erishish maqsadga
muvofiq. Barcha topshiriqlar ikkita rejada ishlab chiqilishi lozim: pedagog nutqi bilan
olib boriladigan harakatlar (tushunishi mustahkamlanadi) va bolaning o‗zi tomonidan
aytib bajariladigan harakatlar
Fazoda mo‘ljal olishni rivojlantirish.
Maqsad: o‘rab turgan fazo xususiyatlari va fazodagi o‘z pozitsiyasini ongli idrok
etishini rivojlantirish.
Vazifalari: o‘z tanasidan o‘rab turgan fazoni o‘rganish uchun namuna sifatida
foydalanish qobiliyatini mustahkamlash;
Ob‘ektlarni o‘z tanasiga nisbatan to‘g‘rilashga o‘rgatish, o‘g‘il bolalarni
ro‘parasida turgan odamning tana tuzilishi bilan tanishtirish.
Obektlarni fazoda bir biriga nisbatan to‘g‘rilash tajribasini ishlab chiqish.
Aqli zaif bolada tashqi fazoni o‘zlashtirish uchun ishni uni oldida, orqasida,
tepasida, pastida, o‘ngda, chapda nima joylashganini anglab еtishidan boshlash kerak.
O‘quvchilarda o‘ziga nisbatan fazoda mo‘ljal olish malakasi ishlab chiqilgandan
so‘ng boshqa obektlarni bir biriga nisbatan va boshqa obektlarni o‘ziga nisbatan
mo‘ljal olishga o‘tish maqsadga muvofiq. Bu bolani o‘rab turgan predmetlarni o‘zaro
joylashuvini to‘g‘rilashga va ularni so‘z ko‘rsatmasi orqali o‗zgartirishga o‘rgatishni
ko‘zda to‘tadi.
Bola har xil figuralarni bir muncha yasay oladi. Masalan aylana uning oldida,
kvadrat esa uning orqasida, chap tomonida esa uchburchak, o‘ng tomonida esa
to‘g‘ri to‘rtburchak turibdi. So‘ng uni qayerda turganligini aytib beradi. Bola xuddi
shunday figuralarni yana yig‘adi. Faqat ular odam tanasining qaysi tomonida
joylashganini aytishi lozim. Ikkita bola bir-birlariga qarama qarshi qilib qoyiladi. Bir
bola nima qilishini oylab turadi va qarshisidagi sherigidan harakatni to‘g‘ri
bajarilayotganligini diqqatlik bilan tekshirilishini so‘raydi. Masalan; birinchi chap
qo‘lingni yuqoriga ko‘tar va boshqa. Bundan so‘ng bolalar rollari bilan
almashinishadi. Ikki bola bir-biriga qarama-qarshi turibdi. Ulardan biri biror bir ish
50
harakatni ko‘rsatib turadi, boshqasi esa uni bajarib turadi. Masalan; sen hozir chap
qo‘ling bilan o‘ng qulog‘ingni ushlading, keyin esa buni boshqa bola takrorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |