AQLI ZAIF O„QUVCHILARNING O„QISH MALAKALARINI
SHAKLLANISHINING ILMIY – PEDAGOGIK ASOSLARI
I.S. Xamrayeva TDPU o„qituvchisi
O‗qish – murakkab psixofiziologik jarayondir. O‗qish jarayonida ko‗rish, nutq –
harakat, nutq – eshitish analizatorlari ishtirok etadi. Bu jarayon asosida
―analizatorlarning murakkab o‗zaro harakat mexanizmlari va ikki signal
sistemasining vaqtinchalik aloqasi‖ yotadi, deb yozadi B.G.Ananev.
219
O‗qish ko‗rish idroki orqali harflarni bilish va farqlashdan boshlanadi. Shu
asosida harflarni ma‘lum tovushlarga mos kelishi yuzaga keladi. Nihoyat so‗zning
tovush shakli va uning mazmun o‗qilayotgan matnni, gapni tushunishni vujudga
keltiradi. O‗qish jarayonida ikki shartli tomonni belgilash mumkin:
1. Texnik (ko‗ruv obrazi yozilgan so‗zning talaffuziga mos kelishi).
2. Mazmuni, ya‘ni, bu o‗qish o‗qish jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tushunish so‗zning tovush shakli va uning ma‘nosi bilan bog‗lanishi asosida
ro‗yobga chiqadi. O‗qish jarayonining mana shu tomonlari o‗rtasida ajartib bo‗lmas
aloqa mavjud.
O‗qish – bu nutqiy faoliyatning bir turi bo‗lib, bunda harflar kodi tovushlar
axboroti orqali qabul qilinadi.
Psixologik
tadqiqotlarda,
jumladan,
L.I.Aksenova
tadqiqotlari
shuni
ko‗rsatadiki, bolalarni savodga o‗rgatishda, avvalo, ovoz chiqarib, keyin esa ichki
nutq orqali (ichida) o‗qishga o‗rgatiladi. Bu esa, yozuv axborotlarini o‗rganishda
ham ancha qo‗l keladigan uslublardan biri bo‗lib hisoblanadi. Bu uslub ayniqsa,
aqliy nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilar uchun yordam beruvchi uslub hisoblanib, bu
ko‗rish, eshitish hamda fikrlash komponentlari bilan bog‗liqdir. Shu sababli ham
xattoki, yordamchi maktablarning 3 – 4 – sinf o‗quvchilari ichki nutq orqali
o‗qishdan ko‗ra, ovoz chiqarib o‗qishda matn mazmunini yaxshiroq
o‗zlashtiradilar.
51
Tovush analizi va sintezidagi kamchiliklar, nutqning talaffuz tomonidan
buzilishlari, ko‗rish idrokining pastligi, ish harakati va diqqatning sekinlashuvi, lug‗at
boyligining
kambag‗alligi
va
nutq
tuzilishining
grammatik
tomondan
rivojlanmaganligi mantiqiy bog‗liqlikni tushunishdagi qiyinchiliklar – bularning
barchasi aqli zaif o‗quvchilarni matnni o‗qishdagi bir qancha kamchiliklarga olib
keladi: matndagi so‗zlarni tushurib qoldirish, so‗zlar o‗rnini almashtirish, harflarni,
bo‗g‗inlarni almashtirish, satr qatorlarini yo‗qotib qo‗yish va boshqalar shular
qatoriga kiradi. O‗qitishning birinchi yilida bolalar to‗g‗ri tempda o‗qish qoidalariga
rioya etmaydigan, mantiqiy to‗xtashlarni buzadilar, nafasni noto‗g‗ri taqsimlaydilar.
Normadagidan baland yoki normadagidan past ovozda o‗qiydilar. O‗qilayotgan
matnning tezroq va tushungan holda o‗qilishi, albatta, uni ifodali o‗qishga ham olib
keladi.
52
―Taniqli psixolog T.G.Egorov o‗qish malakasini shakllantirishda quyidagi 4 ta
bosqichni belgilagan:
1. Tovushni va harf ifodasini o‗zlashtirish.
2. Bo‗g‗inlab o‗qish.
3. O‗qishda sintetik usullarini qo‗llash bosqichi.
4. Sintetik o‗qish bosqichi.
51
Аксенова А.К. Методика обучения русскому языку в специальной (коррекционной) школе.
М.: Владос, 2004.
52
Аксенова А.К. Методика обучения русскому языку в специальной (коррекционной) школе.
М.: Владос, 2004.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |