Maktab ta’limiga, barcha rejim (tartib) jarayonlarida ishtirokka
harakat tayyorligi bolaning jismoniy rivojlanishi bilan belgilanadi. Bola
sog‗ligining ahvolidan tashqari, maktabda o‗qish uchun mayda motorika va qullar
hamda ko‗z harakatlarimuvofiqlashganligi kabi sifatlar muhim sanaladi.
Ye.G.Rechiskaya va Ye.V.Parxalina tadqiqoti daloat beradiki, masalan, zaif
eshituvchi bolalar maktab ta‘limi vaqtiga kelib, anchagina polimorf guruhni tashkil
qiladi, ham nutqiy, ham psixik rivojlanish darajasiga ko‗ra katta tafovutga ega
bo‗ladi.
Ayrim ko‗rsatkichlar bo‗yicha ular eshitadigan tengdoshlariga yaqinlashsa
(bu ayniqsa emotsional-irodaviy sohaga taalluqli), boshqalari bo‗yicha orqada
qoladi, bu orqada qolish turli darajada ifodalangan bo‗lib, avvaalo, intellektual
rivojlanishda namoyon bo‗ladi. Нутқида нуқсони бўлганbolalarni pedagogik
yordam tizimiga erta kiritish maktab ta‘limiga tayyorlikning yuqori darajasiga
erishish imkonini beradi, zero ular bilan ishlayotgan surdopedagoglar, ularni kutib
turgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, bolalarga maqsadli yordam
ko‗rsatadi.Нутқида нуқсони бўлганbolalarni maktabga tayyorlash muvaffaqiyati
ko‗p jihatdan pedagog va ota-onalar sa‘y-harakatlarining birlashtirilishiga, ota-
onalar bola bilan ishlash vazifalarini qanchalik tushunishi va ularni qilishda
qatnasha olishiga bog‗liq.
Ota-onalar bilan ishlash maktabgacha muassasa ma‘muriyati va pedagoglari
ishining muhim tomoni sanaladi. Bunday ishni amalga oshirishda nafaqat kasbiy
savodxonlik, balki delikatlik, takt va hamdardlikni namoyon qila biish, balki
izchillik va qat‘iyat talab etiladi. Shubhasiz, ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar
bola qatnaydigan maktabgacha muassasa tipiga, u bilan muloqot imkoniyatlariga
bog‗liq ravishda farq qiladi (variantlanadi). Bolalar bog‗chasigi har kuni qatnash
sharoitida ota-onalar bilan ishlash bolalar bog‗chada besh kun bo‗ladigan, ayniqsa
ota-onalar bolalarini faqat bayram kunlar va yozgi ta‘tildagina olib ketadigan
internat muassasalari sharoitidagidan bir muncha farq qiladi. ota-onalarning bola
tarbiyasi bilan muntazam shug‗ullanish, uning ta‘limida ishtirok etish istagi ko‗p
jihatdan pedagoglarning ota-onalar bilan shaxsiy va ishchan munosabatlar o‗rnata
olishi, o‗zining bolalar bilan ishlashi namunasi bilan qiziqtira olishi, qulay
(tushunarli) shaklda turli yo‗nalishdashgi ish metodlarini tushuntira va ko‗rsatib
bera olishiga bog‗liq.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi vazifalarni shartli ravishda ajratib
ko‗rsatish mumkin:
- ota-onalarda Нутқида нуқсони бўлганbolalarni tarbiyalash va
o‗qitishning maqsadlari haqida to‗g‗ri tushunchalarni shakllantirish;
- maktabgacha muassasa jamoasi bilan birgalikda yuolalarni har tomonlama
rivojlantirish bo‗yicha ish olib borish;
- pedagogik faoliyatning turli yo‗nalishlari bo‗yicha bilimlarni targ‗ib qilish,
korreksiya ishi usullari va metodlari bilan tanishtirish;
- oilaviy tarbiya tajribasini o‗rganish, uni ota-onalar orasida targ‗ib qilish,
maktabgacha muassasa faolitida undan foydalanish.
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishning shartlaridan biri har bir bolaning oilasi
tarkibi, bola tarbiyasi xarakteri bilan tanishish. Bolalarning oilasi haqidagi axborot
ko‗p qirrali bo‗lishi kerak. Odatda, u bola maktabgacha muassasada bo‗lgan barcha
yillar davomida to‗planadi va to‗ldirib boriladi. Oilada Нутқида нуқсони
бўлганmaktabgacha tarbiya yoshildagi bola tarbiyasi sharoiti bilan tanishish
jarayonida pedagoglar quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha axborotga ega bo‗lishlari
kerak:
- oila tarkibi, kattalarning faoliyat turi, moddiy ta‘minoti, sanitar-gigienik
sharoitlar, oilada Нутқида нуқсони бўлганboshqa shaxslarning mavjudligi;
- oiladagi munosabatlar, ota-onalarning umumiy madaniyati darajasi, ota-
onalarning bolalarga, jumladan Нутқида нуқсони бўлганbolagi munosabati,
bolaning oila a‘zolariga bog‗lanib qolganligi;
- bolaning uydagi xulqi va mashg‗ulotlari, sevgan mashg‗ulotlari,
o‗yinchoqlari, oilada bola bilan muloqot shakllari, eshitishi pasaygan bolaga
munosabat, uning faoliyati va xulqiga oila a‘zolari tomonidan talablar qo‗yilishi,
kun tartibiga rioya qilinishi, bolaning uy mehnatida ishtiroki;
- ota-onalarning umumrivojlantiruvchi va maxsus ishlarga munosabati,
mutaxassislar maslahatidan foydalanishi, bola eshitishini erta protezlash, o‗zining
pedagogik imkoniyatlarini baholashi, bola bilan ish samaradorligini baholash,
uning imkoniyatlariga ishonch;
- ota-onalar bola tarbiyasida duch keladigan qiyinchiliklar xarakteri;
- ota-onalarning maktabgacha muassasada bola tarbiyasi va ta‘limi
mazmuni, turli yo‗nalishdagi ish metodlari haqidagi bilimlari, ota-onalarning
pedagoglar bilan hamkorlikdagi korreksiya-rivojlantirish ishiga qiziqishi va
manfaatdorligi.
Pedagoglar bolani guruhga qabul qilishda oladigan va ota-onalar bilan
tanishish barobarida to‗ldirib boriladigan axborot ish modelini qurish, o‗zaro
hamkorlik shakl va metodlarini tanlash uchun asos bo‗ladi. Odatda, Нутқида
нуқсони бўлганbolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar tarkibi ijtimoiy tavsifi,
umummadaniy darajasi kabi bolaga munosabat va uning imkoniyatlarini
baholashga ko‗ra ham juda xilma-xil bo‗ladi. Shu sababli pedagoglar, shubhasiz,
ota-onalar bilan muloqot uslubi, umumiy ish shakllarini belgilab olishlari kerak.
Pedagoglar tomonidan ota-onalar bilan ish rejasini formal amalga oshirish emas,
balki bola va uning oilasi hayotida ishtirok talab etiladi. Ota-onalarning umumiy
ishda qatnashishg istagi ko‗pincha ularga qo‗yiladigan talablarning qat‘iyligi emas,
balki
surdopedagogning
va
tarbiyachining
o‗z
ishiga
berilganligi,
tarbiyalanuvchiga muhabbati, bolalarni rivojlantirishda imkon qadar yaxshi
natijaga erishishga intilishi bilan izohlanadi. Ayrim bolalarning bolalar
bog‗chasida o‗qitilishi natijasida rivojlanganligi, ularning tengdoshlari, shuningdek
notanish kishilar bilan ham nutqiy muloqot imkoniyatlarining aniq namoyishi
ko‗pmncha ota-onalarda ma‘ruza va tavsiyalardan ko‗ra ko‗proq tasassurot
uyg‗otadi.Ota-onalar bilan yakka tartibda olib boriladigan ish shakllari ular bilan
o‗zaro tushunishni yo‗lga qo‗yish, pedagoglarning Нутқида нуқсони бўлганbola
rivojlanishidagi xususiyatlarni yaxshiroq tushunib yetishi uchun juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunday ish shakllariga ota-onalar bilan suhbatlar,
konsultatsiya (maslahat) lar, pedagogning oilaga tashrifi, ota-onalarning bolalar
bog‗chasi mashg‗ulotlariga tashrifi, bolalar uchun dam olish va bayram kunlariga
topshiriq va tavsiyalar tayyorlash, boshqa shahardan kelgan bolalarning ota-onalar
bilan yozishmalari kiradi. Ota-onalar bilan suhbatlarni, agar bola bog‗chaga har
kuni qatnaydigan bo‗lsa, ertalab yo kechki mahal; bola maktabgacha muassasada
besh kun bo‗ladigan bo‗lsa dushanba va juma kunlari;o‗zga shaharlik ota-onalar
tashrifi vaqtida o‗tkazish mumkin. Farzandlari bolalar bog‗chasiga endigina qabul
qilingan ota-onalar yakka tartibdagi muloqotga ayniqsa ehtiyoj sezadilar. Bu kabi
muloqot maxsus vaqt ajratishni talab etadi, zero ota-onalar bilan muloqotda
shoshma-shosharlik va tezkorlik ota-onalarning ochiq suhbat qurishlariga yo‗l
bermaydi, yuzaga kelgan savollarga to‗liq javob olish imkonini bermaydi.
Pedagoglardan nafaqat kasbiy maslahatlar, balki takt, ko‗pchiligi bolasining
eshitishi buzilganini og‗ir his qiladigan ota-onalarga hamdardlik talab qilinadi.
Maktabgacha muassasa faoliyatida shuningdek ota-onalar bilan jamoaviy
ish shakllaridan foydalaniladi. Ular sirasiga umumiy va guruh ota-onalar majlislari,
lektoriylar, tematik yig‗ilishlar, davra suhbatlari, bolalar bilan ish tajribasini
o‗rtoqlashish seminarlari, guruhlarda konsultatsiyalar, ochiq eshiklar kuni, bolalar
ishlari ko‗rgazmasini, ertaliklar va bayramlarni tashkil qilish, bolalar bog‗chasi,
guruh tadbirlarida ishtirok va sh.k. kiradi.
Bolaoarni maktabga tayyorlash bilan bog‗liq masalalari tematik ota-onalar
majlislarida, davra suhbatlari, ota-onalar uchun lektoriylarda muhokama qilinadi.
Guruhda ota-onalar uchun konsultatsiyalar shu yoshdagi bolalar maktabga
tayyorlash masalalariga bag‗ishlanadi. Pedagoglarning axborotlari konkret
xarakterda bo‗lishi, ota-onalar uchun tushunarli bo‗lishi, namunalar namoyishi,
turli didaktik vositalardan foydalanish bilan to‗lldirilishi kerak. Ota-onalar
konferensiyalari muhim va foydali ish shakllaridan sanaladi. Ularning maqsadi
oilada bola tarbiyasi va ta‘limi, maktabga tayyorlash tajribasi bilan
o‗rtoqlashishdan iborat. Bunday konferensiyalar yilda bir-ikki marta o‗tkaziladi.
Ular bolalar bog‗chasi ma‘muriyati, ota-onalar qo‗mitasi, pedagoglar tomonidan
tayyorlanadi. Konferensiyalarda ota-onalar maktabga tayyorlash bo‗yicha tajriba
almashadi, turli yo‗nalishlar, masalanmehnatsevarlikni tarbiyalash, oilada bola
bilan o‗zaro munosabatlarni shakllantirish, jismoniy tarbiya bo‗yicha ish shakllari
va mazmunini ochib beradilar. Ko‗pincha faol ota-onalar maktabga tayyorlash
masalalar bo‗yicha o‗z tajribalarini yetkazishga intiladi. Odatda, ota-onalar ko‗plab
qiziqarli qo‗llanmalar, o‗yinlar, fotosuratlar, video-, audioyozuvlarni namoyish
etadi, ular bilan tanishish nafaqat boshqa ota-onalar, balki pedagoglar uchun ham
foydalidir. Bunday konferensiyalar ilgari o‗zining pedagogik imkoniyatlariga
shubha bilan qaragan yoki bolalarining qobiliyatiga ishonqiramagan ota-onalarga
kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Ota-onalar konferensiyalarida do‗stona iliq muhit hosil
bo‗ladi, ota-onalar va pedagoglarning yagona jamoasi shakllanadi. Maktabgacha
muassasada ota-onalar konferensiyasi bolalar ishlari ko‗rgazmalariga ulanib ketadi.
Bolalar turli qo‗shiq va raqslar, she‘r, sahna ko‗rinishlarini ijro etadigan konsertlar
ota-onalar konferensiyasining o‗ziga xos ajoyib davomi bo‗ladi.Ota-onalar bilan
ishlarda izchillik, tizimlilik, ularning real imkoniyatlarini hisobga olish juda
muhim.
Pedagog
va
ota-onalarning
o‗zaro bir-birlarini tushunishlari,
rivojlantiruvchi va korreksiya ishida hamkorligi va faolligi umumiy natijani ko‗p
jihatdan belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |