3. Atamalar, ta’riflar, qisqartmalar
Mazkur standartda О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
kasbiy faoliyat turi – ta’lim yо‘nalishiga о‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilishning usullari, uslublari va tavsifi;
kompetensiya – tegishli sohada kasbiy faoliyat yuritish uchun zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui;
modul – tarbiyalash va о‘qitishga yо‘naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bо‘lgan о‘quv fani (kursi) yoki о‘quv fanlari (kurslari) ning ma’lum bir qismi;
Do'stlaringiz bilan baham: |