2.3. mutaxassislik fanlarini ommaviy axborot vositalari va mediata’limdan foydalanish.
Milliy g‘oya aholining keng qamlami orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini takomillashtirishda hamda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (odobnoma, vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlar”ni о‘qitishda ommaviy axborot vositalari (OAV) yetakchi о‘rinni egallaydi. Xuquqiy demokratik jamiyat qurishda ommaviy axborot vositalarining о‘rni va roli benihoya katta.
SHо‘rolar davrida О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatgan ommaviy axborot vositalari о‘z milliy zaminidan uzilgan edi. U о‘zbek xalqiga, О‘zbekistonga xizmat qilmas edi. Ommaviy axborot shо‘rolar zamirida kommunistik mafkura dastyori sifatida mehnatkashlar ommasi ongi va dunyoqarashida tobelik, qaramlik va qullik g‘oyalarini targ‘ib qilar edi.
О‘zbekiston о‘z milliy mustaqilligini qо‘lga kiritgandan sо‘ng, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida bо‘lgani singari ommaviy axborot vositalari oldiga tub sifat о‘zgarishlar davri boshlandi. U о‘zining milliy zaminiga ega bо‘ldi. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida rо‘y bergan tub sifat о‘zgarishlari ommaviy axborot vositalari oldiga ham mutlaqo yangi talablarni qо‘ydi. U ham bо‘lsa, mamlakat fuqarolari о‘rtasida keng qamrovli milliy g‘oyani targ‘ibot qilish asosida ularni kelajagi buyuk О‘zbekistonni yaratishdek, shuningdek, uni doimo himoya qilishdek, davlat oldida fuqarolarni ma’suliyatini oshirishdek ishlarga ommaviy safarbar etishdan iborat edi. Bu ulug‘vor va oliyjanob vazifalarni amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalarining xuquqiy asoslari yaratish talab qilinar edi. Shu bois, О‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining mustaqil respublika mezonlariga javob bera oladigan yuridik maqomlarini belgilab beruvchi xujjatlar majmuasi qabul qilindi. О‘zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va tо‘la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning tо‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Senzuraga yо‘l qо‘yilmaydi.”18 Deb mustahkamlab qо‘yildi.
Bugun jamiyatimizning ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlardagi yetakchi о‘rinni egallashini hisobga olgan holda, bugun OAVi hatto “tо‘rtinchi hokimiyat” darajasiga kо‘tarildi. Mamlakatimizda erkin faoliyatga asoslangan OAV shakllantirildi va uning faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida avvalo, xuquqiy kafolatlarni yaratishga kirishildi. 1997 yilda qabul qilingan “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish tо‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi tо‘g‘risida”gi qonunlar yuqoridagi fikrimizning amaliy tasdig‘idir.
Bugun biz nafaqat jamiyat, balki hech birimizning hayotimizni OAVsiz tasavvur ham qila olmaydigan darajaga yetdik. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida sо‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar о‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bо‘layotgan voqealarga о‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bо‘lmasligini yaxshi tasavvur etamiz”.
Ommaviy kommunikatsiyalar keng quloch yozgan bir paytda taqdim etilayotgan xabarlarni qabul qilish, tо‘g‘ri baholash, uning tezligi, aniqligi, xolisligi va haqqoniyligini tahlil qila olish kо‘nikmalariga ehtiyoj ham kuchayib boraveradi. Zero, bunday malaka yetishmagan joyda tushunmovchilik, ziddiyatlarning kelib chiqishi turgan gap.
Manbalarda qayd etilishicha, YUNESKO qoshidagi kino va televideniya bо‘yicha xalqaro kengash tomonidan 1973 yili birinchi martda mediata’limga shunday ta’rif berilgan edi: “Mediata’lim deganda pedagogika nazariyasi va amaliyotida maxsus bilim sohasi sifatida qaralayotgan ommaviy kommunikatsiya vositalarini egallash uchun nazariy va amaliy kо‘nikmalarini shakllantirishni tushunish lozim”.
Dars jarayonida ayon bо‘lishicha, mediata’lim о‘qitishning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini sifat jihatdan о‘zgartirmoqda. Bu о‘quvchilarning individual qobiliyatlarini, ularning shaxs xususiyatlarini rivojlantirishga, tafakkurini boyitishga, bilimlarini oshirishga yordam bermoqda. Mediata’lim resurslari yordamida ular u yoki bu materialni tezroq о‘zlashtiradilar, о‘quv jarayoniga faol ishtirokchilar sifatida jalb qilinadilar.
Bugungi kunda mamlakatimizda kо‘plab gazeta, jurnal, axborotnoma-byulleten’, radio, televideniye, axborot agentliklari, internetda veb-saytlar faoliyat kо‘rsatmoqda. Ulardan ta’lim sohasida qanchalik samarali foydalana olsak, mediata’lim shunchalik takomillashadi, albatta. Buning uchun о‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berayotgan о‘qituvchilar uning asl mohiyatini teran anglab olishlari maqsadga muvofiqdir.
Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi, oddiy yо‘nalishlardagi media axborot tilini о‘rganish, о‘quvchining badiiy о‘sishi, rivojlanishiga hissa qо‘shish, mediamatnlarni qabul qilish, о‘rganish va malakali tahlil etish kо‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Axborot sohasidagi globallashuv yangicha dunyoqarash shakllanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy bilimlar takomillashgan sari axborotlardan tо‘g‘ri va samarali foydalanish muammosi paydo bо‘lmoqda. Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yо‘llarini ham nazorat qilishning deyarli imkoni qolmayapti. Demak, bu masalada qandaydir chalkashliklarga, xatoliklarga yо‘l qо‘ymaslik uchun mukammal tizim zarur bо‘ladi. Bu tizim – о‘sha axborot tarqatuvchi hamda uning iste’molchisi qay darajada bilimli, saviyasi yuksak va ularning bir-birlarini tо‘g‘ri anglashi bilan bog‘liq bо‘ladi.
Endilikda ayrim mutaxassislar о‘quvchi ongida axborotni tо‘g‘ri shakllantirish, ta’bir joiz bо‘lsa, uni tizimli ravishda tartibga solish yо‘llari izlamoqdalar. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar о‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Bu pedagogika fanida о‘ziga xos yо‘nalish – medaiata’lim paydo bо‘lishiga zamin yaratgan.
Pedagog olimlar, mediata’lim – о‘quvchilarga beriladigan dars, bilim, ma’lumotning tez, tushunarli va yodda qolarli bо‘lishini ta’mirlovchi ta’lim usuli ekanini e’tirof etganlar. О‘quvchi о‘qituvchining og‘zaki ma’ruzasidan kо‘ra, kо‘rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirishidan kо‘proq ta’sirlanar ekan. Ana shunda u yetkazilayotgan mavzuni kо‘proq yodida saqlab qoladi. О‘quvchilarda bunday darslarga nisbatan qiziqish yuqori darajada bо‘ladi. Demak, deyarli barcha fanlarni о‘qitishda bunday ilg‘or usuldan foydalanish foydadan holi bо‘lmaydi.
Mediata’lim о‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika – yangi pedagogik texnologoya hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalari yordamida о‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma’lumotlar, televideniya, radio lavhalari, kino, video, audio materiallari kiradi.
Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Axborotlashtirish jarayonida chinakam axborot jamiyati vujudga kelganini izohlashga hojat qolmagan. Shunga yarasha media-texnologiyalar soni о‘sib bormoqda. Bunda tasvir, ovoz va matn tom ma’noda uyg‘unlashib, audiovizual madaniyati о‘ziga xos ravishda takomillashib bormoqda. Endi undan ta’lim sohasida ham keng foydalanish davr taqozosiga aylandi.
Kо‘pchilik о‘quvchilar gohida noan’anaviy usulda о‘tiladigan darslarni qiziqish bilan tinglaydilar. Axborot texnologiyalari yordamida о‘tiladigan darslar jarayonida ana shunday usullardan foydalanishga imkon yaraladi. Bu ta’lim tizimini ham yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. YA’ni, globallashuv davri hamda unga monand axborotlashgan jamiyatda yosh avlodni tо‘g‘ri tarbiyalash, hayotga tayyorlash, turli axborotlarni qabul qilish, yaxshi va yomonni, oq bilan qorani farqlay olishga о‘rganishdir. Mutaxassislar fikricha, ta’lim axborotlashtirishi davlat ta’lim dasturini hayotga tatbiq etishning asosiy vositasi deb e’tirof etish mumkin.
Axborot globallashuvining eng muhim xususiyatlaridan biri – turli axborotlarning kо‘payishi bilan izohlanadi. Bugungi kunda internetda qancha veb-sayt bо‘lsa, shuncha ma’lumotlar bazasi bor. Xо‘sh, ular qanaqa axborotlar, qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
Shu о‘rinda bir ijodkor sifatida aytishim joizki, axborot bazasini yaratishda eng muhimi ham, mas’uliyatli, ta’bir joiz bо‘lsa, mushkul jihati ham shu: axborot yozishda savodli bо‘lish! Savodi haminqadar odam axborot yoza olmaydi. Savodli odam ham ommabop axborot matnini yozishda juda kо‘p mehnat qilishiga tо‘g‘ri keladi. Eng professional jurnalist ham bir jumla yozish uchun soatlab izlanishiga tо‘g‘ri keladi.
Demak, mediata’lim asosida dars о‘tayotgan о‘qituvchi qaysi manbadan, qanday veb-saytdan foydalanayotganini yaxshi bilishi kerak. Bunda о‘sha veb-sayt qaysi nufuzli idoraga qarashli ekaniga emas, balki, qay darajada savodli, ishonchli hamda asosli ekanini aniqlab (kerak bо‘lsa, “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” kabi ishonchli manbalardagi ma’lumotlar bilan solishtirib) olish lozim. Tarbiyachining о‘zi ham tarbiyalangan bо‘lishi lozim, deganlaridek, buning uchun internetdan foydanuvchi avvalo bilimli, yuksak saviyali bо‘lishi darkor.
Ayrim manbalarda qayd etilishicha, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlarda 60-yillardan boshlab mediata’limga alohida e’tibor qaratila boshlagan. Bu о‘z navbatida о‘quvchi va talabalarga mediamadaniyat dunyosiga kirishga, ommaviy axborot vositalari tilini, mediamatnlarni tahlil qilishni о‘rganishda yordam bergan. Ayni paytda AQShda bir necha yirik mediata’lim markazlari faoliyat kо‘rsatayotgani, bu hatto ta’lim standartlariga kiritilayotgani yaxshi ma’lum.
Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda ham mediata’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Butun jahonda globallashuv jarayonlari jadal tus olgan bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari mamlakatimizda ta’lim sohasini yanada takomillashtirishda muhim omil bо‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi deyarli barcha ta’lim muassasalari kompyuterlar bilan ta’minlanmoqda. Bu texnologiya har soniyada millionlab vazifalarni bajarar ekan. Bular orasida mediata’lim uchun xizmat qiladigan dasturlar ham talaygina. Demak, undan ta’lim sohasini yanada takomillashtirishda ham samarali foydalanish davr talabidir.
Globallashuvning ijobiy jihatlari kо‘p. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” kitobi qayd etilganidek, axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning о‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniyat boyliklarini о‘zlashtirish uchun, ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayon hisoblanadi. Kezi kelganda aytish joizki, globallashuv jarayonlarida ana shu axborot texnologiyalaridan ba’zi yovuz kuchlar g‘arazli maqsadlarda foydalanayotganlaridan ham kо‘z yumib bо‘lmaydi. Ular о‘z say-harakatlari bilan kishilarning tinch-farovon hayotiga raxna solayotganlari tashvishli holdir. Internet orqali uyushtirilayotgan axborot xurujlari yoshlar ongini zaharlashi, ularning kelajagiga bolta urishdan boshqa narsa emas.
Shunday sharoitda biz bu zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan kо‘proq ijobiy maqsadlarda foydalanish yо‘llarini topishimiz maqsadga muvofiqdir. Ana shunday samarali yо‘llardan biri – ta’lim sohasini media texnologiyalari bilan yanada takomillashtirishdir. Demak, mediata’lim talabalarning intellektual salohiyatini oshirish bilan bir qatorda ularni turli mafkuraviy tajovuzlardan asrashda ham muhim о‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |