Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети



Download 1,6 Mb.
bet139/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

Elektron ma’ruza – interaktiv elementlar va giperuzatishlarni qо‘llab, о‘quv fani ma’ruza materialini namoyish qiluvchi multimedek tizim.


2. Dars jarayonlarida elektron qо‘llanmalar, AKT, OAV, multimediya va taqdimot materiallari, jadvallar, chizmalar, kо‘rgazmali vositalarni qо‘llashning ahamiyati. О‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish tо‘g‘risida”gi Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va ri vojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi 2013 yil 27 iyundagi “О‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorlari, hukumatning tegishli huquqiy-meyoriy hujjatlari ijrosini ta’minlash, xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimediya rusurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish oqrali ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videokо‘z, videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intellekt tizimlarini kiritish mumkin. Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda о‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
uskunaviy dasturiy ta’minot;
virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.;
axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.; texnik kо‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki о‘zlashtirish va h.k.).
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan tо‘rt yо‘nalishda:

  • о‘rganish obyekti sifatida;

  • о‘qitishning texnik vositalari sifatida;

  • ta’limni boshqarishda;

  • ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.

Hech kimga sir emaski, axborot – kommunikatsion texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelmoqda. Texnologiyalarga asoslangan о‘quv jarayonini tashkil qilishda yana bir vosita elektron darsliklar muhim о‘rin tutadi. Ma’lumki, elektron darslik deganda, ilgarilari oddiy matn fayli tushunilar edi.
Hozirgi kunda elektron darslik deganda, oddiy elektron nusxa emas, balki rangli rasmlar, turli xil testlar, jadvallar, lavhalar, ovoz, video – kо‘rgazmalarning zamonaviy tartibi, texnikasi tushuniladi. Shuning uchun ham elektron darsliklar masofaviy о‘qitish tizimining asosi bо‘lib xizmat qiladi.
Elektron darslik (qо‘llanma) о‘quv jarayoni sifatini oshirish, о‘qituvchi mehnatini yengillashtirish, о‘quvchi-talabalarni bilim darajasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Elektron darslik yaratishda mualliflar guruhi e’tiborini qaratadigan jihatlar quyidagilardan iborat:
elektron darslik yaratishda fanning о‘quv dasturini asos qilib olish;
elektron darslikka qaratilgan materiallarni malakali о‘qutuvchi - professorlarning amaliy tajribalari, fan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muhokama qilish;
о‘quvchi - talabaga bilim, kо‘nikmalarini shakllantirishga kо‘mak beruvchi tushunchalardan о‘z о‘rnida foydalanish;
о‘quvchi - talabalarga fan mavzusiga aloqador yangi bilimlarni tushunishda yordam beradigan qiziqarli sxemalar, diagrammalar, turli chizmalar va jadvallarni elektron darslikka kiritish;
muammolarga ta’sirchanligi kabi mezonlarga javob berishi lozim.
Shuningdek, elektron darslik о‘quv dasturiga va о‘quv-metodik nashr talablariga mos kelishi lozim. Elektron darslik tamomila yangi, ya’ni birinchi bor chop qilinishi yoki oldin nashr qilingan о‘quv metodik qо‘llanmaning elektron versiyasidan olingan bо‘lishi mumkin. Unda:
kurs yoki fan mazmunini ochib berish uchun yetarlicha material va hajmga, о‘quv-metodik maqsadlarga erishishni quvvatlovchi illyustrativ materiallarga ega bо‘lish;
darslikning barcha qismlariga – manba va resurslarga erkin murojaat mavjudligi;
darslik tipi – о‘zbek tilidan boshqa tillarga о‘tish imkoni mavjudligi sanab о‘tilgan mezonlar elektron darslik yaratishga qо‘yiladigan asosiy talablar bо‘lib, ular bevosita ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Elektron darslikning muqovasi imkoniyat darajasida chiroyli bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun uni grafika va Multimedia , animatsiya kabi elementlar bilan boyitish zarur. Elektron darslikning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma’lumot (masalan, vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, elektron darslikni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflar haqida qisqacha ma’lumot olish imkoniyati mavjud. Bu ma’lumotlarning ma’lum bir qismi (mualliflar haqida ma’lumot, elektron darslikni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
Mundarija elektron darslikning juda muhim tarkibiy elementi
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (odobnoma, vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan samarali vositalar sirasiga video – kо‘rgazmalar, elektron resurslar, multimedialarni ham kiritish mumkin.
Video – kо‘rgazmalarning qulayliklari:
- о‘quv dasturi asosida о‘rganilishi kerak bо‘lgan materiallarni о‘quvchilarga ixcham, qulay kо‘rinishda taqdim etish;
- texnik vositalarning о‘quvchi bilan interfaol usullarda muloqatda bо‘la olishi;
- о‘quvchilarning о‘quv materiallarini mustaqil ravishda о‘rganishi va olgan bilimlarini test sinovlari asosida sinab kо‘rishi mumkinligi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida elektron resurslar, Multimedia lardan keng foydalinilmoqda.
Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni mujassamlantirish imkonini beruvchi zamonaviy kompyuter axborotlari texnologiyasidir.
Multimedia - kompyuterga matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni va turli (multiplikatsiya) animatsiyalarni kiritish, chiqarish, qayta ishlash, saqlash, uzatib berish texnologiyalari kо‘paytmasidir.
Multimedia — bu interaktiv tizim bо‘lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvirlarni, videoni qо‘zg‘almas harakatini turli (multiplikatsiya) animatsiyalar orqali jonlantirish, ovozini kuchaytiruvchi vositadir. Multimediaga displey ekranidagi ovoz effekti orqali qо‘zg‘almas tasvir va ovoz orqali grafik tasvir harakatlanuvchi tasvir animatsiyalari kiradi.
Multimedia tizmining paydo bо‘lishi ta’lim tizimida, san’at, kompyuter treninglar, kompyuter о‘yinlari, о‘tkazishda juda katta о‘zgarishlar olib kirdi.
Multimedia qurilmalarining paydo bо‘lishi bilan inson hayoti yanada qiziqarliroq va zavqliroq bо‘lib qoldi. Endilikda hayotning shirin lahzalarini eslab turish uchun bu laxzalarni video kamera yoki fotoapparatlar orqali tasvirga tushirib olish yetarli. Bu video filmlarni yoki slayd shoularni saqlash uchun oddiy kichik flesh xotiralardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari zamonaviy multimediya texnologiyalari yordamida video filmlarga ovozlar qо‘shib montaj qilish imkoniyatlari ham mavjud.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish