Ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi materiallar,
ekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq etishga xizmat
qiladi. Shu bois jahonda nanotexnologik tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish va bu
boradagi innovatsion texnologiyalardan hayotda keng foydalanishga e’tibor tobora
kuchaymoqda. Masalan, kompyuter texnologiyalari
sohasida olib borilayotgan
izlanishlar natijasida kvant informatikasi fani yuzaga keldi. Ushbu soha
nanoo’lchamli protsessorlarga ega bo’lgan kvant kompyuterlarini yaratish va ular
uchun dasturlar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kvant kompyuterlarida bir birlik
axborotni yozish uchun bitta yoki bir nechta atomdan foydalaniladi. Biz
foydalanayotgan hozirgi zamon kompyuterlarida bu jarayonni bajarish uchun esa bir
necha milliard atom sarflanadi. Demak, kvant kompyuterlarida hisoblash jarayonida
o’z-o’zidan o’ta yuqori tezlik, ixchamlik va samaradorlik oshadi.
Nanotexnologiyalarning rivojlanishi muqobil energiyadan foydalanish istiqboli
uchun ham muhim asos bo’ladi. Chunki nanomateriallar
asosida yaratilgan elektr
energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarning samaradorligi amaldagilaridan bir necha
barobar o’sadi.
Nanotexnologiya sohasida mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining olib
borayotgan ilmiy tadqiqotlari ham yuksak natijalar bermoqda. Jahon ilm-fanining
bunday ixtirolarining yutuqlarini chuqur o’rganish va uni hayotga tatbiq etishda
mamlakatimiz ilm-fan markazlarida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo’limida o’tgan asrning
90-yillarida nanofizika sohasida dastlabki ilmiy tadqiqotlar boshlangan edi. Bu
jabhada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida nanomateriallar yordamida
nurlanuvchi diodlar yaratildi. Mustaqillik yillarida bu dargohda nanomateriallarning
xususiyatlarini o’rganuvchi tarkibiy akslantirishlar ilmiy
tadqiqot markazi tashkil
etildi.
Ayni paytda olimlarimiz nanofizikaning qator dolzarb masalalari yuzasidan
keng ko’lamli ilmiy izlanishlarni hayotga tatbiq etmoqda. Vodorod energetikasining
oldida turgan dolzarb muammolar, vodorod moddasini suv yoki boshqa suyuqlik
molekulalari orasida yuzaga keluvchi nanoqopqonlarda saqlash, nanotarmoqlardan
foydalanishga asoslangan termoelektrik nanomateriallar yaratish,
axborot yetkazish
samaradorligi o’ta yuqori nanoo’lchamli mezoskopik sistemalarga asoslangan
tarmoqlar yaratishga oid ilmiy loyihalar shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda qattiq jismlar, atom va molekulyar fizika, nochiziqli dinamika
kabi ilm-fan maktablarining an’analarini rivojlantirish, ilm-fan faoliyatini izchil
takomillashtirish uchun yaratilgan keng ko’lamli sharoit zamonaviy nanofizika
sohasida ana shunday muhim natijalarga erishishga xizmat qilmoqda. Bu borada
yurtimizdagi boshqa ilm-fan maskanlarida ham katta
ilmiy salohiyat shakllanib,
izchil rivojlanayotir.
Ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari bu borada yaratilgan sharoitdan oqilona
foydalanib, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijasini keng namoyish
etmoqda. Bunday tadbirlar nanotexnologiya sohasidagi kashfiyot va ixtirolarni ishlab
chiqarishga joriy etishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ilgari ishlab chiqarish jarayonida Rossiya va Germaniyadan keltirilgan issiqlik
uzatkichlardan foydalanar edik. Olimlarimiz yaratgan yangi vosita sovuqda va
88
jazirama issiqda ham o’z xususiyatini o’zgartirmaydi, undan uzoq vaqt foydalanish
mumkin.
Bunday ishlar kelgusida nanofan va nanotexnologiyalarning
fundamental
asoslarini izchil rivojlantirish, uning natijalarini hayotimizning barcha jabhalariga
keng tatbiq etish, jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishda o’z samaralarini berishi
shubhasiz.
Xulosa qilib aytganda zamonaviy nanofizikani o’qitish jarayonida uning
yechilmagan muammolari va bu muammolar yechimining amaliy ahamiyati haqida
ma‘lumotlar berib borish, hamda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan
foydalanish ta‘limning sifat va samaradorligini oshiradi va bilim oluvchilarni tanqidiy
fikrlash va ijodiy yondoshishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: