180
bo'lgan barcha narsalar mavjuddir. Kattalarsiz bola mavjud bo'lolmaydi. Shuning
uchun bola kattalar bilan aloqa o'rnatish, o'zaro munosabatlarga kirishish
imkoniyatlariga ega bo’lishi zarur... ".
Bog’lanishning vujudga kelish turiga ko’ra ishonchli va ishonchsizga bo’lish
mumkin.
1.Ishonchli yoki mustahkam bog'lanish - bunday bolalarning eksperimentdagi
xatti-harakati quyidagilar bilan tavsiflanadi: bola notanish odamning ko'rinishiga
ijobiy javob beradi. Onasi ketganida u xafa bo'lib, keyin onasi qaytib kelganidan
xursand bo'lib, u osongina tasalli topishi mumkin. Oddiy sharoitlarda yashaydigan bir
yoshgacha bo'lgan bolalar orasida, odatda, 65-70% gacha ishonchli bog'lanish
mavjud.
2. Ishonchsiz bog’lanish bolaning atrof-muhitga ishonchsizligi va o'zining
zaiflik tajribasini aks ettiradi. O'ynash uchun yosh bolaga bitta muhim shart - ya’ni
onasi yonida bo’lishi zarur. Bu shart bolaning yangi, noma'lum, xavfli odam bilan
duch kelganida, dahshatni, xavotirni va qo'rquvni emas, balki ishonchni, qiziqishni
namoyon etishi uchun va faolligini rivojlantirishga imkon berish uchun muhim.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, tasvirlangan faktlarning eng chuqur talqini
ontogenezning dastlabki bosqichlarida shakllangan dunyoga bo'lgan asosiy ishonch
hissi onaning bolaga bo’lgan g'amxo'rligi va mehribonligining doimiyligiga
asoslangan. Bu tushuncha ushbu sohadagi eng katta mutaxassis - amerikalik psixolog
E.Erikson tomonidan ishlab chiqilib, shaxsning rivojlanish nazariyasiga kiritilgan.
Unga ko’ra dunyoga ishonch va ishonchsizlik tanlovi hayot sikli sakkiz bosqichining
birinchisi hisoblanadi. Dunyoga ishonchning yo'qligi ko'plab tadqiqotchilar
tomonidan eng qiyin va murakkab onalik deprivatsiyasi bilan kompensatsiyalangan
oqibati sifatida qabul qilinadi. Bu qo'rquvni, tajovuzkorlikni, boshqa odamlarga va
o'ziga nisbatan ishonchsizlikni, yangi narsalarni o'rganishni istamaslikni keltirib
chiqaradi.
Ikki holat, bolaning dunyoga bo'lgan asosiy ishonchiga ega bo'lishi uchun
zaruriy shartdir bular: onalik mehri va uning doimiyligidir. Shunisi ajablanarliki,
hissiy iliqlikni namoyish etish zarurati umume'tirof etilmagan. Ko'pincha, hatto
mehribon onalar ham bolalari erkalab ketmasligi va mustaqil ravishda o'sib-
ulg'aymasligi uchun ularni qattiqqo’llik bilan tarbiyalash kerak deb hisoblashadi.
Bunday
onalar
chaqaloqni
ko’tarmaslikka,
belgilangan
soatlardagina
ovqatlantirishga, yig’laganda esa yoniga bormaslikka harakat qiladilar. Bunday
tarbiyaning oqibatlari ko'pincha ayanchli bo’lib: bolalar 7-8 yoshga yetganda hissiy,
ruhiy buzilishlari natijasida, psixologik va tibbiy hizmatlarga shikoyat qiladilar.
E.Eriksonning bog’lanish konsepsiyasi nuqtai nazaridan bola hayotning birinchi
yilida onaning prinsipialligiga va o’zining mustaqilligiga emas, balki onalik
mehrining doimiy, o’zgarmas namoyon bo’lishiga muhtojdir. Ushbu masalaga
maxsus bag'ishlangan psixologik tadqiqotlarning hulosasiga ko’ra: kichkina bola
uchun e'tibor va g'amxo'rlik "juda ko'p" bo'lishi mumkin emas, agar bu e'tibor va
g'amxo'rlik har doim bolaning ehtiyojlarini inobatga oladigan bo'lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: