Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ислом каримов номидаги



Download 230,12 Kb.
bet6/27
Sana01.01.2022
Hajmi230,12 Kb.
#305718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
kurs ishi akkraditasiya

Akkreditatsiya o‘tkazish tartibi.

Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha quyida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda, yozma yoki elektron shaklda akkreditatsiya qilishga buyurtma (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) beradi.

Ariza beruvchilar buyurtmaga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni ilova qiladi:

akkreditatsiya qilinishi so‘ralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob’ektlari yoki sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarining ro‘yxati;

sifat bo‘yicha qo‘llanma va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari;

mahsulot, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspektsiya organi uchun qo‘shimcha ravishda — xodimlar va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sertifikatlashni (inspektsiyani) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi hujjat va inspektsiya organi tomonidan qo‘llaniladigan (zarur hollarda) texnika vositalari va asbob uskunalar to‘g‘risidagi hujjat;

sinov, kalibirlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari), metrologiya xizmatlari uchun qo‘shimcha ravishda — laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qo‘llaniladigan sinov, o‘lchov vositalari hamda sinov uskunasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, akkreditatsiya ob’ektiga aloqador qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim qilishi mumkin.

Markaz, taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni to‘liqligi yuzasidan buyurtmani o‘rganadi. Buyurtmani o‘rganish ijobiy natija bersa, u ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ikki ish kunidan kechikmay akkreditatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.

Arizachi tomonidan barcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.

Ariza beruvchi tomonidan to‘lov to‘langach, Markaz taqdim etilgan akkreditatsiya ob’ekti hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun Markaz joyida baholash o‘tkazishga qadar bu haqda akkreditatsiya ob’ektini xabardor qiladi. Ekspertizadan o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak.

Akkreditatsiya ob’ekti aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida xabarni qabul qilgandan so‘ng joyning o‘zida baholashni o‘tkazish uchun shartnoma imzolashni va keyingi akkreditatsiya jarayoni o‘tkazishni rad etish huquqiga ega va bu haqda Markazni yozma xabardor qiladi.

Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tugallanganidan so‘ng va akkreditatsiya ob’ekti joyining o‘zida baholashni o‘tkazish uchun to‘lov to‘langach, Markaz uch ish kuni davomida milliy va/yoki xalqaro baholovchilar va texnik ekspertlardan iborat baholash guruhini shakllantiradi.

Baholash guruhi tarkibi va baholash o‘tkaziladigan sana akkreditatsiya ob’ektining asoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinadi.

Baholash guruhi rahbari va tarkibi Markaz rahbarining yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxsning buyrug‘i bilan tayinlanadi.

Akkreditatsiya ob’ektining akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va akkreditatsiya ob’ekti so‘ralgan funktsiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash baholash guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Akkreditatsiya ob’ektini joyning o‘zida baholash muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini, shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashxis, metrologiya, metodologik, ishlab chiqarish va texnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya ob’ektini baholash muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.

Baholash tasdiqlangan rejaga muvofiq o‘tkaziladi. Baholash rejasi Markaz rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi akkreditatsiya ob’ektiga joyning o‘zida baholash o‘tkazishga qadar tanishish uchun taqdim etiladi.

Baholash guruhi akkreditatsiya ob’ektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har bir so‘ralgan faoliyat yo‘nalishini baholaydi.

Akkreditatsiya ob’ekti joyning o‘zida baholash o‘tkazish uchun shart-sharoitlar, shu jumladan baholash guruhiga zarur ma’lumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda xodimlar malakasini baholash imkoniyatini yaratadi.

Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini o‘rgangan holda so‘ralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qilishini kuzatish va suhbatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Baholash guruhi laboratoriyalararo qiyosiy sinovlar natijalarini va o‘lchov vositalarini kalibrlash hamda taqqoslash tekshiruv natijalari, shuningdek, so‘ralgan sohalarda nazorat sinovlari o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.

Tarkibiga akkreditatsiya ob’ekti kiradigan yuridik shaxsda sifat menejmentining sertifikatlangan tizimini mavjudligi akkreditatsiya ob’ekti uchun bu boradagi akkrreditatsiya talablari va shartlari bajarilganining tasdig‘i bo‘la olmaydi.

Joyning o‘zida baholash o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda, baholash guruhi rahbari Markazga tegishli raport taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Akkreditatsiya ob’ekti ko‘rsatilgan muddatda joyning o‘zida baholash o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.

Baholash yakunlari bo‘yicha baholash guruhining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (ular mavjud bo‘lganda) o‘z ichiga olgan hisoboti (keyingi o‘rinlarda hisobot deb ataladi) tuziladi.

Hisobot baholash guruhi a’zolari, shuningdek, o‘zining alohida fikrini (zarurat bo‘lganda) ifodalashga haqli bo‘lgan akkreditatsiya ob’ektining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.

Hisobot ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya ob’ektining vakolatli vakiliga beriladi.

Baholash guruhi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda (nomuvofiqlik mavjud bo‘lmaganda), uch ish kuni mobaynida hisobotni Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.

Baholash vaqtida nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa (shu jumladan, hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan nomuvofiqliklar), akkreditatsiya ob’ekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baholash bo‘yicha hisobot rasmiylashtirilgan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.

Akkreditatsiya ob’ekti asoslangan sabablarni yozma ravishda Markazga taqdim etgan taqdirda, nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati Markaz tomonidan bir marotaba bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga surilishi mumkin.

Akkreditatsiya ob’ekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari hisobotni ilova qilgan holda, akkreditatsiya bo‘yicha ishlarni tugatish to‘g‘risida Markazga raport taqdim etishi shart.

Markaz harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya ob’ekti tomonidan nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilganligi holatini, zarur bo‘lsa, joyning o‘ziga borgan holda o‘rganish uchun buyruq bilan baholash guruhiga vakolat beradi.

Baholash guruhi besh ish kuni mobaynida qabul qilingan harakatlarni ko‘rib chiqishni ta’minlaydi. Agar taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun etarli bo‘lmasa, baholash guruhi qo‘shimcha ma’lumot so‘rashga haqli.

Nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini o‘rganish muddati harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.

Baholash guruhi, nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uch ishi kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.

Markaz, hisobotni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Quyidagilar Akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:

akkreditatsiya ob’ekti u baholanayotganda zarur ma’lumotlarni taqdim etishni rad etishi;

akkreditatsiya ob’ekti tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda ishonchsiz yoki yolg‘on ma’lumot mavjudligi;

akkreditatsiya ob’ektining akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqligi;

aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik.

Akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risida boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari bo‘yicha qaror qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya ob’ekti o‘rtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi hamda uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks etadi:

Markaz va akkreditatsiya ob’ekti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shu jumladan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

akkreditatsiya belgisini qo‘llash shartlari va davlat reestri raqamidan foydalanish;

inspektsiya nazoratini o‘tkazish davriyligi.

Uchinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga (markazga), metrologik xizmatga, texnik jihatdan vakolat va mustaqillik yuzasidan akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Birinchi yoki ikkinchi tomon hisoblangan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyaga (markazga), metrologik xizmatga texnik jihatdan vakolat yuzasidan akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Markaz o‘zining rasmiy veb-saytida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash organlari, metrologiya xizmatlari davlat reestrini (keyingi o‘rinlarda Davlat reestrlari deb ataladi), shuningdek, baholovchilar va texnik ekspertlar reestrini yuritadi.

Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organlarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Davlat reestrlari tanishish uchun ochiq hisoblanadi.

Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma blankalari qat’iy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.

Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya ob’ektiga yozma shaklda xabarnoma yuboradi.

Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan Markaz huzuridagi appelyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.

Quyidagi hollarda akkreditatsiya ob’ekti takroriy akkreditatsiyaga buyurtmanoma taqdim etishi kerak:

akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin;

akkreditatsiya ob’ektining vakolatini baholashga qo‘yiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi yoki yangidan qabul qilingan normativ hujjat amalga kiritilgan vaqtdan boshlab uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda.




Download 230,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish