Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси



Download 1,36 Mb.
bet109/143
Sana21.02.2022
Hajmi1,36 Mb.
#15220
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
3. O‘z ustida ishlash.
Intizomli bo'lish har qanday faoliyatni tashkil etish uchun juda zarurdir. Kishi o'z intizomliligini namoyon qilish orqali jamiyatda birga ishlaydigan, birga yashaydigan, birga dam olayotgan kishilariga xurmatini bildiradi.
Intizom kishi shaxsining shakllanishida katta axamiyatga ega, u kishida jamoa talabiga bo'ysunishga, jamoat tomonidan o'rnatilgan qoidalarga bo'ysunishga, jamiyat manfaatiga zid ishlardan o'zini tiyishga, boshqalarga quloq solishga, o'z-o'zini kuzatib turishga o'rgatadi. Shuning uchun xam intizom butun ta'lim-tarbiyaviy ishning natijasi deb qaralmog'i lozim.
O‘quvchilik davrimizda fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rar edik. O‘sha paytlardagi bizga saboq berayotgan o‘qituvchimiz juda ajoyib usul qo‘llagan edi. Uning usulini uch bosqichga bo‘lish mumkin.
U birinchi bosqichda biz bilan xuddi onamizday shug‘ullanardi. Qachon nima so‘rab borsak, erinmay o‘rgatardi. Yo‘l- yo‘riq ko‘rsatardi. Uning uchun vaqtning ahamiyati yo‘q edi. So‘ragan vaqtimizda o‘rgatar edi.
Lekin ikkinchi bosqichda u bizni ko‘pincha yolg‘iz qoldira boshladi. So‘ragan savollarimizni o‘zimizga tashlab qo‘ydi. Albatta, bu bizni biroz bo‘lsa-da ranjitardi. Bunga javoban u: “Sizning hayotdagi eng katta yutug‘ingiz o‘z ustingizda ishlashni o‘rganishingiz”, derdi.
Albatta, uning bu ishlari o‘z samarasini bera boshladi. Oldinda fan olimpiadalari bor. Tayyorgarlik ko‘rmasa bo‘lmaydi. Biz majburan o‘z ustimizda ishladik. Uchinchi bosqichda esa endi ko‘proq o‘qituvchimizga qiyin bo‘la boshladi. Biz shug’ullanib shu darajaga yetgan edikki, biz ishlay olmagan masalalarni yechishda u ham juda qiynalar edi. Natijada biz unga shu masalani yechishda yordamlashib yuborganimiz uchun u bizni mukofotlar edi.
Keyinchalik o‘z ustimda ishlashni o‘rganish qo‘l kelib, mustaqil ravishda boshqa fandan tayyorgarlik ko‘ra boshladim. Chunki bu menga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun muhim fan edi. Bir yil o‘tar-o‘tmas o‘quv dargohimizning shu fan bo‘yicha eng kuchli o‘qituvchilari ham qiynalgan masalalarida men bilan maslahatlashadigan bo‘lishdi. 
Keyinchalik talabalik davrimda ham, ish faoliyatimda ham aynan o‘z ustimda ishlay olishim ko‘plab muvaffaqiyatlarimga sabab bo‘ldi. Bilmaydigan nimagadir duch keldimmi, darhol o‘zim mustaqil ravishda vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidira boshlaydigan bo‘ldim. Bularning barchasiga sababchi bo‘lgan o‘sha ustozimdan esa doimo minnatdor bo’lib yurdim.
Yuqoridagi, voqea, balki sizga to‘qima yoki maqtanchoqlik bo’lib tuyilishi mumkin. Lekin bu voqealar haqiqatda mening hayotimda bo‘lib o‘tgan va shular orqali ancha yuqori natijalarga erishganman. 
Ko‘pchilik talabalarning hayotidagi asosiy muammolardan biri o‘z ustida ishlay olmaslik hisoblanadi.
Biror masalani yechishga soatlab vaqtingizni sarflang. Lekin yechish yo‘lini o‘zingiz toping. Bu vaqtda erishgan tajriba, o‘rgangan bilimingiz sizga bir umr yo‘ldosh bo‘ladi. Ustozingiz yechgan masalani esa ko‘chirib olasiz-da, yana shunday savolga duch kelganingizda yana yecholmay ovora bo’lasiz. 
Qancha vaqt sarflasam ham yecha olmayapman desangiz yanglishasiz. Vaholanki, siz bu paytda daftar-kitoblaringizni titkilab, savolning yechilish yo‘lini qidirib o‘tirishingiz lozim. Berilgan savolni har tomonlama yechishni o’ylang. Bir amallab yechgandan keyin ustozingizga oborib ko‘rsating. Balki, yechishda xatolikka yo‘l qo‘ygandirsiz. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish