Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. O rannem komp'yuternom obuchenie i ego vliyanie na razvitie 
rebenka.http://www.rusedu.info/article849.html.
2. G`ulomov S.S., SHermuhamedov A.T., Begalov B.A., 
"Iqtisodiy informatika" T. O`zbekiston. 1999y. 527b. 
3. Aksenova N.V., Borovskaya L.A. Komp'yuter i problemno-
dialogicheskoe obuchenie na urokax okrujayushego mira J. 
Nachal'naya shkola plyus Do i Posle. ¹7, 2007, s 1-4. 
 
 
 
SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA 
BOLALARDA IJODIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISH 
 BuxDU Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi 
D.Sh.Eshova 
 


115 
Annotatsiya: Ijodiy faollikni oshirishda bolalarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, sahnalashtirish faoliyatining 
o’rni to’g’risida fikr yuritiladi. 
Tayanch so’zlar: sahnalashtirish, ijodiy faollik, iqtidor, ob’yektiv 
borliq, teatrlashtirilgan faoliyat, axloqiy-estetik tarbiya. 
Аннотация
Рассмотрена 
роль 
театрализованнной 
деятельности в развитии творческой способности с учетом 
возрастных особенностей детей. 
Ключевые слова: театрализация, творческая активность, 
объективное 
существование 
таланта, 
театральная 
деятельность, нравественно-эстетического воспитания. 
 
Annotation: The role of theatrical activity in the development of 
creative ability is Considered, taking into account the age 
characteristics of children. 
Key words: theatricalization, creative activity, the objective 
existence of talent, theatrical activity, moral and aesthetic 
education.
 
 
Mustaqil Respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash muhim 
hayotiy vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim 
tashkilotining ”Ilk qadam” davlat dasturi O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni 
rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab 
chiqilgan. Bu hujjat me`yoriy-huquqiy hujjat bo`lib, unda 
maktabgacha ta`lim muassasining maqsad va vazifalari, o`quv 
tarbiyaviy faoliyatining asosiy g`oyalari ifodalangan, shuningdek, 
ta`limning keyingi bosqichiga o`tishidagi asosiy kompetensiyalari 
belgilangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya yoshdagi 
bolalarni ijodkorlik hissini o’stirish “Ilk qadam” davlat dasturida 
ko‘rsatib o‘tilgan. 
Bolalarda 
maktabgacha 
kichik 
yoshidanoq 
ijodiy 
faollikalarini shakllantirishda turli bayram tadbirlarida ishtirok 
etish, sahnaviy ko’rinishlarda rollar ijro etish, she’rlar yod olish, 
o’yinlar orqali qobiliyatlarini namoyon etish, tarbiyachi 
yordamida oddiy sodda buyumlar tayyorlash, qog‘ozdan 
esdaliklar yasash, bayramlar uchun ijodiy ishlar, harakatli 


116 
o‘yinchoqlar tayyorlash ishlar, applikatsiya, tabiiy va tashlndiq 
materiallar bilan ishlash muhim o‘rin tutadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda 
sahnalashtirish faoliyatidan samarali foydalanish − bolalarning 
iqtidori, ob‘ektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini 
yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan 
yanada ahamiyatlidir. 
Maktabgacha 
ta‘lim 
muasasalarida 
teatrlashtirilgan 
faoliyatning barcha yo‘nalishlariga katta e‘tibor berish lozim va 
shart, chunki ular, 
* jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish modelini yaratishni; 
* milliy va ma‘naviy qadriyatlarni singdirib borgan holda 
bolaning madaniyatini oshirishni; 
* bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san‘at, o‘zini tutish odobi, 
milliy an‘analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va bu 
boradagi qiziqishini muntazam oshirib borishni; 
* to‘g‘ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni 
o‘yinlar orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi. 
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki 
kechinmalari, 
munosabatlari, 
emotsional 
faoliyatining 
rivojlanishiga ya‘ni asar qahramonlariga munosabat bildirish, 
ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan birga 
boladagi ijodiy faollikni o‘yin, fantaziya, to‘qib chiqarish orqali 
kengaytiradilar. Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini 
rivojlantirish uzviy bog‘liq bo‘lib, qahramonlarning so‘zlari, bola 
nutqi bilan uyg‘unlashib uning so‘z boyligini ortiradi, nutqining 
tovush madaniyat mukammalashadi. 
Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘z ichiga ertaklardan lavhalar 
qo‘yish, rasmga qarab rolli suhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga 
oid mustaqil improvizatsiya (o‘xshatish) qilish (kulguli voqealar, 
qiziq hodisalar va hokazo); qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va 
uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan o‘yinlar, rolni ijro 
etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); 
bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi. 
Teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jamoani 
to‘g‘ri yo‘naltirishda tarbiyachi katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachi 


117 
nafaqat ifodali o‘qishi yoki aytib berishi, balki ko‘rishi, eshitishi, 
obrazga kirishi, ya‘ni akterlik va rejisserlik mahoratlariga ham 
ega bo‘lishi zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan 
faoliyatga qiziqishi uyg‘otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini 
ijobiy tomonga o‘zgarishiga yo‘l ochadi. Tarbiyachi o‘zining 
aktyorlik 
faolligi 
bilan 
tortinchoq 
bolalarni 
faqatgina 
tomoshabinga aylantirib qo‘ymasligi, har bir bolani diqqat bilan 
kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo‘llab 
quvvatlashi, ularning xato qilish va sahnaga chiqishda «qo‘rqish», 
«artist» va «tomoshabin»ga bo‘linib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. Shuning uchun tarbiyachi har bir bolaga nisbatan befarq 
bo’lmasligi lozim. 
Quyidagi vazifalar teatrlashtirilgan faoliyatni shakllantirish 
bo‘yicha amalga oshiriladigan darslar majmuasi davomida hal 
etiladi: 
-
tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy o‘z o‘ziga 
ishonish tuyg‘ularini shakllantirish; 
-
bolalarda ijodiy faoliyatning barcha jabhalariga qiziqish 
uyg‘otish; 
-
improvizatsiya (o‘xshatish) qilish ko‘nikmalarini egallash; 
-
nutq 
faoliyatining 
barcha 
shakl, 
funktsiya 
va 
komponentlarini rivojlantirish; 
-
bilish ko‘nikmalarini mukammallashtirish. 
Ijodiy faoliyat bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan 
holda oddiydan murakkabga qarab yo`naltirib borilishi maqsadga 
muvofiq. Masalan, o`rta guruh uchun asosan harakatni aks 
ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar 
qahramonlarining 
ancha 
murakkab 
munosabatlari, ularning 
kechinmalari, 
xursandchiliklari, 
kulgilari, 
munosabatlari, 
qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. Ertak va hikoyalarni 
bolalar 
ko`pincha 
o`zlarining 
ijodiy 
rolli 
o`yinlarida 
sahnalashtiradilar, bu o`yinlarda tulki, sichqon, xo`roz, quyon 
kabi personajlarni o`yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning 
badiiy 
asarlarini 
tarbiyachi 
rahbarligida 
bolalar 
sevib 
sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi 
hikoya yoki ertak qahramonlarining o`ziga xos xususiyatlarini 


118 
aniqlashga harakat qiladi. Har xil she‘r, ertak qahramonlarining 
o`ziga 
xos 
xususiyatlari 
mana 
shunday 
o`rganiladi. 
Teatrlashtirilgan o‘yinlar davomida bolalarda;
- atrof olam haqidagi tushunchalari kengayadi; tasavvur, ong, 
anglash kabi psixologik tushunchalari rivojlanadi: 
- ko‘rish, eshitish, so‘zlab berish kabi turli analizatorlar 
rivojlanadi; 
- so‘z boyligi, grammatik nuqtai nazardan to‘g‘ri gapirish, o‘z 
fikrini to‘g‘ri ifodalash, talaffuz, temp, so‘z intonatsiyasi va 
ifodasi faollashadi va yaxshilanib boradi. 
Sahnalashtirilgan asarlar bolalarning eshitgan asar yoki 
ertagidan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq 
qilish imkonini beradi. Bu o`yinlar bolalarda iroda, intizom, o`z
harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish 
kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. 
Sahnalashtirish bolalarni qayta so`zlashga o`rgatish usullaridan 
biridir. Ba‘zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta 
so`zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo`lmaydi, ammo unga 
o`yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o`sha asar 
mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. 
Bunday o`yinda bola o`zini o`sha asardagi qahramon o`rnida 
his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib 
boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so`zlab berish boladagi 
xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida 
mavjud 
bo`lgan 
ijobiy 
sifatlarni 
egallashga 
intiladi. 
Sahnalashtirilgan o`yinda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni 
bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi. 
Xilosa qilib shuni aytish lozimki, bolalarning ijodiy 
qobiliyatlarini tarbiyalash, agar u maqsadga muvofiq jarayon 
bo'lib, uning davomida yakuniy maqsadga erishishga qaratilgan 
bir qator muayyan pedagogik muammolar hal etilsa samarali 
bo'ladi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish