Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Ключевые слова: дошколньная организация, воспитатель,
занятия, семья. 
Аnnotation: This article discusses the role of the family in human life 
and the development of love for parents and family members. 
Key words: presschool organization, family, values, attitude, family. 
Oila – avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan urf – odatlar, an’ 
analar, qadryatlarning uzviyligini saqlaydigan muqaddas maskandir. 
O’rta asrlarda bizning Sharq diyorimizda, islom ta’limotida ham oila – 
har doim tarbiyaning muhim bo’g’ini sifatida qadrlangan . Aynan oilada 
itoatkorlik, kamtarlik, ishonch, mehr – muhabbat, do’stlik, kattalarga 
hurmat, kichiklarga izzat, sadoqat kabi ijobiy fazilatlar shakllanadi. 


50 
Buyuk mutafakkirlarimizning asarlarida ham, hayot faoliyatlarida ham 
oilaning 
qay 
darajada 
ulug’langanligining 
guvohi bo’lamiz. 
Bobokalonlarimiz Abu Ali ibn Sino, Forobiy, G’azzoliy kabi 
mutafakkirlar bola tarbiyasiga jiddiy qarashga undab, tarbiyani “ ona 
qorinligidayoq “ boshlashga da’vat etganlar, ya’ni ota – onaning o’zi 
ham hamisha o’z ustida ishlashlariga alohida urg’u berganlar. Bola 
qanday sharoitda tarbiyalanadi, uning oilasi qanday yo’l tutadi, bu 
o’zining kelajakdagi oilasining umidlarining shakllanishi uchun asosdir. 
Shuning uchun ham bolalarga to’g’ri xulq – atvor, ota – onalar 
o’rtasidagi yaxshi munosabatlar namunasini berish juda muhimdir. 
Bolalar bilan qadryatli munosabatlarda odob – axloq qoidalariga doir 
suhbatlar olib borish o’z o’rniga ega. Oila – inson hayotida muhim 
ahamiyatga ega, zero inson oilada tug’iladi, kamol topadi, yashaydi. 
Inson uchun bu hayotda eng mehribon insonlar bu: ota –onalar va oila 
a’zolardir . Har bir insonning oilasi oldida o’z burch va majburiyatlari 
mavjud. Bolalarga oilaning muqaddasligi, ota – onaning farzand 
tarbiyasidagi ahamiyatlari, inson hayotidagi tutgan o’rni , oila 
a’zolariga hamisha iliq va muhabbat bilan munosabatda bo’lishi, oilada 
uy yumushlariga qarashish, oiladagi har bir buyumni asrab – avlash 
kabi ijobiy fazilatlarni yoshlikdan o’rgatib borish zarur. Yaxshi 
amallarni o’z oilasida qilgan inson keyinchalik butun bir xalqqa va 
vatanga beminnat xizmat qiladigan barkamol shaxs sifatida kamol 
topadi. 
Xalqimizda bolalarning tarbiyasiga azaldan jiddiy yondashilgan. 
Bunday ishlar hozir ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Yurtimizda 
uzluksiz ta’limning dastlabki bo’g’ini bo’lgan Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlaridagi mashg’ulotlarda ham alohida e’tibor qaratilgan . Zero 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’quv dasturi “ Ilk qadam “
Davlat dasturining “Sentabr oyi“ dagi “O’zbekiston – mening vatanim 
“ mavzusi tarkibida, oyning uchinchi haftasida “Mening oilam“
haftalik mavzu sifatida, “Mart oyi“ ning birinchi haftasi“ da esa 
“Onamning tug’ilgan kuni“ sifatida, shuningdek, ertalabki suhbatlarda 
ham oila mavzusi qamrab olingan. Diqqat qiladigan bo’lsak, “Mening 
oilam “ mavzusi “Vatan“ mavzusi bilan bevosita bog’langan holda 
olinganini ko’ramiz. Chunki xalqimizda “Vatan – ostonadan 
boshlanadi “ degan maqol ham buning yaqqol isbotidir. “ Mening 
oilam“ haftalik mavzusi davomida bolalar “Uy qurish“, “Buvimiznikida 
mehmonda“ , “Kim nima bilan band?“ , “Mening oilam“ mavzusida 
rasm va applikatsiya ishlari bajarish va “Onam uchun geometrik 


51 
shakllardan munchoq teramiz” kabi mavzular bilan tanishishadi hamda 
bularning barchasi bolaning mayda va yirik motorikalarini, 
ziyrakliklarini, diqqatni jamlashlarini, xotiraning mustahkamlanishiga
xizmat qilibgina qolmay, oilaga nisbatan mehr – muhabbatning yanada 
oshishiga xizmat qiladi. Mashg’ulot davomida tarbiyachi bolalar bilan 
har bir bolaning oilasi haqida suhbatlar uyushtiradi va bu jarayonida, 
bola uchun oila a’zolarining qilayotgan ishlari va berayotgan mehr – 
muhabbatlariga nisbatan uning qalbida iliq hislar paydo bo’ladi , o’z 
uyining va oila a’zolarining rasmini chizayotganida ularning qadrlari 
haqida tafakkur qiladi, oila a’zolariga atab bayramlarda she’rlar 
yodlashga, o’z qo’li bilan oila a’zolariga atab turli buyumlar yasashga 
harakat qilish – bularning barchasi bolaning oilaga nisbatan mehrli, 
mas’uliyatli bo’lishiga, shunigdek bola tarbiyasidagi ijobiy 
fazilatlarning shakllanishi va yanada rivoj topishiga alohida xizmat 
qiladi .Shu o’rinda muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 
quyidagi so’zlari yodimizga tushadi : “Odamlarning manfaatlarini 
o’ylab yashash – odamiylikning oliy ko’rinishidir“ . Inson, avvalo, o’z 
oila a’zolariga nisbatan e’tiborli va ularga chin dildan yordam qila 
olsagina, xalqi va vataniga foydasi tegadigan shaxs bo’la oladi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu ma’lum bo’ladiki, insonning 
barkamol va komil inson sifatida kamol topishida va yashashida 
Oilaning o’rni beqiyos ekan. Shuning uchun ham oilaga nisbatan mehr 
– muhabbatning shakllanishtirilishi, maktabgacha tarbiya yoshidan 
boshlanishi bejiz emas.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, MTT tarbiyalanuvchilarida 
oilaga nisbatan iliq munosabatni shakllantirish uchun, oilaga mehr 
hissini uyg’otib, milliy qadryatlar, urf – odatlar orqali bolani 
tarbiyalashda MTTda ta’lim – tarbiya jarayoni uchun yetarli muhitni 
yaratish, MTT va oila o’rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga 
e’tibor qaratish zarurdir
.
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish