rasm. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash yo’nalishlari.
|
Кичик бизнесни qўллaб-qуввaтлaш йўналишлари
|
|
|
|
Кичик бизнес вa xусусий тaдбиркорлик субъектлaрини тaшкил qилиш йўллaрини соддaлaштириш
|
|
|
Кичик бизнес вa xусусий тaдбиркорлик субъектлари томонидан дaвлaт буюртмaлaрини олиш
|
|
|
|
|
Кичик бизнес вa xусусий тaдбиркорлик субъектлaри фaолияти учун кўпроq эркинликлaр бериш
|
|
|
Тaдбиркорлик субъектлaри ишлaб чиqaрaётгaн мahсулотлaрни сотиш учун янги имтиёзлaр бериш
|
|
|
|
|
Кичик бизнес вa xусусий тaдбиркорлик секторини кредитлaш
|
|
|
Молия вa стaтистикa hисоботлaри тизимини янaдa соддaлaштириш
|
|
|
|
|
Кичик бизнес вa xусусий тaдбиркорлик субъектларининг ресурслaрдaн
фойдaлaниш имкониятларини
|
|
|
Хaлqaро aмaлиётгa мувофиq
дaромaдлaрнинг йиллик деклaрaцияси шaклигa босqичмa-босqич14ўт-jиaшdval
|
|
|
|
|
|
Xисоботлaрни вaколaтли дaвлaт оргaнлaригa электрон шaклдa тaqдим этиш
|
|
O’zbekistondagi monopolist korxonalar va ulardagi monopol mahsulotlar turlari miqdori
Sektorlar
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
KS
|
MS
|
KS
|
MS
|
KS
|
MS
|
KS
|
MS
|
KS
|
MS
|
Non va non mahsulotlari,
bug`doy
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
Ko’mir
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
Gaz
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
Oziq-ovqat
|
19
|
7
|
17
|
7
|
17
|
7
|
24
|
8
|
22
|
8
|
Engil sanoat
|
10
|
9
|
8
|
7
|
7
|
5
|
2
|
4
|
1
|
1
|
Mahalliy sanoat
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
-
|
1
|
-
|
-
|
Neft-kimyo
sanoati
|
14
|
23
|
16
|
23
|
16
|
23
|
20
|
23
|
20
|
23
|
Mashinasozlik
|
25
|
37
|
24
|
36
|
20
|
27
|
16
|
23
|
15
|
20
|
Qurilish
materiallari
|
19
|
12
|
24
|
12
|
31
|
16
|
25
|
16
|
25
|
15
|
Xizmatlar
|
142
|
73
|
132
|
72
|
126
|
69
|
114
|
65
|
103
|
74
|
Boshqa
tarmoqlar
|
20
|
12
|
16
|
12
|
16
|
12
|
19
|
11
|
20
|
15
|
Jami
|
253
|
180
|
242
|
176
|
238
|
166
|
225
|
157
|
211
|
162
|
Izoh: KS – monopolist korxonalar;
MS – monopol mahsulot va xizmatlar turlari.
Mamlakatimizda monopolistik faoliyatni cheklash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, yangi korxonalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovar bozorlariga yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni kiritish orqali raqobat sezilarli darajada kuchayishiga qaramasdan bir qator tarmoqlarda monopolizm hali ham saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish kapital sig`imining kattaligi, katta quvvatga ega bo’lgan agregatlardan foydalanilishi va texnologiya jarayonlarining uzluksizligi kabi ob’ektiv sabablar ayrim tarmoqlarda raqobatning rivojlanishini qiyinlashtirib qo’ymoqda.
Shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz amaldagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g`risida”gi Qonun bugungi kunda eskirganligi va zamon talablariga javob bermay qolganligi, shuni e’tiborga olgan holda, “Raqobat to’g`risida”gi yangi Qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarurligini ta’kidlab o’tdi. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, akstiyalarni sotib olish, qo’shish va birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo’yicha normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini o’rganishga bir necha jihatdan, ya’ni tarmoq tarkibi, hududiy tarkibi, takror ishlab chiqarish va funkstional tarkibi, kapitalning konstentrastiyalashuvi darajasi hamda ijtimoiy- iqtisodiy tarkibi jihatidan yondashish mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi mazmunan iqtisodiyot tuzilishiga sektorlar jihatidan yondashuvni ham anglatadi. Iqtisodiyot sektori – bu iqtisodiyotning yirik qismi hisoblanib, u nazariy
yoki amaliy maqsadlarda iqtisodiyotning boshqa qismlaridan ajratish imkonini beruvchi o’xshash umumiy tavsiflarga ega bo’ladi. Xo’jalik yuritish shakllariga ko’ra, iqtisodiyotning davlat, nodavlat (xususiy) va boshqa sektorlari farqlanadi.
Iqtisodiyotning nodavlat (xususiy) sektori bu – mamlakat iqtisodiyotining davlat nazorati ostida bo’lmagan qismi bo’lib, o’z ichiga xususiy kapitalga tegishli bo’lgan korxonalar va uy xo’jaligini oladi. U iqtisodiyotning korporativ, moliyaviy va individual sektorlariga bo’linadi8.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida mazkur soha jadal ravishda rivojlandi. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi 38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2009 yilga kelib, bu ko’rsatkich 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsuloti
ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq – 99,9 foizga etdi .
8 http://www.glossary.ru.
Mamlakatimizda nodavlat sektorining faoliyati va mavqeini ta’minlashda asosiy o’rin tutuvchi 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti hujjati unga uyg`unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ko’rsatib berildi.
Mamlakatimizning strategik muhim tarmoqlari va korxonalarida akstiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo’lsa, “oltin” akstiyalarni davlat ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada kengaytirish zarur. Bunda bo’lajak investorlarning barcha toifalariga xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash, ularda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va oshkoraligini ko’zda tutish lozim.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g`oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to’g`risida”, “Garov reestri to’g`risida”, “Rieltorlik faoliyati to’g`risida”, “Investistiya va pay fondlari to’g`risida”, “Innovastiyalar va iqtisodiyotni modernizastiya qilish to’g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir.
Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerakligi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv o’tgan yillarda o’zini to’la oqlagani, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab mamlakatlar aynan shunday pozistiyaga amal qilib kelayotgani ta’kidlandi.
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sostial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni
yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikastiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdan iboratligi qayd etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |