4-Mavzu. Kollektivlashtirish davrida dehqonlar ommasining qatag‘on qilinishi. Sovet mustamlakachiligi davrining fojeali, alamli, aytish mumkinki, dahshatli, qonli sahifalaridan biri 30-yillardagi siyosiy qatag‘on bo‘lib, bu mudhish siyosat va amaliyot girdobiga aholining boshqa qatlamlari kabi dehqonlar ommasining ham tortilishi bo‘ldi.
Sovet davlati amalda dehqonlar bilan fuqaroviy urush olib bordi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshida olib borilgan bu urush tufayli millionlab dehqonlar ommasi siyosiy qatag‘on qilindi, quloqqa tortildi, otuvga hukm etildi, uzoq, begona yurtlarga majburan, zo‘ravonlik bilan badarg‘a qilindi. O‘rta Osiyodan «quloq xo‘jaliklari» Ukrainaga, Shimoliy Kavkaz o‘lkasiga, Shimoliy Qozog‘istonga, O‘rta Osiyoning ichki, o‘zlashtirilmagan, dasht, cho‘l zonalariga surgun qilindi. Ular bu «quloqlar surguni»daligida mislsiz og‘ir va dahshatli hayot kechirdilar, chor Rossiyasi davridagi krepostnoy dehqonlardan ham beshbattar fojeaviy, qullarcha tiriklik qilishga mahkum etildilar. Mudhish uchliklarning hukmi bilan qamoq jazosini olgan «quloqlar» sobiq qizil saltanatning barcha xududlaridagi GULAG lagerlariga etap qilingan. Ularning ko‘pi o‘sha joylarda kafansiz, janozasiz o‘lib ketdilar. 1937-1938 yillardagi «katta terror» avjiga mingan dahshatli damlarda esa ham surgun qilinganlarning, ham lagerlarda mahbuslik azobini tortayotganlarning bir qismi takroran qatag‘on qilingan, ko‘plari otib yuborilgan. Tariximizning bu achinarli, qayg‘uli, xasratli, armonli sahifasi buyuk Istiqlolimiz tufayli yaratilmoqda.
5-Mavzu. 1934-1936 yillarda siyosiy qatag‘on. Yuriy Kozenkovning ko‘rsatishicha grajdanlar urushidan so‘nggi va Stalin vafotiga qadar butun terrorni uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrda 1928 yildan 1936 yilgacha bo‘lgan vaqtda Menjinskiy1 apparati terror va repressiya qilgan va Yagoda2ning apparatini terror va qatag‘on qilgan.
Ikkinchi davrda Yejov3 apparatini repressiya qilgan va uchinchi davrda Beriya4 apparati 1939 yildan 1952 yilgacha repressiya va terrorni amalga oshirgan.
6-Mavzu. «Katta terror»ning O‘zbekistondagi fojeasi.1937-1938 yillar. 1937-1938 yillarda sobiq qizil saltanat tarixiga qatag‘onning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan davri, «Katta terror»ning apogechsi sifatida kirgan. So‘nggi vaqtda chiqqan ayrim asarlarda respublika va xorijda e’lon qilingan qator ilmiy maqolalarda 1937-1938 yillarda qatag‘on bo‘lganlarning ma’lum qismi haqida yangi tarixiy ma’lumotlar ilmiy iste’molga kiritildi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, hozirgacha sovet jamiyati elitasiga qarshi qilingan terror to‘g‘risida tarixchilar tomonidan ko‘p ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ammo terror girdobida, to‘lqinida yo‘q bo‘lib ketgan oddiy sovet fuqarolarining taqdiri to‘g‘risida juda ham oz miqdorda ishlar qilinmoqda.
1937 yil 30 iyulda SSSR ichki ishlar xalq komissarining (N. Yejov imzolagan) “Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va boshqa antisovet elementlarni qatag‘on qilish bo‘yicha operatsiya to‘g‘risida”gi 00447-sonli operativ mutlaqo mahfiy tamg‘a ostidagi buyrug‘ida antisovet uyushmalarni tergov qilish materiallarida avvalida qatag‘on qilingan, qatag‘on bo‘lishdan yashirinib yurgan, lagerlardan, surgunlardan va mehnat posyolkalaridan qochib kelgan sobiq quloqlarning katta qismi qishloqlarda o‘rnashib qolgani qayd etilgan. O‘tmishda ko‘plab qatag‘on qilingan cherkovchilar va sektantlar, sovetlarga qarshi qurolliy chiqishlarning sobiq ishtirokchilari ham qishloqda o‘rnashib olgani ta’kidlangan. Qishloqda mavjud bo‘lgan va ularning qoldig‘i siyosiy partiyalar (eserlar, gruzmekilar, dashnoqlar, mussavatchilar, ittixodchilar) xodimlarining, shuningdek banditlar qo‘zg‘olonining sobiq faol ishtirokchilari, oq jazochilar, reapatriantlarning katta qismiga ham deyarli tegilmagani buyrug‘da ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |