O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yhatga olindi.
|
“Tasdiqlandi”
|
№ _________________
|
O’quv ishlari bo’yicha prorektor, b.f.n., dotsent A.Sh.Mamatyusupov
|
2018 “__” _________
|
“____” __________2018 - yil
|
O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATINI AMALGA OSHIRGAN QATAG`ON SIYOSATI FANINING
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5120300–Tarix ( jahon mamlakatlari bo‘yicha)
Andijon – 2018
Andijon davlat universiteti Kengashi qaroriga muvofiq, 2018 yil “___”_________ dagi _____ -sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
Fan dasturi Andijon davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashining 2018 yil, “ ___ ”_______ 1 –sonli bayoni bilan ma’qullangan
Fan dasturi Andijon davlat universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
R. Shamsutdinov – ADU, “O`zbekiston tarixi” kafedrasi
professori, tarix fanlari doktori;
Taqrizchilar:
S. Xoshimov – ADU, “O`zbekiston tarixi ” kafedrasi dotsenti,
tarix fanlari nomzodi;
O`. Ubaydullayev – ADU, “O`DJQNA” kafedrasi dotsenti,
tarix fanlari nomzodi.
Fanning o’quv dasturi Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti kengashining 2018 – yil “___ ” avgustdagi 1 – son majlisida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan.
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
O`zbekistonda sovet hokimiyatini amalga oshirgan qatag`on siyosatini fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar fani 5120300 – “Tarix (jahon mamlakatlari bo`yichi)” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasining umumkasbiy shuningdek ixtisoslik fanlari bloki tarkibiga asosiy fanlardan biri sifatida kiritilmagan bo‘lsada, lekin bu fanning talabalarning O`zbekistonda sovet hokimiyatini amalga oshirgan qatag`on siyosatini fanini o‘qitishda O`zbekiston tarixi fanidan yanada chuqurroq bilim olishini e`tiborga olgan holda universitetning “Tarix (jahon mamlakatlari bo`yichi)” ta’lim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasiga qo`shimcha fan sifatida kiritildi. Ushbu kursda O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘onlik siyosati fani haqidagi bilimlarni qaror toptirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalar o‘rganiladi.
O`zbekistonda sovet hokimiyatini amalga oshirgan qatag`on siyosatini fanini o‘qitishda “Tarix (jahon mamlakatlari bo`yichi)” ta’lim yo’nalishi o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokidagi O‘zbekiston tarixi, arxivshunoslik fanlari bilan bog‘liqdir. Bu kurs Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka boshqaruv tizimi, uning funksiyalari, Turkiston o‘lkasi moddiy boyliklarini Rossiya imperiyasi manfaatlari yo‘lida ekspluatatsiya qilinishi, mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasi mahalliy xalqlarining madaniy, ma’naviy hayoti va qatog`onchilik masalalarga qaratilgan.
Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |