MIKROORGANIZMLAR AUTEKOLOGIYASI MIKROORGANIZMLARGA
TASHQI MUHIT OMILLARINING TA’SIRI. ULARNING O‘ZARO VA BOSHQA
ORGANIZMLAR BILAN MUNOSABATI
Reja:
1. Tashqi muhit omillari va ularning mikroorganizmlarga ta’siri.
2. Mikroorganizmlarga harorat, gidrostatik bosim, muhit рh-i va tuzlarning ta’siri
3. Mikroorganizmlarning o‘zaro va boshqa organizmlar bilan munosabati
Ma’lumki, mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas
bog‘liqdir. Tashqi muhit faktorlari turli-tuman bo‘lib, ularni uch gruppaga ajratish mumkin:
I. Fizik faktorlar: temperatura, namlik, yorug‘lik, eritmalar konsentratsiyasi va
boshqalar.
2. Ximiyaviy faktorlar: muhitning rN-i, oksidlanish va qaytarilish sharoiti, turli
kimyoviy moddalarning ta’siri.
3. Biologik faktorlar: mikroorganizmlar orasidagi antagonizm, simbioz, metabioz,
antibiotiklariing ta’siri, vitaminlar, faglar va boshqa faktorlar.
Umuman, mikroorganizmlarga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
- Harorat;
- Bosim;
- Namlik;
- pH;
- ultrabinafsha nurlar;
- rentgen nurlar;
- ultratovush to‘lqinlari;
-
mikrorlarning o‘zaro munosabati.
Mikroorganizmlarning tevarak-atrof muhit temperaturasiga bo’lgan munosabati juda
katta qiziqish tug’diradi, chunki temperatura faqat biror mikroorganizmning rivojlanish
tezliginigina emas, balki uning rivojlanish imkoniyatini ham belgilaydi. Har bir organizmning
hayot faoliyati muayyan temperatura chegarasiga ega, lekin odatda bu chegaradan chiqib ketadi.
Temperaturaga bog’liqlik, odatda, uchta kardinal nuqta bilan: minimum, optimum va maksimum
bilan ifodalanadi. Minimaldan past temperaturada mazkur organizm yashay olmaydi, optimal
temperaturada organizm juda tez rivojlanadi; maksimal temperaturada esa mikroorganizmlarning
hayot faoliyati tugaydi. Bu kardinal nuqtalar turli xil mikroorganizmlar uchun har xildir.
Optimal temperaturaga munosabatiga ko’ra, barcha mikroorganizmlar uch gruppaga
bulinadi.
Birinchi gruppaning temperatura optimumi 20° ga yaqin bo’ladi. Bular psixrofil
mikroorganizmlardir. Bularga asosan shimoliy dengizlarda va shimol tuproqlarida yashaydigan
mikroorganizmlar kiradi. Bu mikroorganizmlar 0° dan + 25 — 30° gacha bo’lgan temperatura
sharoitida rivojlana oladi, ba’zan ular noldan past temperaturada ham juda sekinlik bilan o’sadi.
Ikkinchi gruppaning temperatura optimimumi 20 — 35° bo’ladi. Bu gruppa
mikroorganizmlar uchun temperatura 3° dan to 45 — 50° atrofida o’zgarib turadi. Bular mezofil
mikroorganizmlar deb atalib, ko’pchiligi hamma joyda tarqalgan bakteriya va zamburug’lardir.
Termofillar (termos - issiq). Bu guruhga mansub bakteriyalarga aktinomitsetlar, ba’zi bir
ko’k – yashil suvt o’tlar misol bo’ladi. Termofill bakteriyalar yuqori temperaturada rivojlanadi.
Bu bakteriyalarni A.A.Imshenetskskiy tubandagicha klassifikatsiyalaydi.:
Do'stlaringiz bilan baham: