Kirish.
So’nggi o’n yilliklarda O’zbekiston va chet
el davlatlarida foydali
qazilmalarni ananaviy-qimmat kon usullariga qaraganda, bir qancha jiddiy
afzalliklarga ega bo’lgan geotexnologik usulda qazib olish keng tarqaldi. Bularning
orasida aloxida o’rinni uran, mis, nikel, temir, rux,
alyuminiy, oltin va boshqa
metallarni yer ostida tanlab eritish geotexnologiyasi egallaydi.Davlatimiz rahbari
Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyirdi.Bugungi kunda
konchilik sanoatiga bo’lgan talab yanada ortib bormoqda.Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev mamlakatimizning barcha sanoat tarmoqlarida bo’lgani kabi Navoiy kon-
metallurgiya kombinatida xam modernizasiya ishlari olib borilmoqda.Prezidentimiz
tashabbusi bilan 2017-2026 yillarda kombinatda 27 loyixa amalga oshirilishi
belgilangan.5-gidrometallurgiya zavodi ularning eng muximlaridan biridir,umumiy
qiymati 396 million AQSH dollari bo’lgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani
qayta ishlash,5 ming 300 ga yaqin ish o’rinlari yaratish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tabiiy boyliklarni o’zlashtirish
sanoati
davlatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning muhim yo’nalishi ekanligini aniqlab
oldi. Bunda asosiy o’rinni oltin va uran maxsulotini ishlab chiqaruvchi Navoiy kon
metlallurgiya kombinati egallaydi. Kombinat o’z faoliyatini, qadim zamonlardan ruda
bilimdonlarini diqqatini o’ziga tortgan Markaziy Qizilqum hududida olib boradi.
Navoiy kon metlallurgiya kombinati mamlakatimizdagi yagona uranni qazib
oluvchi tashkilot bo’lib, uni tayyor maxsulot sifatida uran 3 oksidi shaklida eksportga
chiqaradi.
Ishlab chiqarish unumdorliginining 1995 yilga kelib tushib ketishi natijasida
uranning shaxta va karerlari yopildi va shu vaqtdan boshlab
uranni qazib olish bir
qancha samarador va ekologik toza usul hisoblangan yer ostida burg’ulab tanlab
eritish usuliga asoslangan. Uranni qazib olish jarayoniga yer ostida tanlab eritish
jarayonining kirib kelishi natijasida, ananaviy konchilik
usul bilan ajratib olishga
yaroqsiz bo’lgan Markaziy Qizilqum mestorojdeniyalarini iqtisodiy samarador va
rentabelli texnologiyani jalb qilish evaziga katta xomashyo bazasiga ega bo’ldi.
Uranning dunyo bozorida O’zbekistonning o’rni mustahkamligi va doimiy
uran ishlab chiqarishga nisbatan talabning o’sishi, keyinchalik ham uran sanoatining
rivojlanishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Uranni qazib olishning yangi o’ylab topilgan usuli bir qancha qimmat
hisoblangan
jarayonlar shaxtali, konchilik usullaridan voz kechishga olib keldi va
mablag’ni tejashga va bu usul bo’yicha katta tajriba to’plashga sabab bo’ldi.
Yangi kimyovich qayta ishlash usulining joriy etilishi natijasida fanning
shiddat bilan rivojlanishiga olib keldi. Uran birikmalarining suvli eritmalarda
o’tazilgan tadqiqotlar uranchilik sanoati texnologiyasiga
ioonalmashinish sorbsiyasi
va ekstraksiya jarayonlarining keng qo’llanilishiga olib keldi.
Mazkur bitirub malakaviy ishi uranni yer ostida tanlab eritilgan sulfatli
eritmalarni sorbsiyali texnologiya yordamida AMP aniotini qo’llagan holda qayta
ishlab, so’ng nitrat ammoniy ishtirokida desorbsiyalashdan iborat.
NKMK 1 Kon boshqarmasi(GMZ-1) da oltin bilan 1 qatorda U
3
O
8
boyitmasi
ham olinadi. Buning uchun GMZ-1 ga RU-5 dan, Severniy (Shimoliy kon
boshqarmasi)dan,
Yujniy(Janubiy
kon
boshqarmasi
–nurobod, qoraqo’tan,
ketmenchi)dan uranni yer ostida tanlab eritish orqali olingan UO
2
SO
4
eritmasi
keladi. Butun dunyoda elektr energiyasini ishlab chiqarish muammo bo’lib turgan 1
vaqtda Atom elektr stansiyalari yordamida tok ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Atom
elektr stansiyalarining asosiy xom ashyosi esa Uran hisoblanadi. O’zbekiston zakis-
okis Uran konsentrati ishlab chiqaruvchi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: