Industrial jamiyatda
mulkning barcha ko’rinishlariga bo’lgan munosabat
shakllanadi. Yirik mashina ishlab chiqarishi qo’l mehnati o’rniga kelib, yuksak
mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarishni izohlaydi. Avtomatik ishlab
chiqarish vujuga keladi. Ommaviy ishlab chiqarish belgiga aylanadi. Ishlab
chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ular
mutaxassislashadilar. Natijada mashina yordamida standartlashgan operatsiyalar
bajariladi. Xo’jalik sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi. Mahsulot
bozor uchun mo’ljallangan bo’ladi. Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat deb atash
ham mumkin. Chunki real bog’liq iqtisodga qaratilgan bo’ladi. Natijada erkin
xalqaro iqtisodiy hamkorlik mamlakat davlatlari qatoriga qo’shila boradi.
Urbanizatsiyalashuv ta`lim tizimiga yangicha yondashuvni, ommaviy madaniyatni
vujudga keltira boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |