Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin
. Masalan, muayyan
ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko’tarish muammosini sotsiologik
tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining
asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va
mavjud shart-sharoitni o’zgartirishdan iborat.
Tadqiqot ob`ekti va predmeti:
Maqsad va vazifalarni qo‘yilishi tadqiqotning ob'ekt va predmetini aniqlashga olib
keladi. Sotsiologik tadqiqotlarning ob'ekti turli sohalar izlanilayotgan muammoni o‘zida
aks ettirgan ijtimoiy voqelikni mikroprotsesslari bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |