siyosiy ;
4)
mafkuraviy. 2.
Ijtimoiy munosabatlar: («ijtimoiy» sistema elementi –kishilar).
Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro
munosabatlar. Ular turli jamoalar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan
kishilar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, ularni bir butun sotsial organizm qilib
bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi
bilan paydo bo’ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo’lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik
paydo bo’lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Ijtimoiy
munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, befarqlik,
49
begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik. Ijtimoiy munosabatlar o’z mohiyatlari bilan
jamiyat tarakqiyotiga ijobiy ham salbiy ta`sir etadi.