173
Tadqiqot vazifalari:
Maqsad ma'lum bir vazifalarni yechish natijasida amalga oshadi.
Agar maqsad
tadqiqot nima uchun o‘tkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa tadqiqotlarni
qanday
o‘tkazish, qo‘yilgan
maqsadga qanday erishishni,
nimadan boshlash kerak, qanday
nazariy, metodologik va metodik xarakterga ega bo‘lgan
masalalarni yechish zarur
degan savolga javob beradi.
Maqsad bir qancha vazifalarga bo‘linadi. Yuqorida aytilgan tadqiqotlarda vazifalar
quydagicha ifodalangan:
-dindorlik va uning komponentlariga
tushuncha berish;
-studentlar dindorligining nazariy tipologiyasini berish;
-dindorlikni empirik referentlarini ishlab chiqish va boshqalar.
Asosiy va asosiy emas vazifalarni ajratish kerak. Bu vaqtni to‘g‘ri
taqsimlash,
tadqiqotda e'tiborni eng muhim vazifalarga qaratishga yordam beradi.Tadqiqotni
keyingi bosqichlari, qo‘yilgan vazifalarni yechishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: