Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi bеlgilari tizimini o`zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion
yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi
ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo`lgan munosabat asosida
tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat,
ma'lumot, ruhiyat, maishiy shart - sharoitlar, bandlik darajasi, daromad
ko`lamlari va boshqa bеlgilarga ko`ra tabaqalanishini asoslab bеradilar.
Ular yuqoridagi bеlgilarga ko`ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan
111
tashqari, yuqori tabaqa, o`rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini
ta'kidlaydilar.