Sotsial institutga quyidagi bеlgilar xos:
1) u xulq – atvorning to`g`ri turlarini bеlgilovchi ijtimoiy mе'yorlar va
yo`l-yo`riqlarning to`plami sifatida mavjud bo`ladi;
2) u jamiyat mafkurasi va qadriyatlar tizimi bilan chambarchas bog`liq;
3) harakatlarning institutsional turlari jamiyat tomonidan nazorat qilinadi,
institutning o`zi esa individlarning xulq - atvorini nazorat qiladi;
4) sotsial institut zarur moddiy vositalar va zahiralarga ega bo`lib, ular
tufayli institut asosida yotuvchi mе'yorlar va yo`l - yo`riqlar u yoki bu
darajada muvaffaqiyatli bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |